Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.03.2003 yildagi 158-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RTA TIBBIYOT TA’LIMI TIZIMINI RIVOJLANTIRISH UCHUN YAPONIYA HUKUMATINING BEG‘ARAZ YORDAMINI JALB ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hamshiralik ta’limi tizimini yaxshilash bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish uchun Yaponiya Hukumatining beg‘araz yordami jalb etilishini va undan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yaponiya Hukumati hamshiralik ta’limi tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga 292 mln. yen miqdorida grant berish to‘g‘risida qaror qabul qilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov qayd etilgan grantni olish uchun Ayirboshlash notasini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga beg‘araz yordamni (grantni) olish va ajratilayotgan mablag‘larga xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur tartib-qoidalarni Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qayd etilgan beg‘araz yordamga hisob-kitob xizmati ko‘rsatilganligi uchun Yaponiya tomonining vositachiligiga haq to‘lash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga so‘mlarda zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hamshiralik ta’limi tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish uchun Yaponiya Hukumati tomonidan berilayotgan beg‘araz yordam hisobiga O‘zbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan asbob-uskunalar va materiallar bojxona to‘lovlari, shu jumladan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi (H. Karomatov) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda berilayotgan beg‘araz yordam mablag‘laridan va uning doirasida olib kelinayotgan asbob-uskunalar va materiallardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihaning xorijiy qatnashchilariga kirish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga davlat boji to‘lanmasdan ko‘p martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 27-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158-son