22.01.2025 yildagi 32-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.01.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligining oshirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, suv resurslaridan tejamkorlik bilan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligida suv oʻlchash vositalarini oʻrnatgan isteʼmolchilarni qoʻllab-quvvatlash va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq maʼmurchiligini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar tomonidan soliq organlariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni avtomatik ravishda hisoblash uchun asos boʻladigan maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari tomonidan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish (oʻstirish) uchun ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini avtomatik ravishda shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari tomonidan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni avtomatik ravishda hisoblash tartibini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 22-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-yanvardagi 32-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “tasdiqlansin” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 32-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi mazmundagi 32-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qaroriga
32-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom soliq organi tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni sugʻorish va baliq yetishtirish uchun ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini (keyingi oʻrinlarda — soliq hisoboti) shakllantirish, shu jumladan, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni (keyingi oʻrinlarda — soliq) hisoblash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom talablari soliq toʻlovchining tashabbusi bilan yoki soliq tekshiruvlari natijasida qayta aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini shakllantirish va taqdim etish holatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻlovchining tashabbusi bilan yoki soliq tekshiruvlari natijasida qayta aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini shakllantirish va taqdim etish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki manbalar — soliq toʻlovchilar taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlar, soliq monitoringi, koʻzdan kechirish va soliq tekshiruvi natijalariga oid soliq organlarining axborot tizimlaridan, shuningdek, soliq organlarining “E-imtiyoz” dasturi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti — ichki va tashqi manbalar asosida soliq organlari tomonidan avtomatik ravishda shakllantirilgan, joriy soliq davri uchun soliq toʻlovchilar va soliq agentlarining soliq majburiyatlarini aniqlashga asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv isteʼmolchilari — oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan yoki suv xoʻjaligi obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv isteʼmoli meʼyori (keyingi oʻrinlarda — meʼyor) — suv isteʼmolchilari tomonidan suv resurslaridan suv oʻlchash vositalarisiz foydalanilgan hollarda, ularning ekin maydonlariga ekilgan ekin turlarini sugʻorish uchun suvga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga yetarli deb hisoblangan suv hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv oʻlchash vositalari — suv isteʼmolchilari ekin maydonlarining suv kirish nuqtalariga oʻrnatilgan suv sarfini oʻlchash (shuningdek, boshqarish) imkonini beruvchi standart yoki elektron qurilmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi manbalar — Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (keyingi oʻrinlarda — Soliq kodeksi) va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq organlariga maʼlumotlarni taqdim etish majburiyati yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maʼlumotlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Soliq organlariga soliqni hisoblash uchun asos boʻladigan maʼlumotlarni taqdim etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soliq organlariga soliqni hisoblash uchun asos boʻladigan quyidagi maʼlumotlar vazirlik va idoralar tomonidan oʻzaro axborot almashinuvi tizimi, shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan boshlab “Suv hisobi” axborot tizimi orqali taqdim etib boriladi, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda har yili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni sugʻorish va baliq yetishtirish uchun ishlatilgan suv resurslari hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilidan keyingi yilning 10-dekabridan kechiktirmasdan, yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan suv resurslari hajmi toʻgʻrisida 2-ilovaga muvofiq maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmasdan, dehqon xoʻjaliklari tomonidan isteʼmol qilingan suv resurslari hajmi toʻgʻrisida 3-ilova muvofiq maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmasdan, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan suv resurslari hajmi toʻgʻrisida 4-ilovaga muvofiq maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilining 1-avgustiga qadar qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari boʻyicha belgilangan yillik suv olish limitlari toʻgʻrisida 5-ilovaga muvofiq maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onlayn suv oʻlchash vositalari asosida aniqlangan suv hajmi toʻgʻrisida 2 — 5-ilovalarga muvofiq onlayn shakldagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilining 20-apreliga qadar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarining vegetatsiya davri va hisobot yilining 20-oktabriga qadar kuz-qish davri uchun tasdiqlangan suv olish limitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan har yili 6-ilovaga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilining 10-mayiga qadar asosiy ekin maydonlariga ekiladigan ekin turlari (paxta, gʻalla, poliz, sabzavot, sholi va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilining 15-iyuliga qadar takroriy ekin maydonlariga ekiladigan ekin turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni “Suv hisobi” axborot tizimiga kiritish uchun tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda ularning hududiy boʻlinmalari javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soliq hisobotlarining koʻrsatkichlari ichki va tashqi manbalar maʼlumotlari asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemada nazarda tutilgan muddatlarda hisobotni topshirgan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga qayta shakllantirilgan hisobot yuborilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar soliq organlarining maʼlumotlar bazasida elektron shaklda umumlashtirilib, ushbu maʼlumotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445-moddasiga muvofiq suv resurslari uchun soliq stavkalari asosida soliq summasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Soliq organlari soliqqa oid maʼlumotlar bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, quyidagilar uchun soliq summasini aniqlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xoʻjaliklari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-oktabrga qadar qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun — qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish uchun ular tomonidan avvalgi soliq davrida ishlatilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida. Bunda avvalgi soliq davrida qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan ishlatilgan suv hajmi toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmaganda, soliq summasi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlangan suv olish limitlari boʻyicha aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 15-dekabrga qadar qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish uchun suv resurslaridan foydalangan yuridik shaxslar uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan manbalardan tashqari, soliq hisobotlari uchun zarur boʻladigan koʻrsatkichlar soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidagi interaktiv xizmatlar orqali ham shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Soliq hisobotlarida keltirilgan satr maʼlumotlari hamda ichki va tashqi manbalar maʼlumotlari asosida avtomatik ravishda shakllantiriladigan koʻrsatkichlar formula orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish uchun ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari soliq organlari tomonidan ushbu soliq turi boʻyicha soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etilganlar uchun shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Isteʼmol qilingan suv hajmi hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun suv soligʻi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki baravar oshirilgan holda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Soliq organi tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotini soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini shakllantirish va ularni soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuborish ishlari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Soliq toʻlovchi yoki uning vakolatli vakili soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaydi yoxud eʼtirozlari mavjud boʻlsa, soliq hisobotini qayta ishlaydi va hisobot taqdim etishning oxirgi muddatiga qadar tegishli asoslarni ilova qilgan holda soliq organlariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotiga oʻzgartirishlar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Soliq organlari tomonidan ushbu Nizomning 9-bandiga asosan shakllantirilgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasining oʻzgarishiga olib keladigan holatlar yuzaga kelganda, notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar va(yoki) xatolar aniqlanganda, shuningdek, soliq toʻlovchining hisob hujjatlariga koʻra soliqqa tortish obyektlari va soliqqa tortish bilan bogʻliq obyektlarda yoki soliq bazasida farqlar yuzaga kelganda, soliq toʻlovchi tomonidan ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritiladi va hisobot soliq organlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Soliq hisobotida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik soliq toʻlovchi yoki uning vakolatli vakili zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agar soliq organlari tomonidan tekshiruvdan oldin shakllantirilgan soliq hisoboti bilan yangilangan maʼlumotlar oʻrtasida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq toʻlovchi ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlarni kiritishi hamda soliq organlariga aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Soliq organlari tomonidan hisoblab chiqarilgan soliq summasi soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan muddatda tasdiqlanmaganda yoki rad etilmaganda, xabarnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi va toʻliqligi tasdiqlangan hisoblanadi hamda soliq summasi soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Soliq toʻlovchining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Soliq toʻlovchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun soliq organining “E-imtiyoz” axborot tizimidan foydalangan holda, soliq imtiyozlarini uning har bir turiga maxsus identifikatsiya kodi asosida hisobga olishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda, zarur tuzatishlar kiritmaganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Soliq toʻlovchining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Soliq toʻlovchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organidan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar toʻgʻrisida, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlaridagi oʻzgarishlar, soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi haqidagi axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdek, ularni toʻldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz soliq majburiyati bajarilishi boʻyicha soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotini qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotlari soliq toʻlovchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida soliq hisobotini topshirishning belgilangan muddatidan kechiktirilmagan holda shaxsiy kabinet orqali tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Soliq toʻlovchi oʻzining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti qabul qilinganligini kuzatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Soliq organlari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda isteʼmol qilingan suv hajmlari boʻyicha taqdim etgan maʼlumotlar soliq organlarining maʼlumotlar bazasiga kiritiladi va ushbu maʼlumotlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445-moddasida belgilangan soliq stavkalariga asosan soliq summasi hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisoblangan soliq summasi boʻyicha soliq toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasi dehqon xoʻjaliklari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirilmasdan yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Isteʼmol qilingan suv hajmi hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxslar uchun suv soligʻi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki baravar oshirilgan holda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Soliq organlari soliq hisobotida soliq summalari toʻgʻri hisoblanganligini va ularning oʻz muddatida toʻlanishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlanmaganda yoki qayta ishlangan soliq hisoboti taqdim etilmaganda, soliq toʻlovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Muddatlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Suv xoʻjaligi vazirligi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda

 

Soliq organlariga quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:

 

 

 

 

a) qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish uchun yuridik shaxslar tomonidan foydalanilishi kutilayotgan suv hajmi toʻgʻrisida;

 

Hisobot yilidan keyingi yilning 10-dekabridan kechiktirmasdan

 

 

b) dehqon xoʻjaliklari hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan foydalanilgan suv hajmi toʻgʻrisida;

 

Hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmasdan

 

 

v) onlayn tartibda ishlaydigan suv uskunalarini oʻrnatgan suv isteʼmolchilari toʻgʻrisida;

 

Onlayn shaklda

 

 

g) xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan suv isteʼmolchilari kesimida tasdiqlangan suv olish limitlari toʻgʻrisida;

 

vegetatsiya davri uchun 20-aprelga qadar, kuz-qish davri uchun 20-oktabrga qadar

 

 

d) joriy yilda ekilgan ekin turlari uchun viloyatlar hamda tuman (shahar)lar kesimida belgilangan suv isteʼmoli meʼyorlari va suv olish limitlari toʻgʻrisida.

 

Har yili hisobot yilining 1-avgustidan kechiktirmasdan

 

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

 

Soliq organlariga quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:

 

 

 

 

a) asosiy ekin maydonlariga ekiladigan ekin turlari (paxta, gʻalla, poliz, sabzavot, sholi ekinlari va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumotlar;

 

Har yili joriy soliq davrining 10-mayiga qadar

 

 

b) takroriy ekin maydonlariga ekiladigan ekin turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

 

Har yili joriy soliq davrining 15-iyuliga qadar

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Soliq organlari

 

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha quyidagi toifa soliq toʻlovchilar boʻyicha ichki va tashqi manbalar asosida kelib tushgan maʼlumotlarni umumlashtiradi:

 

 

 

 

a) qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish uchun suvdan foydalangan yuridik shaxslar boʻyicha;

 

Joriy soliq davrining 12-dekabriga qadar

 

 

b) dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun boʻyicha.

 

Soliq davridan keyingi yilning 25-yanvariga qadar

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Soliq organlari

 

1. Qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish uchun suv resurslaridan foydalangan yuridik shaxslar boʻyicha soliq hisobotlarini avtomatik ravishda shakllantiradi.

2. Dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar boʻyicha toʻlov xabarnomasini shakllantiradi.

 

Maʼlumotlar umumlashtirilgandan soʻng 1 kun muddat ichida

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Soliq organlari

 

1. Qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish uchun suv resurslaridan foydalangan yuridik shaxslar boʻyicha shakllantirilgan soliq hisobotini soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

 

Soliq hisobotlari shakllantirilgandan soʻng 1 kun muddat ichida

 

 

2. Dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar boʻyicha shakllantirilgan toʻlov xabarnomasini soliq toʻlovchiga yetkazadi.

 

Soliq davridan keyingi yilning 1-martiga qadar

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Soliq toʻlovchi

 

1. Soliq organi shakllantirgan soliq hisobotini tasdiqlaydi.

2. Soliq hisoboti boʻyicha eʼtirozlar boʻlganda, asoslarni ilova qilgan holda soliq hisobotini qayta ishlaydi va soliq organiga taqdim etadi.

 

Hisobot davrining 15-dekabriga qadar

 

 

 

 

 

 

 

6-bosqich

 

Soliq organlari

 

Belgilangan muddatlarda soliq organlari tomonidan hisoblab chiqilgan soliq summasi soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan taqdirda, xabarnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi va toʻliqligi tasdiqlangan hisoblanadi va soliq summasini shaxsiy hisobvaragʻiga kiritadi.

 

Hisobot davrining 15-dekabriga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
____________ viloyatida qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 20____ yilda isteʼmol qilingan suv resurslari hajmi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Viloyat nomi

Tuman nomi

STIR / JSHSHIR

Korxona nomi

Manzili

(MFY, koʻcha, qishloq, ovul nomi)

Yer maydoni

(gektar)

Shundan:

Yillik suv isteʼmoli limiti

(m.kub)

Haqiqatda isteʼmol qilingan suv hajmi

(m.kub)

(9 = 10 + 11 + 12 = 13 + 15)

Suv resurslarining shakllanish manbai

(m.kub)

Suv resurslarining isteʼmol maqsadi

(m.kub)

Limitdan ortiqcha foydalanilgan suv hajmi

(m.kub)

17 = 10 - 9

Suv oʻlchash uskunalaridan

joriy yilda suvni tejaydigan uskunalar asosida sugʻorilgan yer maydoni

(gektar)

yer usti manbalari

(kanal, ariq va boshqalar)

yer osti manbalari

kollektor va drenaj tarmogʻi suvlaridan

ekinlarni sugʻorish uchun

shundan:

shoʻr yuvish

shundan:

suv oʻlchash uskunalari asosida

suv oʻlchash uskunalari asosida

foydalanish boshlangan sana

foydalanish toʻxtatilgan sana

A

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

1.

2.

3.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
____________ viloyatida dehqon xoʻjaliklari tomonidan 20____ yilda isteʼmol qilingan suv resurslari hajmi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Viloyat nomi

Tuman nomi

STIR / JSHSHIR

Kadastr kodi

Dehqon xoʻjaligi nomi

Manzili

(MFY, koʻcha, qishloq, ovul nomi)

Yer maydoni

(gektar)

Shundan:

Yillik suv isteʼmoli limiti

(m.kub)

Haqiqatda isteʼmol qilingan suv hajmi

(m.kub)

(10 = 11 + 12 + 13 = 14 + 16)

Suv resurslarining shakllanish manbai

(m.kub)

Suv resurslarining isteʼmol maqsadi

(m.kub)

Limitdan ortiqcha foydalanilgan suv hajmi

(m.kub)

(18 = 10 - 9)

Suv oʻlchash uskunalaridan

joriy yilda suvni tejaydigan uskunalar asosida sugʻorilgan yer maydoni

(gektar)

yer usti manbalari

(kanal, ariq va boshqalar)

yer osti manbalari

kollektor va drenaj tarmogʻi suvlaridan

ekinlarni sugʻorish uchun

shundan:

shoʻr yuvish

shundan:

suv oʻlchash uskunalari asosida

suv oʻlchash uskunalari asosida

foydalanish boshlangan sana

foydalanish toʻxtatilgan sana

A

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

1.

2.

3.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
____________ viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan 20____ yilda isteʼmol qilingan suv resurslari hajmi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Viloyat nomi

Tuman nomi

STIR / JSHSHIR

Kadastr kodi

Dehqon xoʻjaligi nomi

Manzili

(MFY, koʻcha, qishloq, ovul nomi)

Yer maydoni

(gektar)

Shundan:

Yillik suv isteʼmoli limiti

(m.kub)

Haqiqatda isteʼmol qilingan suv hajmi

(m.kub)

(10 = 11 + 12 + 13 = 14 + 16)

Suv resurslarining shakllanish manbai

(m.kub)

Suv resurslarining isteʼmol maqsadi

(m.kub)

Limitdan ortiqcha foydalanilgan suv hajmi

(m.kub)

(18 = 10 - 9)

Suv oʻlchash uskunalaridan

joriy yilda suvni tejaydigan uskunalar asosida sugʻorilgan yer maydoni

(gektar)

yer usti manbalari

(kanal, ariq va boshqalar)

yer osti manbalari

kollektor va drenaj tarmogʻi suvlaridan

ekinlarni sugʻorish uchun

shundan:

shoʻr yuvish

shundan:

suv oʻlchash uskunalari asosida

suv oʻlchash uskunalari asosida

foydalanish boshlangan sana

foydalanish toʻxtatilgan sana

A

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

1.

2.

3.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
____________ viloyatida qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari boʻyicha 20____ yil uchun belgilangan yillik suv olish limitlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Viloyat nomi

Tuman nomi

1 gektar yer maydoni uchun ekin turlari boʻyicha yillik suv olish limitlari

paxta

beda

makkajoʻxori

kartoshka va sabzavot

poliz ekinlari

bogʻ va uzumzor

donli ekinlar

dukkakli ekinlar

moyli  ekinlar

gulchilik, manzarali ekinlar

sholi

1.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
___________ viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga 20____ yil uchun ekilgan asosiy va takroriy ekin turlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Viloyat nomi

Tuman nomi

Isteʼmolchi turi

(yuridik shaxs, jismoniy shaxs, dehqon xoʻjaligi)

STIR / JSHSHIR

Subyekt (fuqaro) nomi

Manzili

(MFY, koʻcha, qishloq, ovul nomi)

Jami yer maydoni

(gektar)

Shundan, joriy yilda ekish rejalashtirilgan ekin turlari yer maydoni

(gektar)

paxta

beda

makkajoʻxori

kartoshka va sabzavot

poliz ekinlari

bogʻ va uzumzor

donli ekinlar

dukkakli ekinlar

moyli ekinlar

gulchilik, manzarali ekinlar

sholi

1.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 09/25/32/0700-son)