Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShINING RAISI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VITSE-PREZIDENTINING ShAʼNI VA QADR-QIMMATINI MUHOFAZA QILISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 25-apreldagi 481-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Boshligʻi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi vitse-Prezidentining shani va qadr-qimmatiga putur yetkazilishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligini eʼtirof etgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
1-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi vitse-Prezidentini oshkora haqoratlaganlik yoki ularga nisbatan tuhmat qilganlik —
uch ming soʻmgacha miqdorda jarima solish yoki ikki yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm etish yoxud uch yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Matbuotdan yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan xuddi shunday xatti-harakatlar —
ikki yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm etish yoxud olti yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
2-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi vitse-Prezidentini haqoratlovchi yoki ularning shaxsiga nisbatan tuhmatni oʻz ichiga oluvchi materialni eʼlon qilgan ommaviy axborot vositasiga sud qaroriga koʻra yigirma besh ming soʻmgacha miqdorda jarima solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi vitse-Prezidentini haqoratlovchi yoki ularga nisbatan tuhmatni oʻz ichiga oluvchi materialni takroran tarqatgan ommaviy axborot vositasining faoliyati sud qaroriga koʻra toʻxtatilishi mumkin.
3-modda.
Mazkur Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
a) 1959-yil 21-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 2-modda) quyidagi mazmundagi 191-4-modda bilan toʻldirilsin:
“191-4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi vitse-Prezidentini oshkora haqoratlaganlik yoki ularga nisbatan tuhmat qilganlik
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi vitse-Prezidentini oshkora haqoratlaganlik yoki ularga nisbatan tuhmat qilganlik —
uch ming soʻmgacha jarima solish yoki ikki yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm etish yoxud uch yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Matbuotdan yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan xuddi shunday xatti-harakatlar —
yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm etish yoxud olti yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi”;
b) 1959-yil 21-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 108-moddasi uchinchi qismi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 3-modda) “191-1” raqamidan keyin “191-4” raqami bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 15-fevral,
220-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 73-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)