Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALKOGOLLI VA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHETDAN KELTIRISH, ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH USTIDAN DAVLAT NAZORATINI KUCHAYTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Respublika aholisi manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, alkogolli va tamaki mahsulotlari mamlakat hududiga keltirilishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-noyabrdagi PQ-732-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 46-47-son, 466-modda)
2. Belgilansinki, alkogolli va tamaki mahsulotlarini erkin muomala (import)ga chiqarish tartibida bojxonada rasmiylashtirish:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 427-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tovarga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi laboratoriyalarining sanitariya-gigiyena xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
3. 1998-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
Oldingi tahrirga qarang.
qaytarib berish sharti bilan qayta ishlashga berilgan xomashyodan alkogolli mahsulot ishlab chiqarish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ular aylanishi chogʻida barter operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlansin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
4. Aksiz markalari tizimini joriy etish boʻyicha idoralararo komissiya aksiz markalarini himoya qilishning yangi, shu jumladan golografik yoʻllar qoʻllaniladigan usullarini joriy etgan holda aksiz markalarini muntazam ravishda yangilab turishni amalga joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Jinoyat kodeksiga etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlari gʻayriqonuniy keltirilganligi, ishlab chiqarilganligi va aylanishda boʻlganligi uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarning maʼmuriy va jinoiy javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ikki hafta muddatda kiritsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 4-avgust,
331-son