03.02.2025 yildagi 416-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 03.02.2025 yildagi 416-V-son
Kuchga kirish sanasi
03.02.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”ni nashr etish va tarqatish bilan bogʻliq ishlarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi” Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardan biridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida davlat organlarida ularning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobi majburiy tartibda yuritilishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi” davlat organlari va boshqa tashkilotlarda qonuniylik va huquq ijodkorligi samaradorligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”ga obuna boʻlish, bunday xarajatlarni moliyalashtirish yuzasidan yagona yondashuv mavjud emasligi davlat organlarini va boshqa tashkilotlarni “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi” bilan taʼminlash imkonini bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni hisobga olib, davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”ning tizimli yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi” bepul tarqatiladigan davlat organlari va tashkilotlarning roʻyxati (bundan buyon matnda Roʻyxat deb yuritiladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining ushbu Qoʻshma qarorning ilovasidagi Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlariga va tashkilotlarga bepul tarqatiladigan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”ni nashr qilish boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xoʻjalik faoliyati boshqarmasining bosmaxonasi” davlat unitar korxonasi bilan shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”ni ushbu Qoʻshma qarorning ilovasidagi Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar uchun nashr qilish hamda yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”ni nashr qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga ajratib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Lingvistik ekspertiza, tarjima va tahririyat boʻlimi hamda Yuridik boshqarmasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi” bepul tarqatiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxatiga zarur boʻlganda oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari
S. Safoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 3-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
416-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA

KQ-58-V-son