Oʻzbekiston Respublikasi
Xalq taʼlimi vazirligining
1997-yil 23-yanvardagi
26-sonli buyrugʻi bilan
tasdiqlangan
J.Gʻ.YuLDOShEV
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
moliya vazirining oʻrinbosari
Sh. Abdullayev
16.01.1997-y.
12-01-10/12-son
Oʻzbekiston Respublikasi
moliya vazirining oʻrinbosari
Sh. Abdullayev
16.01.1997-y.
12-01-10/12-son
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
sogʻliqni saqlash vazirining
oʻrinbosari A. Yarqulov
30.12.1996-y.11-11/903-son
Oʻzbekiston Respublikasi
sogʻliqni saqlash vazirining
oʻrinbosari A. Yarqulov
30.12.1996-y.11-11/903-son
MAKTABGAChA TARBIYA VA BOShLANGʻICh TAʼLIM MUASSASASI TOʻGʻRISIDA
namunaviy Nizom
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 17-fevralda 306-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2013-yil 20-maydagi 175-sonli “Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 306-1, 27.05.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
I. Umumiy qoidalar
1. Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlim muassasasi, bundan buyon matnda MGBTM deb yuritiladi. Uning vazifasiga bola shaxsi asoslarini shakllantirish, madaniy axloq-odob qoidalariga rioya qilishni, atrof-muhitni bilishga doir qiziqishlarini, dastlabki mehnat koʻnikmalarini rivojlantirish, bilim olishga ehtiyoj uygʻotish, maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlimdagi uzluksizlikni taʼminlash, tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarning salomatligini mustahkamlash kiradi. Bunda oila tarbiyasi —taʼlim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda asosiy manba, vosita va takomillashtiruvchi jarayon hisoblanadi.
2. Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga, umumtaʼlim maktabi, maktabgacha tarbiya nizomlari, amaldagi Respublika Prezidenti farmoni va qarorlariga, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim ctandartlariga muvofiq bu sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
3. MTBTM oʻz faoliyatida Oʻzbekicton Respublikasi Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun, xalq taʼlimi vazirligi tomonidan chiqargan buyruq va qarorlar, fuqarolar sogʻligʻini muhofaza qilish”, “Davlat sanitariya nazorati” Sogʻliqni saqlash vazirligi chiqargan meʼyoriy hujjatlar hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
4. MTBTM Nizomi asosida jamoaning umumiy yigʻilishida tasdiqlangan, uning faoliyati shart-sharoitlari hamda tartibini belgilab beradigan oʻzining Ustavini ishlab chiqadi.
5. MTBTM mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, Mahalliy hokimiyat ijroiya mahkamasining farmoyishi asosida tuziladi va belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkaziladi.
6. MTBTM mustaqil yuridik shaxs hisoblanib, oʻz muhri va nomi yozilgan shtampiga ega boʻladi.
II. Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlim muassasasining vazifalari
7. MTBTMning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
Maktabgacha yoshdagi bolalar va boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ruhiy-fiziologik yosh xususiyatlarining oʻziga xos jihatlari, har bir bolaning shaxsiy sifatlari, qobiliyat va imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzluksiz taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil qilish.
8. Umuminsoniy qadriyatlar, ijodiy tajribalar, koʻp asrlik anʼanalar, ilmiy, tarixiy va madaniy merosimizga asoslangan taʼlim-tarbiya jarayonini amalga oshirish.
9. Taʼlim tizimining I va II-bosqichlari (maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlim muassasasi) uchun qabul qilingan Davlat taʼlim standartlarining toʻliq bajarilishini taʼminlash.
Buning uchun:
har tomonlama rivojlangan bola shaxsini shakllantirish;
bolalarning jismoniy rivojlanishi va sogʻlom oʻsishlarini taʼminlash;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va boshlangʻich sinf oʻquvchilarining bilim olishga qiziqishlarini oʻstirish, mavjud qobiliyatlarini rivojlantirish;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga taʼlim-tarbiyani oʻyin orqali berish;
bolalar va oʻquvchilarning ona tili, matematika, xorijiy tillar, iqtisod asoslari, kompyuter savodxonligi boʻyicha dastlabki bilim va tushunchalarni puxta egallash, tayanch maktablariga oʻtib oʻqishlarini samarali davom ettirishlariga zamin yaratish;
bolalarning tarbiyasini milliy tarbiyashunoslik gʻoyalariga tayanib xalqimiz urf-odatlari, milliy anʼanalari bilan chambarchas bogʻliq holda amalga oshirish;
taʼlim-tarbiya jarayonini mujassam usullar vositasida tashkil qilib, kun davomida uzluksiz taʼlim berishni uyushtirish;
taʼlim-tarbiya mazmunini yangilab borish, pedagogika fanining yutuqlarini tajribada sinash va tatbiq etish;
ota-onalar oʻrtasida maʼrifiy taʼlimni targʻibot qilish, bola tarbiyasida hamkorlikni joriy qilish;
amaldagi sanitariya meʼyorlari, qoidalari va gigiyena meʼyorlariga rioya etish.
III. Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlim muassasasining majburiyatlari
10. Mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishdan qatʼi nazar, MTBTM oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
taʼlim va tarbiyaning ilgʻor usullari asosida oʻqitishning zamonaviy texnik vositalarini, koʻrgazmali qurollarini oʻquv jarayoniga tatbiq etilishini taʼminlaydi;
MTBTMga biriktirilgan tibbiy muassasa bilan birgalikda bolalar sogʻligʻini mustahkamlash muhofaza qilinishini taʼminlaydigan tadbirlarning bajarilishi va shart-sharoitlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
bolalarning hissiy (emotsional) va ruhiy holatini muhofaza qiladi, ijobiy muhitni yaratadi;
11. Xalqaro huquq va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari meʼyorlari bilan belgilangan taʼlim va tarbiya ishlarining sifatiga, ota-onalar huquqlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga rioya qilinishi uchun javob beradi, ushbu meʼyorlar boʻyicha har bir bolaning quyidagi huquqlarini himoya qiladi:
kattalarning bolalar ehtiyojiga eʼtibor va hurmat bilan munosabatda boʻlishi;
fuqarolar, ota-onalardan tushgan taklif va arizalarni oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, muassasada tartib-intizomni saqlash.
IV. Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlim muassasasining huquqlari
12. MTBTM:
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona tayanch reja asosida ish olib borish, oʻquv dasturlaridan tanlab taʼlim berish;
oʻz muallifli dasturlari va uslubiy tizimini ishlab chiqish, uni belgilangan tartibda tasdiqlash va oʻzining amaliy faoliyatida qoʻllash;
maktablar, boshqa taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, jamoatchilik tashkilotlari bilan doimiy aloqalar oʻrnatish;
sinov ishlarini oʻrnatilgan tartib asosida olib borish va umumlashtirish;
xalqaro tashkilotlar bilan muloqotga kirishish;
muassasa ishini takomillashtirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash boʻyicha takliflar bilan xalq taʼlimining boshqaruv organlariga kirish;
muassasada taʼlim boʻyicha shartnoma asosida toʻlovli qoʻshimcha xizmat turlarini bajarish.
V. Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlim muassasasi pedagog xodimlarining burchlari
13. Pedagog xodimlar:
bolalarni oʻqitish va tarbiya ishlarini yuqori saviyada amalga oshirishga;
axloq-odob qoidalariga rioya qilishga, bolalar shaxsini hurmat qilishga, uni har qanday zoʻrlik ishlatish harakatlaridan himoya qilishga, ularni mehnatga muhabbat, ota-onalariga mehr-oqibatli boʻlish, atrof muhitni muhofaza qilish, mulkni asrab-avaylash, ehtiyotkorlik bilan foydalanishga oʻrgatishga;
bolalar va oʻquvchilarni vatanparvarlik, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga;
oʻz kasb malakasi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirishga;
bolalar salomatligini mustahkamlashga va hayotini muhofaza qilishga majburdirlar.
Pedagog xodimlarning boshqa kasb majburiyatlari mehnat shartnomasida qayd qilinadi.
VI. Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlim muassasasi pedagog xodimlarining huquqlari
14. Pedagog xodimlar:
oʻz kasb mahoratini, shaʼni va kadr-qimmatini himoya qilish;
kasb bilan bogʻliq boʻlmagan, mehnat shartnomayeida qayd etilmagan vazifalarni bajarishni rad etish;
salomatligini tiklash, dam olish huquqlariga;
til erkinligi huquqiga;
ilmiy ish qilish, ilmiy ishlarda qatnashish huquqiga;
mualliflik huquqlariga egadirlar.
VII. Ota-onalar va ularni oʻrnini bosuvchi shaxslarning huquq va burchlari
15. Ota-onalar yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslar:
oʻz bolalari uchun taʼlim va tarbiya shaklini erkin tanlash, taʼlim jarayonini kuzatish;
bolalarning taʼlim-tarbiyasini amalga oshirishda zaruriy shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
MTBTM xodimlaridan bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda boʻlishlarini talab etish;
bolalar hayoti va taʼlim-tarbiyasini tashkil etishda faol ishtirok qilish;
bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish;
oila sharoitida MTBTMT da amalga oshirilayotgan taʼlim-tarbiya gʻoyalarining davomiyligini taʼminlash, bolaning taʼlim olishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish;
bolalar maktabgacha tarbiya guruhlarida boʻlganliklari uchun belgilangan miqdordagi haqni oʻz vaqtida toʻlash;
Ustavda belgilangan kun tartibiga rioya qilgan holda bolalarni olib kelish va uyga olib ketish;
tarbiyachi va oʻqituvchidan oʻz bolasining rivojlanishi, oʻzlashtirish haqidagi maʼlumot va hisobotlarni talab qilish huquqiga egadirlar.
VIII. Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlim muassasasining tuzilishi
16. Bolalar JBTM ga 3 yoshdan qabul qilinib, 8 yil mobaynida taʼlim-tarbiya oladilar. Taʼlim davriyligi quyidagicha taqsimlanadi:
MAKTABGAChA TARBIYA
kichik guruh — 3-4 yosh
oʻrta guruh — 4-5 yosh
katta guruh — 5-6 yosh
tayyorlov guruh — 6-7 yosh
BOShLANGʻICh TAʼLIM
I sinf — 7-8 yosh
II sinf — 8-9 yosh
III sinf — 9-10 yosh
IV sinf — 10-11 yosh
17. Har bir guruh 20 ta va sinf oʻquvchilarining meʼyori 25 nafar boladan kam boʻlmasligi lozim.
Oʻzbek tilida oʻqitilmaydigan maktablarning boshlangʻich sinflarida oʻzbek tili darslari, rus tilida oʻqitilmaydigan maktablarning boshlangʻich sinflarida rus tili darslari hamda ayrim oʻquv dasturlarida belgilangan fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflarda oʻquvchilar soni 25 va undan ortiq boʻlsa, sinf 2 guruhga boʻlinadi.
18. MTBTMga bolalarni qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
maktabgacha tarbiya guruhlariga (3 yoshdan 6 yoshgacha) bolalar tuman, (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan beriladigan yoʻllanmalar asosida qabul qilinadilar;
I sinflarga oʻquvchi bolalar maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladigan tanlov orqali qabul qilinadilar;
tanlov orqali qabul qilingan bolalar va oʻquvchilar soni meʼyordan kam boʻlsa, bolalarni boʻsh oʻrinlarga qoʻshimcha qabul qilishga eʼlon beriladi va belgilangan meʼyordagi bolalar soni bilan toʻldiriladi;
homiy tashkilotlar oʻrtasidagi bitimga binoan bolalar alohida (shartnoma) roʻyxat bilan qabul qilinadilar;
tanlov bolalarning hududiy belgilariga emas (turar joyi), balki pedagogik, psixologik, diagnostika, testlar natijasiga qarab amalga oshiriladi;
qabul tartibi MTVTM pedagogik Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
19. Bolalar va oʻquvchilarni bosqichdan-bosqichga oʻtkazish MTBTM Ustavida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Taʼlim - tarbiya jarayoni ota-onalarning istaklariga qarab, tanlangan tilda olib boriladi.
20. MTVTM oʻz bitiruvchilarini kelgusida yetakchi maktablarda samarali oʻqib ketishi kafolatini taʼminlaydi.
21. MTBTM bolalar soni ikkita statistik hisobotdan (ovqatlanish boʻyicha maktabgacha tarbiya muassasalari, boshlangʻich sinf oʻquvchilari esa, alohida maktab oʻquvchilari koʻrsatkichlaridan) oʻtkaziladi.
22. MBTMda oʻquv yili 2-sentabrdan boshlanadi.
23. MTBTM Maqomini olish maqsadida oʻtkazilgan attestatsiyadan soʻng, 3-4 yilda (boshlangʻich sinf bitiruvchilarini chiqarib) birinchi yalpi attestatsiyadan oʻtkaziladi va belgilangan tartibda har 5 yildagi jadvalga kiritiladi.
IX. Tibbiy xizmat koʻrsatish
24. Amaldagi qonun va hujjatlariga muvofiq, MTBTMda bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatiladi.
Tibbiyot xodimlari faoliyati ustidan nazoratni MTBTM rahbariyati hamda mahalliy sogʻliqni saqlash tashkilotlari amalga oshiradilar;
Tibbiy xodimlar MTBTM rahbariyati bilan birgalikda bolalarning salomatligini muhofaza qilishga oid muammolarni muhokama qiladi. Hayoti, sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi, davlat-profilaktika tadbirlarining oʻtkazilishi, sanitariya-gigiyena meʼyorlariga, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish sifati va tartibiga, ularga tushadigan jismoniy va aqliy faoliyat hajmi taqsimoti va nisbatini muvofiqlashtirishga rioya qilish uchun javob beradilar.
X. Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlim muassasasining tuzilmasi
25. MTBTMning tizulmasi va kasb-lavozim roʻyxati (shtat) Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy kasb lavozim roʻyxatiga muvofiq belgilanadi.
26. MTBTM rahbari (direktor) muassislar tomonidan xalq taʼlimining mahalliy boshqaruv tashkilotlari bilan kelishilgan holda, maxsus oliy maʼlumotga ega, ish staji besh yildan kam boʻlmagan mutaxassislardan tayinlanadi.
27. MTBTMning barcha toifadagi xodimlarining huquq va burchlari uning Ustavi va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan kafolatlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan kasb malaka tavsiyanomalariga koʻra belgilanadi.
28. MTBTM rahbariyati uning jamoasi, pedagogik kengashi bilan kelishilgan holda oʻz xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazadi, ularga oʻz vaqtida zaruriy uslubiy yordam koʻrsatadi.
XI. Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlim muassasasini boshqarish
29. MTMBTni boshqarish yakkaboshchilik va keng oshkoralik tamoyili asosida amalga oshiriladi.
30. MTBTM rahbari (direktor) uning ustavi va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda muassasaning butun faoliyatiga rahbarlik qiladi. Bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish, taʼlim-tarbiyani yaxshilash, xodimlarni tanlash, joylariga qoʻyish va saviyasini oʻstirish, oʻquv jarayonining tashkiliy pedagogik, moliyaviy xoʻjalik, tibbiy xizmat va boshqa faoliyat natijalari jamoada ijobiy maʼnaviy-ruhiy muhit yaratilishi uchun shaxsan javob beradi.
31. MTBTM rahbari (direktor ) muassasa maqsadidan kelib chiqadigan huquqlari doirasida oʻz xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, uslubiy yoʻriqnomalar, koʻrsatmalar chiqaradi. Rahbar (direktor) muovinlari (maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlim uslubchilari), tibbiyot xodimlari oʻz tasarrufi doirasidagi koʻrsatmalari MTBTM ning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi shart.
32. MTBTM rahbari (direktor) amaldagi qonun hujjatlari doirasida muassasaning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha yuqori organlariga takliflar kiritadi.
33. MTBTM barcha tarbiyachi va oʻqituvchilari muassasaning Pedagogik Kengashi aʼzolari hisoblanib, unga MTBTM rahbari raislik qiladi. Pedagogik Kengash har 2 oyda chaqiriladi va:
taʼlim-tarbiya ishlarining yoʻnalishini aniqlaydi;
yangi oʻquv dasturlari va rejalarini koʻrib chiqib, tasdiqlaydi;
maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlimdagi uzluksizlikni taʼminlash, shu bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni oʻrganib,muhokama qiladi;
bolalarning oʻzlashtirish darajasini, davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini tashxis qiladi va taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish choralarini belgilaydi;
sinov-tajriba ishlarini tashkil qiladi va rahbarligini amalga oshiradi;
ilgʻor pedagogik tajribalarni, yangi pedagogik texnologiyani oʻrganish, umumlashtirish hamda ommalashtirish yoʻllarini belgilaydi;
ota-onalar va boshqa tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan bitim va shartnomalarni koʻrib chiqadi, bajarilishini nazorat qiladi;
tarbiyachi va oʻqituvchilarni shartnoma asosida ishga olish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish, ular malakasini oshirish reja tadbirlarini ishlab chiqadi.
XII. Moliyaviy-xoʻjalik faoliyati
34. Davlat muassasasi budjetdan yoki tarmoqdan (idoraviy) mablagʻ bilan taʼminlanish prinsipi asosida faoliyat koʻrsatadi. MTBTMdagi bolalarning taʼlimi bepul boʻlib, ovqatlanishlari uchun ota-onalardan amaldagi maktabgacha tarbiya muassasasining meʼyoriy hujjatlariga binoan haq olinadi.
35. MTBTMni mablagʻ bilan taʼminlashda hisob birligi sifatida bitta bolaning muassasadagi oʻrtacha yillik taʼminoti qabul qilinadi.
36. Budjetdan yoki tarmoqdan mablagʻ bilan taʼminlash meʼyorlari vazirliklar va tashkilotlar tomonidan bevosita ularga boʻysunuvchi muassasalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash hamda Moliya vazirliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan metodik tavsiyalarga muvofiq ishlab chiqiladi (oziq-ovqat mahsulotlarining meʼyori, jihoz va uskunalar soni, oʻquv qurollari va boshqalar).
37. MTBTMdagi bolalarni ovqatlantirishga sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining meʼyorlari maktabgacha tarbiya muassasalari uchun tasdiqlangan miqdorda hisoblanadi. Bolalarni ovqatlantirish uchun toʻlovlar mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda hokimiyatlar bilan kelishiladi.
38. Muassasa oʻrnatilgan muddatlarda xalq taʼlimi boʻlimlariga moliyaviy hisobotlarni topshiradi. Undan tashqari maktab va bogʻcha boʻyicha “Davlatistiqbolstat” tomonidan oʻrnatilgan statistik maʼlumotlarni topshiradi.
39. Quyidagilar MTBTM ning qoʻshimcha manbalari hisoblanadi:
davlat korxonalari va tashkilotlari, shirkat korxonalari va idoralar, ayrim shaxslardan MTBTM hisob raqamiga oʻtkazilgan tushum;
boʻsh yordamchi xonalarni, inshootlarni, asbob-uskunalarni ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar;
shartnomalar asosida buyurtma boʻyicha bajarilgan xizmatlar uchun toʻlovlar;
ayrim fuqaro va xalqaro tashkilotlarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va taqdim etiladigan moddiy boyliklar;
boshqa tushumlar (jamoa fondlari, xomiy tashkilotlar) turli manbalardan tushgan barcha mablagʻlar mehnat shartnomasi boʻyicha bajarilgan aniq xizmatlar uchun bevosita ijrochilarga berilganidan tashqari, MTBTMning daromadini tashkil qiladi va uning ehtiyojlari, rivojlanishiga sarflanadi.
40. MTBTM bolalari va oʻquvchilarga oʻquv kunlaridan tashqari (shanba, yakshanba) turli yoʻnalishdagi qoʻshimcha mashgʻulotlarni va boshqa turdagi xizmatni (ota-onalarning istagi va tashabbusi bilan) toʻlovli badallar evaziga amalga oshiradi.
41. MTBTMning taʼminoti va sarf-xarajatlari boʻyicha hisobxona hisob-kitoblari tasarrufdagi markazlashtirilgan hisobxona yoki MTBTM tomonidan mustaqil ravishda yuritiladi.
MTBTMning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish belgilangan tartibda muassasaning saylanma taftish komissiyasi bilan hamkorlikda bu ishga vakolatli organlar tomonidan oʻtkaziladi.
MTBTMga budjetdan tashqari tushadigan mablagʻlarning sarf-xarajatini nazorat qilish uchun doimiy taftish komissiyasi (MTBTM xodimlari, ota-onalar) tashkil etiladi va uning hisobotlari MTBTMning umumiy yigʻilishida tinglanadi.
42. MTBTM ning ichki mehnatini tashkil etish va unga haq toʻlash borasidagi huquqi Oʻzbekiston Respublikasi yagona tarif setkasi va shu masalaga oid boshqa meʼyoriy hujjatlar bilan belgilanadi. MTBTMsida sinflar soni 4ta va undan ortiq boʻlsa, uning rahbari va rahbar oʻrinbosariga umumtaʼlim maktablari rahbari va rahbar oʻrinbosarlari uchun joriy etilgan yagona ish haqi belgilanadi.
43. Direktor va uning oʻrinbosari, oʻqituvchi, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi, bolalar yetakchilariga taʼtil davomiyligi, pensiya bilan taʼminlash, imtiyozlardan foydalanish, umumtaʼlim maktab xodimlaridek saqlanib qolinadi. Bogʻcha guruhlarida ishlovchi tarbiyachilar, musiqa rahbarlari va boshqa pedagog xodimlar esa, bogʻcha xodimlari uchun yaratilgan imtiyozdan foydalanadilar.
44. MTBTMsi boʻyicha rejalashtirish, mablagʻ bilan taʼminlash va hisobot yuritish, budjet klassifikatsiyasi yangi joriy etilgan 200-boʻlimda, 2-paragrafi asosida bajariladi.
1-ILOVA
Maktabgacha tarbiya Boshlangʻich taʼlim muassasi uchun (MTBTM)
NAMUNAVIY LAVOZIMLAR ROʻYxATI
|
(Moliya vazirligining 16.01.97 yil 12-01-01/12 sonli xati bilan kelishilgan) | ||||
|
LAVOZIMI |
SINFLAR, YaSLI VA BOGʻChA GURUHLARI SONI | |||
|
2-3 |
4-5 |
7-9 |
10-14 | |
| Direktor |
1 |
1 |
1 |
1 |
| Taʼlim-tarbiya boʻyicha direktor muovini |
- |
- |
1 |
1 |
| Bolalar Bosh yetakchisi |
- |
0,5 |
1 |
1 |
| Kutubxonachi |
0,5 |
1 |
1 |
1 |
| Xoʻjalik mudiri |
0,5 |
0,5 |
1 |
1 |
| Kostelyansha, Omborchi |
- |
- |
0,5 |
1 |
| Hisobchi |
0,5 |
0,5 |
1 |
1 |
| Binoni taʼmirlash boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi ishchi |
0,5 |
1 |
1 |
1 |
| Yuk tashuvchi |
- |
- |
0,5 |
1 |
| Oshpaz, oshxona ishchisi |
2 |
2,5 |
3 |
3,5 |
| Maktab va maktabgacha yosh bolalar soni hisobga olinib, oshxona xodimlari soni belgilanadi. | ||||
|
LAVOZIMLAR |
maktabgacha tarbiya yoshidagi bir guruh uchun shtat oʻrni | |||||||
|
xaftasiga 6 kun bolalarning kelishlari |
xaftasiga 5 kun bolalarning kelishlari | |||||||
|
9 soat |
10 soat |
12 soat |
24 soat |
9 soat |
10,5 soat |
12 soat |
24 soat | |
| Tarbiyachilar |
1,5 |
1,67 |
2 |
2,2 |
1,25 |
1,55 |
2 |
2 |
| Tarbiyachi yordamchilar |
1,35 |
1,5 |
1,75 |
2,75 |
1,1 |
1,3 |
1,5 |
2 |
IZOH :
1. Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi oʻquv soatga qarab, oʻquv rejada belgilangan meʼyorida haftasiga 14 soatdan oshirmagan holda belgilanadi.
2. Kecha-kunduz ishlaydigan maktabgacha tarbiya guruhida tarbiyachi lavozimi 14 soat hisobidan belgilanadi;
Bir vaqtning oʻzida muassasalarda har xil vaqt mobaynida ishlaydigan guruhlar boʻlishi mumkin;
- 12 soatli 6 ish kuni ishlaydigan muassasalarda bayram oldi va dam olish kuni oldidan ish vaqti 2 soatga qisqartiriladi.
3. haftasiga 5 ish kuni, 9-12 soat ishlaydigan muassasada, maktabgacha tarbiya guruhlarining tarbiyachilari ishlagan oylarida oʻrnatilgan hafta meʼyoriy soatlari boʻyicha, oʻquv-tarbiya va metodik ishlar bilan yuklatiladi.
4. Maxsus psixolog maʼlumotiga ega boʻlgan mutaxassislar bor muassasalarda, psixolog lavozimi shtatga kiritilishi mumkin.
5. Kuni uzaytirilgan maktab guruhlarida har bir guruh uchun 1 ta tarbiyachi tayinlanadi.
6. Taʼlim-tarbiya ishlari boʻyicha direktor muovini boʻlmagan taqdirda 0,5 miqdorda tarbiyachi metodist lavozimi beriladi.
7. Jismoniy tarbiya boʻyicha instruktor lavozimi bolalarni chiniqtirish va sogʻlomlashtirish tadbirlari boʻyicha har ikki guruhga 0,25 miqdorida belgilanadi.
8. Maktabgacha tarbiya guruhlarida va sinflarda nutqida kamchiligi bor bolalar boʻlgan taqdirdagina, ularning nuqsoni hisobga olingan holda guruhlar toʻldirilib, oʻqituvchi logoped lavozimi beriladi.
9. Har bir 50-60 kg kirga 0,5 kirga miqdorida kir yuvuvchi mashinist belgilanadi;
— kir yuvuvchi maishiy korxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yoʻq boʻlgan holda, kir yuvuvchi mashinist belgilanadi.
10. Kecha-kunduz ishlaydigan maktabgacha tarbiya guruhlarida tarbiyachi yordamchisi kechki navbatchilik uchun haftasiga 6 kun ishlaydigan muassasalarda 2 guruhga 2 lavozim, 5 kun ishlaydigan holatda 2 guruhga 1, 3 lavozim kiritiladi. Agar kecha-kunduz ishlaydigan guruhlar alohida binoda va kirish joylari alohida yoki bir guruh boʻlgan taqdirda har bir guruh uchun 2 va 1, 3 lavozim kiritiladi.
11. MTBTM da isitish vositasi markazlashgan holda, har bir qozonxonaga 1 ishchidan, qattiq yoqilgʻi (torf, koʻmir) ishlatiladigan qozonxonalarda isitish maydoni 75 kv. m.ni tashkil etsa, har smenaga 2 yoquvchi belgilanadi.
— isitish vositasi gaz bilan ishlasa, u holda 1 smenaga 1 yoquvchi lavozimi, avtomat xavfsizligi boʻlgan qozonxonalarda esa har smenaga 2 yoquvchi lavozimi tayinlanadi.
— umumiy yoquvchilar sonidan bitta ishchi yil mobaynida uzluksiz ishlaydi.
12. MTBTM larda isitish punkti yoki elevator boʻlsa, u holda yoquvchi lavozimi oʻrniga, binolarni taʼmirlash, jihozlash boʻyicha ishchi, issiq suv bilan taʼminlangan holda (broyler, nasos) 1 ishchi smenada tayinlanadi. MTBTM ni isitish mavsumida yoquvchi lavozimi 0,5 birlik miqdorida har 5 pechka uchun, pechka orqali isitish lozim boʻlgan joyda 0,5 birlikdan kam boʻlmasligi lozim.
13. MTBTM xizmatchi xonalar farroshi lavozimi 0,5 birlik hisobidan har bir 250 kv. m. tozalash maydonchasiga ega boʻlgan holda tayinlanadi, u 0,5 birlikdan kam boʻlmasligi lozim.
— tozalanadigan maydon hisobida maydoncha hisobga olinmaydi.
Maktabgacha tarbiya guruh maydonchalari (tibbiy xonadan tashqari) guruhdagi tarbiyachi yordamchisi tomonidan tozalanadi.
14. Qorovul lavozimi kecha-kunduz sutkali navbatchilik qilish hisobidan tayinlanadi.
15. Yuk mashinasi yoki transport vositasi bor MTBTMga haydovchi yoki yuk tashuvchi lavozimi tayinlanadi.
16. Markazlashtirilgan hisobxonasi bor joylarda hisobchi lavozimi tayinlanmaydi.
17. Kompyuter-sinfi bor joylarga 0,5 birlik miqdorida EVM operator lavozimi belgilanadi.
18. Yer maydoni katta-kichikligiga qarab, hamda tuman mahalliy hokimiyati tomonidan tasdiqlangan meʼyorni nazarda tutib, hovli supuruvchilar soni belgilanadi;
— mevali bogʻ yoki manzarali daraxtlar bor erdagi muassasalarga hovli supuruvchilik lavozimi oʻrniga bogʻbon lavozimi beriladi.
19. MTBTM uchun tuziladigan sarf-xarajat smetasida quyidagilar nazarda tutiladi:
a) Musiqa rahbari lavozimi har bir maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar guruhiga 0,25 miqdor hisobidan haq belgilanadi.
b) Mehnat taʼtiliga ketgan direktor, (taʼlim-tarbiya boʻyicha direktor muovini boʻlmagan holda) tarbiyachi, tarbiyachi yordamchilari, oshpaz, oshxona ishchilari, kir yuvuvchi mashinistlar, maxsus kiyimga yumshoq inventarlarni taʼmirlovchi oʻrniga vaqtincha ishlaydigan shaxslarga ish haqi toʻlash koʻzda tutiladi.
v) MTBTMda sinflar soni 5 tadan 10 tagacha boʻlsa, toʻgarak rahbariga oʻqituvchining 0,5 stavkasi miqdorida ish haqi toʻlash koʻzda tutiladi.