11.03.2025 yildagi 160-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Qo‘shilgan qiymat soligi summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“14. Bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 133-moddasiga muvofiq tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi. Bunda eksport operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport operatsiyalari bo‘yicha soliq summasi o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjat va ma’lumotlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi tovarlar eksport qilinganligi hamda chet el hamkorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilinganda, eksportni tasdiqlash uchun komitent (ishonch bildiruvchi) tomonidan qo‘shimcha tarzda soliq to‘lovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko‘chirma nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yo‘nalishda tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilganda — ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda to‘ldirilgan yo‘lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yo‘nalishda tashish bo‘yicha yagona xalqaro tashish xujjatlari reyestri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi hamda soliq va bojxona organlari o‘rtasida axborot almashinuvi tizimida mavjud bo‘lmaganda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi talab etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun asos bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan tovarning kuzatuv hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta tushganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun amalga oshirilayotgan faoliyatning turiga qarab boshqa hujjatlar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiq amalga kiritilayotgan o‘zgartirishlardan kelib chiqib, axborot tizimlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev, Iqtisodiyot va moliya vazirligi xuzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 11-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2025-y., 09/25/160/0239-son)