O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN XALQARO TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKI O‘RTASIDA TUZILGAN ZAYoM TO‘G‘RISIDAGI BITIM DOIRASIDA PAXTAChILIKNI TAKOMILLAShTIRISh LOYIHASINI AMALGA OShIRISh HAQIDA” 1995 YIL 31 OKTYABRDAGI 421-SON QARORINI QISMAN O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qishloq xo‘jaligini boshqarish tuzilmasidagi o‘zgarishlar munosabati bilan va loyihada nazarda tutilgan muddatlarga muvofiq tender savdolarini o‘z vaqtida o‘tkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Paxta loyihasini amalga oshirish doirasida asbob-uskunalar, texnika, o‘simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa materiallar xarid qilish yuzasidan xalqaro va mahalliy tanlov savdolarini tashkil etish bo‘yicha tender komissiyasi quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
| Muhitdinov H. M. | — | “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, komissiya raisi | ||||||
| Nurinov I. N. | — | Paxta loyihasini amalga oshirish agentligining bosh direktori, komissiya raisining o‘rinbosari | ||||||
| Uzoqov Y. F. | — | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining o‘rinbosari | ||||||
| Zinin V. I. | — | Moliya vazirining o‘rinbosari | ||||||
| Skvorsova V. P. | — | Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi departamentining bosh mutaxassisi | ||||||
| Qo‘ziboyev Sh. S. | — | Urug‘larni testdan o‘tkazish va sertifikatsiyalash davlat markazining bosh direktori | ||||||
| Sharipov K. Sh. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi | ||||||
| Mahmudxo‘jayev M. M. | — | O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi O‘simliklarni himoya qilish institutining direktori | ||||||
| Rahmonqulov S. R. | — | O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining direktori | ||||||
| Maqsudov E. T. | — | “Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori | ||||||
| Rashidov M. I. | — | Qishloq va suv xo‘jaligi O‘simliklarni himoya qilish markazi bosh direktorining o‘rinbosari | ||||||
| Nuritdinov R. N. | — | “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining boshqarma boshlig‘i | ||||||
2. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qarorining tender komissiyasi tarkibiga doir 5-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 5-may,
227-son