Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.01.1998 yildagi 48-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TA’LIM XIZMATLARI KO‘RSATISh BOZORINI ShAKLLANTIRIShNI VA KADRLAR TAYYORLASh SOHASIDA MARKETINGNI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish yuzasidan ta’lim tizimining demokratik va bozor islohotlariga muvofiqligini ta’minlash, ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim davlat ta’lim grantlari bo‘yicha hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat buyurtmasi bo‘yicha oliy ma’lumotli va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash davlatga qarashli va nodavlat ta’lim muassasalariga har yili ajratiladigan davlat ta’lim grantlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi har yili navbatdagi yil uchun tasdiqlanadigan Davlat budjeti loyihasi bilan birgalikda oliy o‘quv yurtiga umumiy, shu jumladan, davlat grantlari hisobiga qabul qilishning ko‘rsatkichlari — kvotalarini belgilasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelgusi yilgi davlat ta’lim grantlari hisobiga o‘qitish xarajatlari Moliya vazirligi tomonidan respublika budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmanomalariga ko‘ra mutaxassislar tayyorlash ta’lim muassasalari tomonidan kontrakt asosida amalga oshiriladi. Korxonalar va tashkilotlarning grantlari ta’lim va ilmiy muassasalarga ham, bevosita fuqarolarga ham ajratilishi mumkin. Korxonalar grantlari bevosita fuqarolarga faqat ularning ta’lim va ilmiy muassasalarga kirish uchun tanlovdan o‘tish natijalariga ko‘ra ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim va ilmiy muassasalarning ta’lim jarayoni bilan bog‘liq, shu jumladan, o‘qituvchilar va ilmiy rahbarlar mehnatiga haq to‘lash, moddiy-texnik bazani mablag‘ bilan ta’minlash, rivojlantirish va uni mustahkamlash xarajatlari tarkibiga shartnoma shartlarida korxonalar, tashkilotlar va fuqarolardan olingan mablag‘lar ham kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda buyurtmanomalar va prognozlarni hisobga olgan holda 1-martga qadar oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-me’yoriy ko‘rsatkichlari talablaridan kelib chiqib abituriyentlarni qabul qilishning miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlasin va ularni Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi davlatning tegishli ixtisoslikdagi mutaxassislarga bo‘lgan talablari asosida, iqtisodiy tarmoqlar va sektorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning tanlangan ustuvorliklarini, uzluksiz ta’lim tizimini yuqori malakali pedagogik kadrlar bilan ta’minlashni hisobga olgan holda, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-me’yoriy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib har yili 1-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qish tamom bo‘lgandan so‘ng bakalavrlardan yanada maqsadli foydalanishni hisobga olgan holda bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga davlat ta’lim grantlari va kontraktlar bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalarning, boshqa tashkilotlar hamda korxonalarning ehtiyojlari va buyurtmanomalarini hisobga olgan holda magistraturaga davlat ta’lim grantlari va kontraktlar bo‘yicha abituriyentlar qabul qilishning miqdoriy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida takliflar taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilishga doir taqdim etilgan loyihalarni ko‘rib chiqib, oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilishning umumiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, ajratiladigan davlat ta’lim grantlari sonini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy o‘quv yurtlariga navbatdagi o‘quv yili uchun talabalar qabul qilishga doir materiallar har yili 1-mayga qadar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi Davlatga qarashli va nodavlat o‘quv yurtlari uchun ta’lim grantlari to‘g‘risidagi nizomni 1998-yil may oyiga qadar ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. Nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalar uchun respublika budjetidan davlat ta’lim grantlari ajratish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va tashkilotlar tomonidan ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalarga hamda fuqarolarga to‘lov-kontrakt asosida grantlar ajratish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatga qarashli va nodavlat ta’lim muassasalarining davlat ta’lim grantlarini olishlari uchun ular o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning majburiyatlari va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish shartlari bajarilishi uchun ularning javobgarliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor mexanizmi bilan davlat manfaatlariga rioya etishni oqilona qo‘shib olib borishni hisobga olgan holda davlat ta’lim grantlari asosida ta’lim olgan mutaxassislardan foydalanish tartibini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Mehnat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1998-yil 1-martga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalari marketing xizmatlari uchun ta’lim xizmatlariga talab prognozi bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirish ma’lumotlarining respublika axborot bazasini ishlab chiqsin va amalga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar o‘z vazirliklarida, shuningdek, har bir oliy ta’lim muassasasida mablag‘ bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobiga umumiy smeta doirasida marketing xizmatlari bo‘linmalari tuzilishini ta’minlasinlar, ularga korxonalar va tashkilotlarning hamda respublika fuqarolarining ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga bo‘lgan talablarini o‘rganish funksiyasini yuklasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tijorat banklariga yirik korxonalarning investitsiya loyihalari uchun kreditlar ajratishda biznes-rejalarda va texnik-iqtisodiy asoslashlarda tashkil etilayotgan ishlab chiqarishlar uchun mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash rejalari va ularni mablag‘ bilan ta’minlash manbalari mavjudligiga alohida e’tibor berish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mehnat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh mutaxassislar uchun ish joylarini taqdim etuvchi ish beruvchilarni, shuningdek, ishlab chiqarishdagi ishini o‘qish bilan birga olib boradigan shaxslarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z bazalarida kadrlarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlash uchun, shu jumladan, ta’lim olayotganlarni ishlab chiqarish amaliyotiga va stajirovkaga qabul qilish yo‘li bilan ishlab chiqarish va ilmiy potensiallardan samarali foydalanuvchi korxonalar va ilmiy tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni 1998-yilning 1-iyuniga qadar ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir O‘. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 28-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-son