O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2024-yil 13-noyabrda Boku shahrida imzolangan Ozarbayjon Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida yashil energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Energetika vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida Ozarbayjon va Qozog‘iston tomonlariga tegishli bildirishnomalarni yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalarini amalga oshirish ustidan nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-mart,
PQ-101-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/101/0241-son)