05.06.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2606-9
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 05.06.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2606-9
Kuchga kirish sanasi
02.07.2025
Hujjat 02.07.2025 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 5-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2606-9]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-apreldagi 244-son “Ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-iyuldagi 01-02/12-13-son qarori (roʻyxat raqami 2606, 2014-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-yil, 32-son, 411-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning ilovasidagi “B” sahifasi 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

7. Bojsiz olib kirish meʼyori

Bojsiz olib chiqish meʼyori

Shaxsiy ehtiyoj uchun olib kirilayotgan tovarlar qiymati:

xalqaro aeroportlar orqali -1000 $;

temir yoʻl va daryo bojxona chegarasi orqali — 500 $;

avtomobil (piyoda) oʻtkazish punkti orqali — 300 $.

Jismoniy shaxslar tomonidan deklaratsiya taqdim etmasdan tovarlarni olib chiqishning cheklangan meʼyori 5000 $.

alkogol — 2 litr

tamaki mahsulotlar:

sigaret 200 dona;

sigara 5 dona;

tamaki 100 gr;

atir va ifor taratuvchi suvlar — 3 dona (300 ml oshmagan) va qonunchilikda belgilangan boshqa meʼyorlar.

Bunda notijorat maqsadlarda tovarlarni olib kirayotgan shaxs temir yoʻl, daryo transporti va avtomobil oʻtkazish punktlari orqali 2 kalendar kundan kam, xalqaro aeroportlar orqali 3 kalendar kundan kam muddat boʻlgan va (yoki) bir kalendar oy davomida xorijiy davlatda uch va undan ortiq marotaba boʻlganda bojsiz olib kirish normalari qoʻllanilmaydi.

Guruch — 3 kg;

Non-bulka mahsulotlari — 5 kg;

Goʻsht va goʻsht oziq-ovqat mahsulotlari — 2 kg;

Shakar — 2 kg;

Oʻsimlik moylari — 2 kg;

Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, poliz ekinlar, dukkakli oʻsimliklar va quritilgan sabzavot va mevalar — 40 kg;

tayyor zargarlik buyumlari — 65 gr oltin va 200 gr kumush.

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq 2025-yil 2-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 28-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
263-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy statistika qoʻmitasi raisi B. HAMRAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 20-may
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2025-y., 10/25/2606-9/0503-son)