21.04.2025 yildagi 789-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 21.04.2025 yildagi 789-V-son
Kuchga kirish sanasi
21.04.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining 2025-yil birinchi choragidagi faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2025-yil birinchi choragidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) Kengashi taʼkidlaydiki, oʻtgan davrda Qoʻmita tomonidan agrar va suv xoʻjaligi sohasidagi islohotlarning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, shuningdek sohada olib borilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, suvdan va suv xoʻjaligi obyektlaridan samarali foydalanish, suvni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, hayvonlarni identifikatsiya qilish tartibini belgilash, qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish, yer uchastkalaridan foydalanish tizimini takomillashtirish, sugʻoriladigan yerlarni muhofaza qilishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga doir 3 ta yaxlit, ayrim qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga qaratilgan 5 ta qonun loyihasi hamda Qonunchilik palatasining 1 ta qarori loyihasi ustida ish olib borilgan va ular maʼqullash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrib chiqilayotgan davrda davlat organlari tomonidan qonunlarning ijro etilish holatini joylarga chiqib oʻrganishga, davlat organlari mansabdor shaxslarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishga qaratilgan 4 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Qoʻmita tashabbusi bilan 2025-yil 19-fevral kuni Qonunchilik palatasining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori I. Ergashevning “Qishloq xoʻjaligi urugʻlik materiallari va oziq-ovqat mahsulotlarini karantin nazoratidan oʻtkazish, kimyoviy vositalarni (pestitsidlarni) roʻyxatga olish va savdosini tartibga solish hamda zararli hasharotlarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti eshitilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek 2025-yil 19-fevral kuni Qonunchilik palatasida tashkil etilgan “hukumat soati”da “Suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, kanallar va sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish ishlarining borishi toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayevning javoblari eshitilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari Qoʻmita majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi rahbarlarining tomchilatib sugʻorish tizimini va boshqa tejamkor sugʻorish texnologiyalarini joriy etish, parrandachilikni rivojlantirish, yaylovlardan samarali foydalanish, tomorqa va ijaraga berilgan yerlarda daromadli mahsulot yetishtirish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan axboroti eshitilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Qoʻmita aʼzolari tomonidan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi doirasida hududlarda agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish, sanoatlashgan bogʻlar va tokzorlarni barpo qilish borasidagi ishlarning holati Fargʻona viloyati misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganilgan. Mazkur oʻrganish yakunlari Qoʻmita majlislarida soha mutasaddilari ishtirokida atroflicha muhokama etilib, tegishli qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari tomonidan saylovchilar bilan tizimli muloqotni kuchaytirish, joylarda mavjud muammolarni oʻz vaqtida aniqlab, tezkorlik bilan bartaraf etish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Shuningdek oʻtgan davrda Qoʻmita jismoniy va yuridik shaxslarning 158 ta murojaatlari bilan ishlagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, sohaga oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazishga ham alohida eʼtibor berilgan. Bu borada ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlikda ish olib borilganligi natijasida oʻtgan davrda Qoʻmitaning faoliyati ularda jami 759 marotaba yoritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga oʻtgan davrdagi faoliyat tahlili Qoʻmita tomonidan hali eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan ayrim masalalar ham mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida hamda davlat dasturlarida belgilangan Qoʻmita faoliyatiga taalluqli vazifalarning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish va uning samaradorligini oshirish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar sohani yanada rivojlantirish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni qoʻllab-quvvatlashga, agrar tarmoqdagi tashkilotlar fuknsiyalarini qayta koʻrib chiqishga qaratilgan qonun tashabbuskorligini kuchaytirish, Qoʻmita masʼulligidagi qonun loyihalarini jamoatchilik va soha vakillari ishtirokida muhokama qilish ishlarini yanada kengaytirish maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ajratish, suvni tejash texnologiyalarini joriy etish, tomorqadan samarali foydalanish boʻyicha yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishga, fermer xoʻjaliklari huquqlarini himoya qilishga hamda sohadagi tarmoq xoʻjaliklarini rivojlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini taraqqiy ettirish borasidagi islohotlar samaradorligini taʼminlash borasida Qoʻmitaga biriktirilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, fuqarolardan qonun loyihalari boʻyicha kelib tushayotgan takliflarni bevosita ularning ishtirokida Qoʻmita majlislarida muhokama etib borishga alohida eʼtibor qaratilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining 2025-yil birinchi choragidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrar sohada belgilangan vazifalarning sifatli ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish va uning yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning natijadorligini doimiy ravishda monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun tashabbuskorligi borasidagi takliflarni koʻpaytirish, Qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalari jamoatchilik va soha vakillari bilan muntazam ravishda muhokama etilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini ajratish, suvni tejash texnologiyalarini joriy etish, tomorqadan samarali foydalanish, fermer xoʻjaliklari huquqlarini himoya qilish hamda sohadagi tarmoq xoʻjaliklarini rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohani rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning masʼul vazirlik va idoralar tomonidan bajarilishi boʻyicha samarali parlament nazoratini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda qonunchilik hujjatlari boʻyicha fuqarolar tomonidan berilgan takliflarni bevosita ular ishtirokida Qoʻmita majlislarida muhokama qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari M. Xodjayeva zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 21-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
789-V-son