O‘ZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
O‘ZBEKISTON SSJ ENERGETIKA VA ELEKTRLAShTIRISh VAZIRLIGINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 22-fevraldagi PF-2812-son “O‘zbekiston Respublikasi energetikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Jumhuriyat hududida joylashgan energetika va elektrlashtirish tarmoqlari korxonalari va tashkilotlarini boshqarishning samarali sistemasini barpo etish, ular strukturalarini takomillashtirish, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida xalq xo‘jaligining elektr va issiqlik energiyasiga talabini qondirish maqsadida “Uzbekenergo”ishlab chiqarish birlashmasi va “Uzbekgidroenergostroy” davlat qurilish-montaj tresti hamda ularning mavjud struktura bo‘linmalari negizida O‘zbekiston SSJ Energetika va elektrlashtirish vazirligi tashkil etilsin.
O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashi ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 28-sentabr,
PF-57-son
(O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 28—30-son, 336-modda)