Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2024-yil 8-oktabrda Moskva shahrida imzolangan 2010-yil 10-dekabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning Shaxslarni davlatlararo qidirish toʻgʻrisidagi shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlansin.
2. Ichki ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun markaziy vakolatli organ, Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura vakolatli organlar etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-iyul,
PQ-219-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 07/25/219/0591-son)