Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 24-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 24-yanvarda maʼqullangan
Senat tomonidan 2025-yil 24-yanvarda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishga, tergov organlarining faoliyatini qonun ustuvorligini hamda qilmish uchun jazo muqarrarligini taʼminlash prinsipi asosida takomillashtirishga, respublikaning moliyaviy tizimi barqarorligini taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining zimmasiga budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining profilaktikasini taʼminlash, iqtisodiy jinoyatlarni oʻz vaqtida fosh etish, har tomonlama, toʻliq va xolisona tergov qilish sohasida qoʻshimcha vazifalar yuklatildi.
Bu, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining vazifalari va vakolatlarini amaldagi qonunlarda aks ettirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga va “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining jinoyat ishlari boʻyicha tergovni yuritish borasidagi vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati organlarining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining zimmasiga yuklatilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun qonuniylikni, qonunlar normalarining aniq va bir xil qoʻllanilishini taʼminlashga, shuningdek sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda, № 9, 964-modda, № 10, 1070, 1073, 1077, 1083-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 35-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni prokuratura, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki ishlar organlarining va davlat xavfsizlik xizmatining tergovchilari olib boradilar”;
2) 1873-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va hududiy moliya organlarining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 3203-moddaning ikkinchi qismidagi “yettinchi” degan soʻz “sakkizinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 344-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dastlabki tergovni prokuratura, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki ishlar organlari va davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi”;
5) 345-modda:
birinchi qismidagi “yettinchi” degan soʻz “sakkizinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyat kodeksining 97 — 1031, 108, 116, 132, 137, 141 — 149-moddalarida, 169-moddasi ikkinchi qismining “d” va “e” bandlarida hamda uchinchi qismining “g” bandida, 175-moddasida, 186-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 1921 — 19212, 1971, 205 — 215, 218 — 222, 2291, 2294, 2295, 230 — 2302, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 2321 — 236, 2411 — 242, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek qonunda koʻrsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi”;
beshinchi qismidagi “1861-moddasida, 1862-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 193 — 196-moddalarida, 1961-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1962-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 197-moddasida, 198 — 204, 216-moddalarida, 2161-moddasining ikkinchi qismida, 217-moddasida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 2282-moddasi uchinchi qismida, 2296, 243, 244, 2443-moddalarida” degan soʻzlar “193 — 196-moddalarida, 1961-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1962-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 197-moddasida, 198 – 204, 216-moddalarida, 2161-moddasining ikkinchi qismida, 217-moddasida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 2282-moddasi uchinchi qismida, 2296, 244, 2443-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jinoyat kodeksining 177-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 180 — 1811-moddalarida, 184-moddasi uchinchi qismida, 186-moddasi ikkinchi qismida, 1861-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi”;
oltinchi — oʻn birinchi qismlari tegishincha yettinchi — oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin;
yettinchi qismidagi “178, 1863, 188, 1881, 2441, 2442-moddalarida” degan soʻzlar “178-moddasida, 1862-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1863, 188, 1881, 243, 2441, 2442-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 3812-modda:
1-bandidagi “1862-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3-bandidagi “1852-moddasida” degan soʻzlar “1841, 1852-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi “167-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “1862-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tergovchilari ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha tergovni surishtiruv shaklida amalga oshirishi mumkin”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar) 2641-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2641-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi”;
birinchi qismdagi “Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati organlarining” degan soʻzlar “Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 803, 804-moddalar, № 10, 973-modda, № 12, 1198-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 577-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 9, 958-modda, № 10, 1080-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
1) 171-moddaning birinchi qismi “organlar” degan soʻzdan keyin “hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 177-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“177-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi:
budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikka, budjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi;
budjet tizimi budjetlarining xarajatlari ijrosi;
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan toʻlovlarni amalga oshirishning navbatliligi, muddatlariga rioya etilishi va toʻliqligi;
budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining maqsadli sarflanishi;
rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi;
Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valyutasidagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi;
pensiyalar va nafaqalar toʻgʻri tayinlanishi, hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
budjet subsidiyalari, ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishi;
insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi;
davlat xaridlari boʻyicha tender (tanlov) savdolarining toʻgʻri oʻtkazilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 8, 629-modda; 2024-yil, № 6, 530-modda) 13-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “tergovga qadar tekshiruvni va surishtiruvni” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-fevral,
OʻRQ-1038-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son)