Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 10.05.1990 yildagi PF-5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JUMHURIYAT AHOLISI ShAXSIY XO‘JALIGIDAGI MOLLAR VA PARRANDALARNI EM-XAShAK BILAN TA’MINLASh HAMDA ULARDA ChORVAChILIK MAHSULOTINI KO‘PAYTIRISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat programmasini ro‘yobga chiqarishda aholi shaxsiy xo‘jaliklari muhim o‘rin egallashini hisobga olib va chorvachilik mahsuloti yetishtirishni ko‘paytirish uchun ularni yem xashak bilan ta’minlash maqsadida quyidagilarni zarur deb hisoblayman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1990-yilning 1-iyulidan boshlab kolxoz va sovxozlarning tayyor planini bajarishda ular aholiga sotadigan xashak va shirali yem xashak hisobga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston SSJ Davlat kooperativ qishloq xo‘jaligi qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi va viloyat ijroiya qo‘mitalari, kolxozlar va sovxozlar aholining shaxsiy xo‘jaliklariga 1990-yilda har bir shartli bosh mol hisobiga 250 kilogramm xashak va 150 kilogramm shirali yem xashak, 1991-yilda 550 kilogramm xashak va 300 kilogramm shirali yem xashak sotishini ta’minlasinlar. Har yilgi planlarda aholiga yem-xashak sotish ana shu normalarga nisbatan ko‘paytirilishi ko‘zda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1990-yilda aholining shaxsiy xo‘jaliklariga sotish uchun davlat resurslaridan har bir shartli bosh molga o‘rta hisobda (har bir sigirga)_ kamida 150 kilogramm aralash yem, 30 kilogramm shulxa, 50 kilogramm kunjara va shrot; 1991-yilda 160 kilogramm omixta yem, 60 kilogramm shulxa hamda 50 kilogramm kunjara va shrot ajratilsin. Kelgusi yillarda ana shu normalarni keskin oshirish imkoniyati qidirib topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir posyolka, qishloq va ovul Soveti huzurida xalq deputatlari va faollardan iborat komissiyalar tashkil etilib, ularning zimmasiga davlat resurslaridan beriladigan yem-xashaklarni, shuningdek kolxozlar va sovxozlar aholining shaxsiy xo‘jaliklari uchun ajratadigan xashak va shirali yem-xashakni taqsimlash vazifasi yuklatilsin. Em-xashak kelishib olingan narxlarda sotilsin, ayrim xo‘jalik, rayon va umuman regionning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, shaxsiy xo‘jaliklar bilan shartnomalar tuzish rag‘batlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari hamda rayon va shahar ijroiya qo‘mitalari davlat resurslaridan aholiga ajratiladigan yem-xashak jamg‘armalarining egalari ekanligi belgilab qo‘yilsin, ular posyolka, qishloq va ovul Sovetlariga ana shu yem-xashakni sotish uchun taqsimlab, ayni vaqtda talonlar bilan ta’minlaydilar. Posyolka, qishloq va ovul Sovetlarining komissiyalari aholi shaxsiy xo‘jaliklariga davlat resurslaridan, O‘zbekbirlashuv bazalari va savdo tarmoqlari orqali kuchli yem-xashak, shuningdek shaxsiy xo‘jaliklarda ro‘yxatga olingan har bosh mol hisobidan kolxoz va sovxozlar ajratadigan xashak va shirali yem-xashak sotish uchun talonlar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston SSR Davlat kooperativ qishloq xo‘jalik qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi va viloyat ijroiya qo‘mitalarining shaxsiy xo‘jaliklariga boshqa regionlardan keltirilayotgan nasldor qoramollar, shuningdek respublika kolxoz va sovxozlarida yetishtirilayotgan nasldor va nasli yaxshilangan mollar hisobidan yosh buzoqlar va parrandalar sotishni ko‘paytirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1990-yil mobaynida har bir posyolka, qishloq va ovul Sovetida fuqarolarning shaxsiy xo‘jaliklaridagi mollarga zooveterinariya xizmati ko‘rsatadigan xo‘jalik hisobidagi punktlar tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston agrosanoat banki aholiga ular mol va parranda sotib olishlarida yordam ko‘rsatish uchun kolxoz va sovxozlarning talabnomalariga muvofiq kreditlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmonni ro‘yobga chiqarishga doir qaror qabul qilsin, unda kolxoz va sovxozlarni yem-xashakni ko‘paytirishga rag‘batlantirish va yem-xashak aholi xo‘jaliklarini ustun darajada ta’minlash, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirganlik uchun yem-xashak bilan natura tarzida haq to‘lashni keng joriy etish yuzasidan tadbirlar turkumi ko‘zda tutilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmonni bajarish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilsin va yarim yilda bir marta sistemali ravishda uning ro‘yobga chiqarilishi to‘g‘risida ma’lumot berilsin, tekshirish materiallari matbuotda yoritilsin va televideniye orqali eshittirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1990-yil 10-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5-son
(O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 25-27-son, 319-modda)