06.02.2025 yildagi 436-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 06.02.2025 yildagi 436-V-son
Kuchga kirish sanasi
06.02.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining 2025-yil 27-yanvar — 1-fevral kunlari saylov okruglarida oʻtkazgan uchrashuvlari yakunlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentiga muvofiq joriy yilning 27-yanvar — 1-fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) deputatlari oʻz saylov okruglarida boʻlib, saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlarning saylov okruglaridagi uchrashuvlari mamlakatimiz Prezidentining yangi saylangan Oliy Majlis palatalaridagi dasturiy nutqlaridan kelib chiqib, yangicha yondashuvlar asosida tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Proporsional saylov tizimi boʻyicha saylangan deputatlarning joylardagi ishlari Yagona saylov okrugi boʻyicha siyosiy partiyalar roʻyxati asosida Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning hududlardagi faoliyatini tashkil etish Konsepsiyasidan kelib chiqib, yoʻlga qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari oʻz siyosiy partiyalarining siyosiy mafkurasi va elektorati manfaatidan kelib chiqib saylov okruglarida qator masalalarni oʻrganishga ustuvor ahamiyat qaratdilar. Xususan, OʻzLiDeP fraksiyasi tomonidan — tadbirkorlik, qishloq xoʻjaligidagi islohotlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari faoliyati, “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi tomonidan — turizm, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rivojlantirish, “Adolat” SDP fraksiyasi tomonidan — aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish., dorilar ustidan nazoratni kuchaytirish, XDP fraksiyasi tomonidan — nogironlarni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim sohasidagi hamda Ekopartiya fraksiyasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish va chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlar saylov okruglaridagi faoliyati davomida aholi xonadonlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha obyektlarida boʻldilar va “mahalla yettiligi”, fuqarolar, tadbirkorlar va yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot qildilar. Ushbu jarayonga mahalliy Kengashlar deputatlari ham jalb etildi. Deputatlar tomonidan jami 2 393 ta xonadonga tashrif buyurilib, 823 ta uchrashuv oʻtkazildi. Ularda 25,4 ming nafardan ziyod fuqaro qamrab olindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda fuqarolarning qabullari ham tashkil etilib, ularda 3 963 nafar fuqaro ishtirok etdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy partiyalar fraksiyalari aʼzolari tomonidan Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotgan qator dolzarb qonun loyihalari boʻyicha aholining fikrlari va takliflari olindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, “Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi (OʻzLiDeP), “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida”gi (“Milliy tiklanish” DP), “Aholi oʻrtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi (“Adolat” SDP), “Kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (XDP) hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (Ekologik partiya) kabi qonun loyihalari shular jumlasidandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlar tomonidan xalq deputatlari Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etishga koʻmaklashildi. Mahalliy Kengashlar deputatlari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazilib, kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov okruglaridagi uchrashuvlarda aholi mamlakatimiz Prezidenti tomonidan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni qoʻllab-quvvatladi va ular xalq farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishini eʼtirof etdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturi loyihasining keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilganini va aholi takliflari asosida takomiliga yetkazilganini ijobiy baholadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, deputatlar saylov okruglaridagi har bir muammoning yuzaga kelishi sabablarini sinchiklab oʻrganish mobaynida joylarda hali eʼtibor qaratilishi va yechilishi lozim boʻlgan ayrim masalalar ham mavjudligini aniqladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, bugungi kunda xorijiy davlatlarda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, shu jumladan ularga chet tillarini oʻrgatish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida ham baʼzi muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan, ayrim hududlarda chiqindi poligonlari oʻrganilinganida ularda tarozilar oʻrnatilmagani, kirish-chiqish qismiga dezinfeksiyalovchi toʻsiq (dizbaryer) qoʻyilmagani, rekultivatsiya ishlari amalga oshirilmagani, chiqindilarni yoqib yuborish holatlari natijasida atrof-muhitga zarar yetkazilayotgani aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchrashuvlarda aholi bandligini taʼminlash, maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish, fuqarolarni arzon va sifatli dori vositalari bilan taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish deputatlar eʼtiborida boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida siyosiy partiyalar fraksiyalari oʻz majlislarida saylov okruglarida oʻtkazilgan uchrashuvlar yakunlarini muhokama qilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni oʻzlarining dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda bartaraf etish choralarini koʻrishmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fratsiyalarining fikrlari va takliflarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. OʻzLiDeP fraksiyasining “hukumat soati” doirasida “Hududlarda maktabgacha taʼlim qamrovini oshirish, nodavlat, oilaviy va davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabagcha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi deputatlar savollariga Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining javobini eshitish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston “Adolat” SDP fraksiyasining Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziriga “Aholi va tibbiyot tashkilotlarining arzon hamda sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlanganlik darajasini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati toʻgʻrisida” parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston XDP fraksiyasining “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish va mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining axborotini Qonunchilik palatasida eshitish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziriga “Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashning samarali va zamonaviy tizimini yaratish hamda chiqindi poligonlarini yopish va rekultivatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” parlament soʻrovini yuborish boʻyicha taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari saylov okruglarida aholi tomonidan koʻtarilgan masalalarni atroflicha oʻrgansin hamda tegishli qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi oʻz majlisida xorijiy davlatlarda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, xususan, ularni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktorining axborotini eshitish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi oʻz majlisida Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi davlat muassasasi direktorining “Qattiq maishiy chiqindi poligonlarining sanitariya talablari va ekologik meʼyorlarga muvofiqligini taʼminlash hamda rekultivatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 6-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
436-V-son