15.05.1998 yildagi 213-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.04.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA HUDUDIGA ETIL SPIRTINI OLIB KELISHNI VA UNING TRANZITINI TAQIQLASH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini, ichki bozorni, isteʼmolchilar huquqlarini va aholi sogʻligini himoya qilishni taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtining gʻayriqonuniy olib kelinishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini transportning barcha turlari bilan olib kelish taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Etil spirtining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali tranziti faqat Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi, ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Etil spirtining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali uchinchi mamlakatlar hududidan Yevro-Osiyo iqtisodiy hamjamiyati aʼzosi boʻlgan davlatlar hududiga yoxud Yevro-Osiyo iqtisodiy hamjamiyati aʼzosi boʻlgan davlatlar hududidan uchinchi mamlakatlar hududiga tranziti faqat temir yoʻl transportida amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-apreldagi 73-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 14-son, 146-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirti gʻayriqonuniy olib kelinganda va tranzit orqali oʻtkazilganda hamda shunday hollar korxonalarda va savdoda aniqlanganda spirtni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi boj hududiga oziq-ovqat etil spirti olib keltirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-fevraldagi 85-son qarorining 2 va 3-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 15-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
213-son