23.06.2025 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1003-sonli Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandining birinchi xatboshisidagi “belgilangan tartibda isbotlangunga” degan soʻzlardan keyin “va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisidagi “surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sud tomonidan” degan soʻzlar “surishtiruv, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi va dastlabki tergov organlari hamda sud tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshisidagi “Surishtiruvchi” degan soʻz “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshisidagi “Maqbul boʻlmagan” degan soʻzlar “Nomaqbul” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2-bandining birinchi xatboshisidagi “Surishtiruv, tergov organlari va sudlarning” degan soʻzlar “Surishtiruv, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi va dastlabki tergov organlari hamda sudlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“dalil tegishli subyekt, yaʼni dalilni olish bilan bogʻliq boʻlgan protsessual harakatni oʻtkazishga vakolatli shaxs tomonidan olingan boʻlishi;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31. Qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yoʻli bilan yoxud JPK talablari buzilgan holda olingan dalil deganda — JPK 88, 90, 92 — 94-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlmagan va Qonunning boshqa talablari buzilgan holda olingan har qanday faktik maʼlumotlar tushuniladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 4-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “murojaat kelib tushgan holda” degan soʻzlardan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 5-bandidagi “ashyolarga” degan soʻz “ashyolar va raqamli dalillarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 7-bandining ikkinchi xatboshisidagi “yozma topshirigʻisiz” degan soʻzdan keyin “yoxud sudning ajrimisiz” degan soʻzlar, “organ tomonidan” degan soʻzlardan keyin “(kechiktirib boʻlmaydigan hollar bundan mustasno);” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kichik bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar sud kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda JPK 1581-moddasi tartibida oʻtkazilgan tintuvni hamda JPK 169-moddasi tartibida telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni qonunga xilof ravishda amalga oshirilgan deb topsa, ularni amalga oshirish davomida olingan barcha dalillar JPKning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kichik bandidagi “boshqa shaxslar” degan soʻzlardan keyin “hamda voyaga yetmagan shaxslar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“j) soʻroq yuritilayotgan tilni (alfavitni) bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan, shuningdek, kar yoki soqovligi sababli oʻzini oʻzi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassisning koʻrsatuvlari tarjimon (mutaxassis) ishtirokisiz, soqov, kar, koʻr, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli oʻzini oʻzi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining koʻrsatuvlari tarjimon (mutaxassis) hamda himoyachi ishtirokisiz olingan boʻlsa;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“z) voyaga yetmagan jabrlanuvchi, guvoh koʻrsatuvlari qonuniy vakilining, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi koʻrsatuvlari himoyachi va qonuniy vakilining (JPK 549-550-moddasi), zarur hollarda esa, pedagog yoki psixologning ishtirokisiz olingan boʻlsa (JPK 554-moddasi);”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) kichik bandining beshinchi xatboshisidagi “tashuvchi jismlardagi” degan soʻzlardan keyin “elektron” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi n) kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“n) maxsus qabulxonalar, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslardan qonunga xilof usullarda olingan boʻlsa;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) kichik bandi o) kichik band deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Tushuntirilsinki, jinoyat toʻgʻrisidagi ariza, xabar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar, predmetlar (narsalar), elektron maʼlumotlar, fotosuratlar, audio-, videoyozuvlar faqat ushbu materiallarni taqdim etgan shaxslar, ish qoʻzgʻatilgandan keyin soʻroq qilingan va taqdim etilgan hujjatlar, predmetlar (narsalar), elektron maʼlumotlar kim tomonidan, qachon, qayerda, qanday holatlarda topilganligi yoki fotosurat, audio-, videoyozuvlar amalga oshirilganligi aniqlangan holdagina maqbul dalil sifatida foydalanilishi mumkin. Taqdim etilgan predmetlar (narsalar), elektron maʼlumotlarni maqbul dalil deb topishning zarur sharti ularni koʻzdan kechirish toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzilganidan soʻng chiqariladigan, predmetlar (narsalar), elektron maʼlumotlarni ishga ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida qoʻshish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)ning mavjudligi hisoblanadi. Zarur hollarda hujjatlar, predmetlar (narsalar), elektron maʼlumotlar, fotosuratlar, audio-, videoyozuvlarni ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida ishga qoʻshish masalasini hal etish uchun tegishli ekspertiza tayinlanishi mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 11-bandining birinchi xatboshisidagi “birinchi instansiyada” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisidagi “masalan,” degan soʻzdan keyin “vafot etganligi, bedarak yoʻqolganligi,” degan soʻzlar, “chiqib ketganligi” degan soʻzlardan keyin “, koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilganligi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 12-bandining birinchi xatboshisidagi “Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar” degan soʻzlar “surishtiruv, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi va dastlabki tergov organlari hamda sudlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 14-bandining birinchi xatboshisidagi “mumkin” degan soʻz “shart” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisidagi “iltimosnoma” degan soʻzdan keyin “davlat va jamoat ayblovchilari,” degan soʻzlar, “uning himoyachisi” degan soʻzlardan keyin “, jamoat himoyachisi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 16-bandidagi “Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudining bu haqdagi qarori uning ajrimi (qarori) asoslantirish qismida bayon etiladi.” degan jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunday holatda qoʻshimcha ravishda ajrim chiqarish talab etilmaydi. Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudining bu haqdagi qarori uning hukmi, ajrimi (qarori)ni asoslantirish qismida bayon etiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“17. Sudlarga tushuntirilsinki, ishni mazmunan koʻrish davomida ilgari nomaqbul deb topilgan va chiqarib tashlangan dalilni maqbul deb topish masalasi taraflarning iltimosnomasiga asosan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 18-bandining birinchi xatboshisidagi “surishtiruv, tergov olib borish” degan soʻzlar “surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va tergov olib borish,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud raisi B. ISLAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 23-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-son