O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(I bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
II. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 24-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar):
1) 38-moddasining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat bojxona xizmati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari tegishincha bojxona va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar bo‘yicha”;
2) 339-moddasining ikkinchi qismidagi “davlat soliq xizmati” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
III. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
1) 27-moddasining birinchi qismi “soliq organlari” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) quyidagi mazmundagi 175-4-modda bilan to‘ldirilsin:
“175-4-modda. Ish haqini taqiqlangan shakllarda to‘lash
Ish haqini taqiqlangan shakllarda (alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari, shuningdek ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa tovarlar tarzida) to‘lash
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) 257-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat sanitariya nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasi qo‘llashga quyidagilar haqlidirlar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning o‘rinbosarlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari hamda ularning o‘rinbosarlari, tumanlarga bo‘lingan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari va suv transportidagi havzalar bosh davlat sanitariya vrachlari;
tumanlarning, tumanlarga bo‘linmagan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari hamda suv transportidagi portlar va suv yo‘llari uchastkalari bosh davlat sanitariya vrachlari”;
4) 264-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“264-modda. Davlat soliq organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari
Davlat soliq organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalariga ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 172, 174-moddalarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 1754-moddasida, 176-moddasining birinchi qismida, 1762, 1791-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Davlat soliq organlarining boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, uning o‘rinbosari, Departament hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman va shahar bo‘limlarining boshliqlari tegishincha ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqlidirlar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
V. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi hamda 1996-yil 29-avgustdagi Qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova; № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda) 1015-moddasining uchinchi qismidagi “qonunda” degan so‘z “qonun hujjatlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(VI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda):
1) 3-moddasining ikkinchi qismidagi “soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus bo‘linmasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 5-moddasining:
birinchi qismidagi 14 va 15-bandlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat soliq xizmati organlarining ushbu modda birinchi qismining 1-7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari davlat soliq xizmati organlarining barcha mansabdor shaxslariga, 8-13-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar esa, davlat soliq xizmati organlarining faqat boshliqlariga va ularning o‘rinbosarlariga beriladi”.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 30-avgust,
271-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 182-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 533-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)