22.07.2025 yildagi KQ-212-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 22.07.2025 yildagi KQ-212-V-son
Kuchga kirish sanasi
22.07.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish hamda xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, davlat mulkini xususiylashtirish orqali xususiy sektor ulushini oshirish va tadbirkorlikka sharoit yaratish, samarasiz ishlayotgan va istiqbolsiz korxonalarni tugatish boʻyicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2021 — 2024-yillarda davlat ishtirokidagi 500 dan ziyod xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari va 3,4 mingga yaqin koʻchmas mulk obyektlari xususiylashtirilgan, 1 027 ta korxona tugatilgan va 964 tasi qayta tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarining xususiylashtirilishi natijasida qariyb 36 ming yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar samarasi oʻlaroq 50 dan ortiq davlat xizmatlari xususiy sektorga berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank sohasida transformatsiya va xususiylashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijasida soʻnggi besh yilda banklar kapitali 2 barobarga, yillik kredit ajratish hajmi 2,3 barobarga koʻpaygan. Ipoteka-Bank, Oʻzagroeksport bank va Poytaxt bankdagi davlat ulushi xorijiy investorlarga sotilgan, 8 ta yangi xususiy bank tashkil etilgan. Davlat ulushi mavjud boʻlgan bank aktivlarining ulushi 85 foizdan 65 foizga qisqargan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oxirgi ikki yilda 4 va 5-toifaga mansub tumanlarda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida 599 ta davlat aktivining boshlangʻich narxi 10 foizdan 90 foizgacha pasaytirilgan tarzda, 5 yil muddatga teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan auksion savdolarida sotilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilning noyabr oyida ilk bor “Xalqchil IPO” dasturi doirasida Respublika tovar-xom ashyo birjasining 3 milliondan ortiq aksiyasi aholiga sotilib, 11 mingga yaqin kishi aksiyadorga aylangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi PF-70-sonli Farmoniga asosan 30 trillion soʻmlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish, davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi ulushlarni, 659 ta koʻchmas mulk obyektini va 6,1 ming gektar yer uchastkasini savdoga chiqarish dasturda tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu maqsadli koʻrsatkichlar doirasida 2025-yilning birinchi yarim yilligida 7,7 trillion soʻmlik davlat aktivlari hamda yer uchastkalari xususiylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, olib borilgan oʻrganish va tahlillar iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish hamda xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlashda oʻz yechimini kutib turgan ayrim masalalar hamda ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, 2024-yilning yakuniga koʻra davlat ulushi 50 foizdan yuqori korxonalarning soni 1 819 tani tashkil qilsa, ularning 885 tasi (49 foizi) istiqbolsiz boʻlib, bugungi kunda samarasiz faoliyat koʻrsatayotganligi sababli xususiylashtirish va tugatish choralari koʻrilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarar koʻrgan va iqtisodiy tavakkalchilik holatidagi (past rentabelli, toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan) korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha 2024-yilga moʻljallangan “yoʻl xaritalari” ijrosi doirasida yil yakuni bilan zarar bilan chiqqan 52 ta korxona (shundan 19 tasida oʻtgan yilga nisbatan zarar miqdori 41 mlrd soʻmga kamaygan)ning asosiy qismi xizmatlar narxi tartibga solinadigan uy-joy kommunal xoʻjaligi hamda yoʻlovchi tashish korxonalari hissalariga toʻgʻri keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” AJ va uning tizimidagi korxonalar balansida boʻlgan 10 dan ziyod aktivlar qariyb bir yildan buyon auksionda sotilmasa-da, AJ boshqaruvi organlari tomonidan aktivlarni boshlangʻich narxini pasaytirish mexanizmlari qoʻllanilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan hududning ixtisoslashuvi, kommunikatsiya oʻtkazish imkoniyati oʻrganilmasdan tadbirkorlik faoliyati uchun auksionga chiqarilgan 1,9 ming gektarga yaqin yer maydoni qariyb 1 yildan buyon sotilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 432-sonli “Kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tadbirkorlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan kichik sanoat zonalari ishtirokchilari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari yosh tadbirkorlik subyektlariga berilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalarini xususiylashtirish ishlari sust tashkil qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, joriy yil uchun sanoat zonalaridagi bino va inshootlar ijara toʻlovi stavkalari oʻtgan yilga nisbatan keskin koʻtarilishi (respublika boʻyicha oʻrtacha 7,5 barobar) tadbirkorlik subyektlarining eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokim yordamchilari tomonidan oʻz hududlarida boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini aniqlash va auksion orqali sotish, ijaraga berish ishlari samaradorligi past. 2022 — 2025-yillar hisobiga hokim yordamchilarining buyurtmanomalari asosida 16 ta davlat koʻchmas mulk obyekti va 97 ta yer uchastkasi elektron onlayn-auksion savdolarida sotilgan, xolos.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar hamda yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkidagi bino va inshootlarni imtiyozli ravishda ijaraga berish imkoniyatidan bugungi kunda bor-yoʻgʻi 4 nafar tadbirkorlik subyekti foydalanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan Davlat aktivlarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar hisobidan Davlat budjetiga oʻtkazilgan transfertlar miqdori rejaga nisbatan 62 foizni tashkil qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-sonli qarorida veterinariya xizmatini bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazish nazarda tutilgan, biroq bugungi kunga qadar amaliyotga joriy etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-2025-yillarda investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan sotilgan 108 ta davlat aktivi boʻyicha tuzilgan shartnomalar xaridorlar tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilmaganligi, shu jumladan toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli bekor qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarda moliyaviy natijadorlik va davlat mulkidan foydalanish va davlat mulkini xususiylashtirish holati yuzasidan jamoatchilikka hisob berish orqali mazkur jarayonlarni ochiqligi va shaffofligini taʼminlash borasida ishlar yetarli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2024-yil va 2025-yilning oʻtgan davri mobaynida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi hududiy boshqarmalari tomonidan munitsipal mulkni xususiylashtirish holati toʻgʻrisida mahalliy Kengashlarga hisobotlar berilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish hamda xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi samaradorligini oshirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A. Ortikovning davlat mulkini xususiylashtirish holati toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi E. Gadoyevning iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish hamda xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi axborotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat aktivlarini boshqarishi agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish hamda xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish borasida belgilangan ayrim vazifalarning ijrosini taʼminlashdagi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarar koʻrgan va iqtisodiy tavakkalchilik holatidagi davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” tegishli vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari (aksiyador funksiyalarini bajaruvchilar) tomonidan bajarilishini muvofiqlashtirib borgan holda taʼsirchan choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” AJning boshqaruv organlarida savdoga chiqarilgan va uzoq muddatdan buyon sotilmayotgan aktivlarning boshlangʻich narxni pasaytirish mexanizmlarini qoʻllash masalasini koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hokimliklarning faoliyati samaradorligini baholashda xususiylashtirish jarayonlari, shu jumladan realizatsiya qilingan obyektlar ulushi, muddatlarga rioya etilishi, jalb qilingan investitsiyalar hajmi kabi mezonlarni ham inobatga olish masalasini koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qaror ijrosi yuzasidan dastlabki axborotni joriy yilning 1-oktabriga hamda yakuniy maʼlumotni 2026-yilning 10-fevraliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan davlat aktivlari toʻgʻrisidagi kunlik maʼlumotlarni rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borishni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aktivlarini sotish boʻyicha tuzilgan shartnomaga muvofiq, xaridorlar tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarmaslik holatlarining oldini olish va bu borada ularga koʻmaklashish yuzasidan zarur choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 15-avgustiga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan tegishli hududda munitsipal mulkni xususiylashtirish holati toʻgʻrisidagi hisobotlar tegishliligicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga sessiyalarda koʻrib chiqish uchun taqdim etilishini nazoratga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalida ochiq maʼlumotlar toʻplamlari eʼlon qilinishini, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar oʻz vaqtida taqdim etilishini va yangilab borilishini hamda oʻz faoliyatiga oid hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish uchun matbuot anjumanlari oʻtkazilishini taʼminlab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligini taʼminlash uchun sotishdan oldin tayyorlash boʻyicha samarali mexanizmlarni joriy etishga qaratilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil uchun budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasining daromadlari prognozi ijrosi doirasida Davlat budjetiga, shu jumladan mahalliy budjetlarga transfertlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari (aksiyador funksiyalarini bajaruvchilar) bilan birgalikda davlat ishtirokidagi zarar koʻrgan va iqtisodiy tavakkalchilik holatidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ijrosini monitoring qilib borgan holda joriy yilni ijobiy moliyaviy natija bilan yakunlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari boʻyicha ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻibot ishlarini, shuningdek “Roadshow” taqdimotlarini muntazam ravishda oʻtkazib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan sotishdan tushadigan mablagʻlar baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda tegishli mahallalarning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmalariga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalari haqida, shuningdek, bu borada tadbirkorlik subyektlari va aholi uchun yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisida targʻibot va tashviqot ishlarini keng koʻlamda olib borsin, bunda tuman (shahar) hokimi yordamchilarining ishtirokini kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda urbanizatsiya jarayonlarini chuqur tahlil qilgan holda, infratuzilma mavjud boʻlgan yerlarni auksion savdolariga chiqarish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar hamda yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlarining davlat mulkidagi bino va inshootlarni imtiyozli ravishda ijaraga olish imkoniyatlari boʻyicha targʻibot ishlarini olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hokim yordamchilariga oʻz hududlarida boʻsh turgan davlat koʻchmas mulki obyekti yoki yer uchastkalarini aniqlash, sotish yoki ijaraga berish boʻyicha onlayn-buyurtmanomalarni shakllantirish, elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartib-taomillari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hokim yordamchilarining faoliyati samaradorligini baholashda ular tomonida oʻz hududlarida boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti yoki yer uchastkalarini aniqlanishi, elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi va realizatsiya qilinishi kabi mezonlarni inobatga olish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda grafik asosida hududlarda xususiylashtirishga masʼul idoralar va sanoat zonalari ishtirokchilari uchun yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borsin va sanoat zonalari yerlarini xususiylashtirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan birgalikda grafik asosida hududlarda xususiylashtirishga masʼul idoralar va sanoat zonalari ishtirokchilari uchun yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda 2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi doirasida stomatologiya poliklinikalari (kelgusida xususiylashtirish orqali) negizida tashkil qilinadigan xususiy klinikalarda sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilishi boʻyicha samarali monitoring mexanizmlarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyalar tomonidan munitsipal mulkni xususiylashtirish boʻyicha belgilangan vazifalar hamda xususiylashtirish dasturlari doirasida tegishli hudud uchun maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda kamida bir marta monitoring natijalarining muhokamasini Komissiya majlislarida tashkil etish hamda mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlarining mazkur yoʻnalishdagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlari eshitilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat zonalari joylashgan hududning joylashuvi, jozibadorligi, infratuzilma bilan taʼminlanganligi, tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligi hamda bozor konyunkturasini inobatga olgan holda joriy yil uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalarini qayta koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalarining tegishli hududda munitsipal mulkni xususiylashtirish holati toʻgʻrisidagi hisoboti bir yilda kamida bir marta, shu jumladan, 2025-yilning birinchi yarim yilligi yakuni bilan joriy yilning 15-avgustiga qadar Kengash sessiyalarida muhokama qilinishini tashkil qilish, ortda qolayotgan masalalar boʻyicha qoʻshimcha choralarni belgilash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi E. Gadoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-212-V-son