29.05.2025 yildagi SQ-133-V-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni yaxshilanishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni yaxshilanishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqidagi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mamlakatimizda mazkur sohada aniq chora-tadbirlar amalga oshirilgani va ijobiy oʻzgarishlarga erishilganini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2024-yilda Oʻzbekiston uchun ustuvor boʻlgan 20 ta xalqaro reyting va indekslarning 10 tasida mamlakatimiz oʻrni koʻrsatkichlari yaxshilangan, 6 tasida pastlagan, 2 tasida oʻzgarishsiz qolgan va 2 ta reyting natijalari eʼlon qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda elektron xizmatlarni kengaytirish va raqamlashtirish jarayonlari natijasida BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy ishlar departamenti tomonidan tayyorlanadigan Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida Oʻzbekistonning oʻrni 6 pogʻonaga yuqorilab, 193 ta davlat orasida 63-oʻrinni egalladi. Respublikamiz elektron hukumat sohasida rivojlanish boʻyicha “yuqori” guruhdan “juda yuqori” guruhga koʻtarilgan 17 ta davlat qatoridan joy oldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Oʻzbekistonda statistika sohasini tubdan isloh qilish, maʼlumotlarning ochiqligi, ishonchliligi va sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida Jahon bankining Statistik samaradorlik koʻrsatkichlarida mamlakatimiz oʻz oʻrnini 17 pogʻonaga yaxshilab, 217 ta davlat orasida 62-oʻringa koʻtarildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Oʻzbekiston MDH mamlakatlari orasida Moldova, Armaniston va Rossiyadan keyin 4-oʻrinni egallab, mintaqadagi yetakchi mamlakatlar qatoriga kirdi. Umuman olganda, soʻnggi sakkiz yilda mazkur indeksda Oʻzbekiston oʻz pozitsiyasini 89 pogʻonaga yaxshilagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash va gender tenglikni mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlarining takomillashtirilishi natijasida Oʻzbekiston Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida oʻz pozitsiyasini 48 pogʻonaga yaxshilab, 190 ta davlat orasida 91-oʻrinni egalladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobotda Oʻzbekiston ayollar huquqlarini himoya qilish va gender tenglikni taʼminlash sohasida tub islohotlarni amalga oshirib, eng katta natijalarga erishgan 5 ta davlat qatorida qayd etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz Singapur, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan bir xil 82,5 ball toʻplab, Markaziy Osiyoda eng yuqori natijaga erishgan davlat sifatida eʼtirof etildi. Ayniqsa, ushbu Indeksning harakat erkinligi, mehnatga haq toʻlash, oila, mulkka egalik qilish hamda tadbirkorlik kabi muhim indikatorlarida eng yuqori — 100 ballik baholar qayd etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bir qatorda sohada oʻz yechimini kutayotgan ayrim muammo va kamchiliklar ham saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Oʻzbekiston uchun ustuvor boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid 11 ta xalqaro reyting va indekslarning 2 tasida, siyosiy-huquqiy sohadagi 9 ta reytingning 4 tasida mamlakatimiz koʻrsatkichlari pastlagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, “Meros” jamgʻarmasining Iqtisodiy erkinlik indeksida Oʻzbekiston oʻz pozitsiyasini 6 pogʻonaga yaxshilab, 184 ta davlat orasida 103-oʻrinni egallagan boʻlsa-da, indeks tarkibiga kiruvchi ayrim indikatorlar boʻyicha mamlakatimiz koʻrsatkichlarida pasayish kuzatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra oxirgi uch yil mobaynida davlat xarajatlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan oʻrtacha 31,41 foizni tashkil etishi Indeksning “Davlat xarajatlari” indikatoridagi mamlakatimiz koʻrsatkichlarining 4,5 ballga pasayishiga olib kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet taqchilligining yalpi ichki mahsulotga nisbati soʻnggi uch yilda oʻrtacha 4 foizni, davlat qarzining esa yalpi ichki mahsulotga nisbatan 34,9 foizni tashkil etgani “Fiskal salomatlik” indikatorida salbiy dinamikaga sabab boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import qilingan tovarlarga nisbatan oʻrtacha tortilgan tarif stavkasining 4,5 foizdan 4,7 foizga oshirilishi esa “Savdo erkinligi” indikatoridagi koʻrsatkichlarni pasaytirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, AQSHning Kornell universiteti, Fransiyaning Insead biznes maktabi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan yuritiladigan Global innovatsiyalar indeksida mamlakatimiz oʻrni 1 pogʻonaga pastladi. Indeksning joriy hisobotida mamlakatlar 78 ta indikator boʻyicha baholanib, 40 ta indikatorda Oʻzbekistonning pozitsiyasi yaxshilangan, 13 tasida oʻzgarmagan va 23 tasida pasayish kuzatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahlillarga koʻra, soʻnggi uch yildan beri Oʻzbekistonning mazkur Indeksdagi oʻrnida barqaror oʻsish tendensiyasi kuzatilmayapti. Jumladan, 2022 va 2023-yillarda mamlakatimiz 82-oʻrinda boʻlgan boʻlsa, 2024-yilda 1 pogʻonaga pastlab, 83-oʻrinni egallagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish faolligining sustligi, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga kiritilayotgan investitsiyaning yetarli emasligi, innovatsion infratuzilmaning sust rivojlanishi hamda ilmiy natijalarning xalqaro iqtisodiyotga transformatsiya darajasining pastligi kabi qator omillar Oʻzbekistonning mazkur indeksdagi oʻrniga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksida Oʻzbekiston 5 pogʻonaga pastlab, 142 ta mamlakat ichida 83-oʻrinni egalladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Indeks 8 ta indikator asosida baholanib, ularning 4 tasida Oʻzbekistonda ijobiy oʻsish qayd etilgan boʻlsa, 2 tasida koʻrsatkichlar oʻzgarmagan, 2 tasida esa pasayish kuzatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pasayish kuzatilgan indikatorlardan biri — Korrupsiyaning mavjud emasligi indikatori boʻlib, mazkur indikator boʻyicha Oʻzbekiston 2024-yilda 2 pogʻona pastlab, 66-oʻrindan 68-oʻringa tushdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahlillarga koʻra 2022-2023-yillar davomida Ichki ishlar tizimida jinoiy javobgarlikka tortilgan 347 nafar xodimning 56 foizi (195 nafari) korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan. Shuningdek, 2023-yilda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tizimida jinoiy javobgarlikka tortilgan 162 nafar xodimning 92,5 foizi (150 nafari) ana shunday jinoyatlarda ayblangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi pasayish kuzatilgan indikator — Qonunlarga rioya qilish indikatori boʻlib, mazkur indikatorda mamlakatimiz 4 pogʻona pastlab, 103-oʻringa tushgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu indikator orqali hukumat qarorlarining har qanday taʼsirlarsiz samarali qoʻllanilishi, maʼmuriy tartib-taomillarning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishi, hukumat tomonidan sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilmaslik holatlari baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlari tarkibiga kiruvchi 2 ta xalqaro reytingda ham Oʻzbekiston koʻrsatkichlarida pasayish qayd etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, “Tartibga solish sifati” indikatorida mamlakatimiz 1 pogʻona pastlab, 214 davlat orasida 147-oʻrinni, “Korrupsiyani tiyib turish” indikatorida esa 3 pogʻona pastlab, 164-oʻrinni egalladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro tashkiloti tomonidan yuritiladigan Matbuot erkinligi indeksida ham Oʻzbekistonning oʻrni sezilarli darajada 11 pogʻonaga pasayib, 180 ta davlat orasida 148-oʻrinni egalladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobotda qayd etilishicha, 2016-yildan buyon mamlakatda matbuot erkinligi sohasida muayyan ijobiy oʻzgarishlar kuzatilgan boʻlsa-da, davlat organlarini tanqid qilish hamon murakkablik tugʻdirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldorlar tomonidan jurnalist va blogerlarga pora berishga urinishlar, jamiyatni tashvishga soluvchi masalalar rasmiy ommaviy axborot vositalarida emas, aksincha, koʻproq ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi, blogerlarga tahdid qilinishi va hibsga olinishi va boshqa masalalar mamlakatimizning Indeksdagi oʻrniga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7- va 9-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni yaxshilanishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi (bundan buyon matnda Respublika kengashi deb yuritiladi) ishchi organlari (Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmoni 2-bandi uchinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 16-avgustda qabul qilingan SQ-963-IV-sonli qarori 3-ilovasiga asosan tasdiqlangan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlardan (bundan buyon matnda maqsadli koʻrsatkichlar deb yuritiladi) kelib chiqib, mutasaddi vazirlik va idoralar birinchi rahbarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) loyihasini ishlab chiqsin hamda Respublika kengashiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda xalqaro reyting va indekslarga biriktirilgan mutasaddi vazirlik va idoralar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda xalqaro reyting tuzuvchi tashkilotlar (ekspert)ning mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarda olib borilayotgan soʻnggi islohotlar haqidagi xabardorlik darajasini oshirish maqsadida ular bilan turkum tadbirlarni (uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar, forumlar va hokazo) oʻtkazib borsin hamda respublikamizga tashriflarini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilning 1-sentabriga qadar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohadagi xalqaro reyting va indekslar doirasida baholanadigan sohalar boʻyicha mamlakat tahlilini tayyorlash va aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida reyting tuzuvchi tashkilotlar va ekspertlarni jalb qilish yuzasidan takliflarni Respublika kengashiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni yaxshilanishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarga erishganlik holatini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning koʻrsatkichlari pasayishiga sabab boʻlgan omillar, shuningdek, ustuvor xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimiz oʻrnini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlar va amaliy chora-tadbirlarni koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro reyting va indekslarda yuqori natijalar qayd etgan xorijiy mamlakatlarning tajribasini, Oʻzbekistonda qoʻllash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi hamda masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti tomonidan yuritiladigan Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksida Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini (“yoʻl xaritasi”ni) ishlab chiqsin va Respublika kengashiga kiritsin. Bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, sanoat korxonalarini raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirish va “aqlli” ishlab chiqarish tizimlari bilan jihozlash orqali mahsulot sifatini oshirish va xalqaro standartlarga moslashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat klasterlari va maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, ushbu hududlarda eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, ular uchun eksportga yoʻnaltirilgan loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish, ularning texnologik salohiyatini oshirish maqsadida oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish jarayonlarida energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, ularni patentlash orqali innovatsiyalarni ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish, yangi eksport bozorlarini aniqlash va ularga chiqish uchun diplomatik va savdo aloqalarini kuchaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilning 1-avgustiga qadar Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlari tarkibiga kiruvchi Tartibga solish sifati indikatorida Oʻzbekiston koʻrsatkichlarini yaxshilash maqsadida barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilning 1-noyabriga qadar Jahon odil sudlov loyihasi xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan yuritiladigan Huquq ustuvorligi indeksining “Maʼmuriy tartib-taomillarning oʻz vaqtida bajarilishi” subindikatorida Oʻzbekiston koʻrsatkichlarini yaxshilash maqsadida davlat xizmatlari koʻrsatilishini noqonuniy kechiktirgan yoki asossiz rad etgan mansabdor shaxsning masʼuliyatini oshirish, uning bunday xatti-harakatlariga nisbatan taʼsir chorasini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilning 1-noyabriga qadar Huquq ustuvorligi indeksining “Hukumat qarorlarini har qanday taʼsirlarsiz samarali qoʻllash” subindikatorida mamlakatimiz koʻrsatkichlarini yaxshilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqishning texnik va moliyaviy imkoniyatlarini oʻrganib chiqsin hamda asoslantirilgan takliflarni Respublika kengashiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili Oliy Majlis Senati majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarining ijrosi toʻgʻrisida Hisob palatasi raisining hamda Adliya vazirining axborotini eshitib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Respublika kengashiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan yuritiladigan Matbuot erkinligi indeksida Oʻzbekiston koʻrsatkichlarini yaxshilash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning koʻrsatkichlarini yaxshilash maqsadida respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va tub oʻzgarishlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, shu jumladan ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va Internet jahon axborot tarmoqlari orqali faol targʻibot ishlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xalqaro reyting va indekslarga biriktirilgan mutasaddi vazirlik va idoralar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy ravishda reyting tuzuvchi tashkilotlarning metodologiyalari, yillik hisobotlari va sharhlarini kuzatib, Oʻzbekistonning koʻrsatkichlarini ushbu maʼlumotlar bilan solishtirib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muntazam ravishda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reytinglarda qayd etilgan mamlakatimizning past koʻrsatkichlarini tahlil qilsin va ularni yaxshilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Masʼul vazirlik va idoralar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari ushbu Qarorning ijro etilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga belgilangan muddatlarda axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-133-V-son