19.05.2025 yildagi O‘RQ-1066-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 18-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 30-aprelda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarga pensiya tayinlash tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda. Xususan, fuqarolardan qoʻshimcha hujjatlar talab etmagan holda, birgina shaxsni tasdiqlovchi hujjatga asosan pensiya tayinlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish amaliyoti joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida inson omilini kamaytirib, davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada oshirish uchun ilgʻor raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun bilan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan yoshga toʻlgan fuqarolarga ularning murojaatini talab etmagan xolda (proaktiv shaklda) pensiya tayinlanishini hamda fuqarolarning shunday tartibda tayinlangan pensiyani rad etish huquqini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga barcha turdagi nafaqalarni tayinlash va toʻlash vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga oʻtkazilganligi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi hamda “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini aholi uchun pensiya tayinlash tizimiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni faol joriy etgan holda yanada oshirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda, № 8, 469-modda, № 9, 592-modda, № 11, 792-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 5, 464-modda, № 10, 979, 982-moddalar; 2023-yil, № 2, 104-modda, № 11, 924-modda; 2024-yil, № 3, 246-modda, № 10, 1076-modda) kuyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 3-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Qonunning 7 va 8-moddalarida nazarda tutilgan yoshga doir pensiyalar fuqarolarning murojaati talab etilmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismidagi “ushbu moddaning “v” bandida” degan soʻzlar “ushbu modda uchinchi qismining “b” va “v” bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” bandidagi “bolalar” degan soʻz “farzandlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” bandidagi “bolalari” degan soʻz “farzandlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qatʼi nazar, oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyati davomidagi ketma-ket besh yildagi ish haqi olinadi. Bunda fuqaroning oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyati davomidagi ketma-ket besh yil uchun ish haqining eng yuqori miqdori axborot tizimidagi yoki fuqaro tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan avtomatik ravishda aniqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mavsumiy ishlarda band boʻlgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qatʼi nazar, mehnat faoliyatining oxirgi oʻn yili davomidagi, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadigan, ketma-ket besh mavsumdagi qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 32-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 36-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g” bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xoʻjalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xoʻjaligidagi faoliyat, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatidagi mehnat faoliyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qoʻshib hisoblanmaydi, bundan fuqaro uning murojaati talab etilmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlangan pensiyani rad etib, ishlashni davom ettirgan hollar mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 40-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Korxona, tashkilot yoki pensioner tomonidan ishonchsiz maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilganligi oqibatida davlatga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrni Pensiya jamgʻarmasiga qoplanadi. Bunda korxona yoki tashkilot tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni Pensiya jamgʻarmasi boʻlimidan tegishli xabarnoma olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida, pensioner tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni esa ushbu Qonunning 65-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) kuyidagi mazmundagi 431-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“431-modda. Fuqaroning murojaatini talab etmagan xolda (proaktiv shaklda) pensiya tayinlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlgan fuqarolarga yoshga doir pensiya ulardan murojaat talab etilmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlanadi. Bunda fuqaroning yoshga doir pensiyaga boʻlgan huquqi ushbu Qonunda belgilangan shartlar va normalarga muvofiq axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlarga asosan aniqlanadi. Fuqaroning pensiyaga boʻlgan huquqini aniqlashda pensiyaning miqdori hisob-kitob qilinadi va pensiya tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar fuqaro uning murojaatisiz (proaktiv shaklda) tayinlangan pensiya miqdoridan norozi boʻlsa yoki mehnat faoliyatini davom ettirish va keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirsa, u tayinlangan yoshga doir pensiyani rad etish huquqiga ega. Bunda fuqaro xabarnomani olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ariza bilan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali soʻrovnoma toʻldirilgan holda murojaat qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroning murojaatini talab etmagan holda (proaktiv shaklda) pensiya tayinlashning imkoni boʻlmagan hollarda, pensiya fuqaroning murojaatiga asosan tayinlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 44-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 45-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“45-modda. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlarni va maʼlumotlarni koʻrib chiqish muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza va soʻrovnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiyani fuqaroning murojaatini talab etmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlash toʻgʻrisidagi masala fuqaro ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlgan kunning oʻzida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya tayinlangan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya tayinlangan kunning oʻzida pensionerga pensiyaning turi, miqdori va pensiya tayinlash muddati toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroning murojaatini talab etmagan holda (proaktiv shaklda) pensiya tayinlash rad etilganda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shu kunning oʻzida fuqaroga pensiya tayinlash rad etilganligi toʻgʻrisida rad etish sabablarini va shikoyat berish tartibini koʻrsatgan holda xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tegishli qaror chiqarilganidan keyin besh kundan kechiktirmay arizachiga pensiya tayinlash rad etilganligi toʻgʻrisida rad etish sabablarini va shikoyat berish tartibini koʻrsatgan holda xabarnoma beradi yoki joʻnatadi hamda bir vaqtning oʻzida barcha hujjatlarni qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi murojaat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali, soʻrovnoma toʻldirgan holda berilgan boʻlsa, pensiya tayinlash rad etilganligi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kunning oʻzida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi murojaat qilgan shaxsga pensiya tayinlash rad etilganligi haqida rad etish sabablarini va shikoyat berish tartibini koʻrsatgan holda xabar yuboradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 46-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Qonun 431-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, pensiya pensiya yoshiga yetgan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Ushbu Qonunning 431-moddasiga asosan tayinlangan pensiyani rad etgan fuqaro pensiya tayinlashni soʻrab takroran murojaat qilganda pensiya tayinlash muddati ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) 52-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) 531-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) 60-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“60-modda. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida yashovchi pensionerlarga pensiyalar toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida yashovchi yolgʻiz pensionerlarga pensiya va ularning taʼminoti uchun sarf-xarajat oʻrtasidagi farq toʻlanadi, lekin tayinlangan pensiyaning kamida 20 foizi toʻlanadi. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun ijtimoiy koʻllab-quvvatlash markazlarida yashovchi pensionerlarga pensiya toʻlanmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomidagi “va dafn etish uchun nafaqa toʻlash” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli pensioner vafot etganidan keyin oltmish kun ichida uni olish uchun murojaat etilgan taqdirda toʻlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) 64-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining “b” bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Qonunga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Pensiya jamgʻarmasini shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. Pensiyalarni toʻlash uchun Pensiya jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan transfertlar ajratilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1,5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076, 1079-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1280, 1285-moddalar; 2025-yil, № 1, 4, 6-moddalar) 8-moddasi birinchi qismining 18-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari — pensionerlardan ortiqcha (noqonuniy) toʻlangan pensiyalarning summalarini undirish bilan bogʻlik daʼvolar yuzasidan”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-642-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 595-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda, 10-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 8, 818-modda, № 9, 958, 968-moddalar, № 10, 1079-modda) 29-moddasining beshinchi qismiga kuyidagi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlaridan — qonunchilikda belgilangan pensiyalarni olmayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridan — qonunchilikda belgilangan nafaqalarni olmayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 19-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1066-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1066/0454-son)