Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 20.03.1998 yildagi 122-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Hujjat 20.03.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“SIFAT” OʻZBEKISTON PAXTA TOLASINI SERTIFIKATLASh MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-avgustda oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston paxtasining yuqori likvidli xomashyo tovarlari xalqaro bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, paxta tolasini joʻnatishdan oldin yuqori darajada sertifikatlashni taʼminlash va uning paxta birjalaridagi qiymat koʻrsatkichlarini koʻtarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “Oʻzdavstandart” markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Paxta loyihasini amalga oshirish agentligining mintaqaviy laboratoriyalar tarmoqlariga ega boʻlgan “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi (Oʻzbekiston “Sifat” markazi)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston “Sifat” markazi “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Paxta mahsulotini va kanop tolasini standartlash va sertifikatlash “Sifat” boshqarmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan Bitim asosida faoliyat koʻrsatuvchi “Paxta” tolasini sertifikatlash va marketing” kichik loyihasini joriy etish boʻlimi negizida tashkil qilinadi va ularning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Oʻzbekiston “Sifat” markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda ishlab chiqariladigan paxta tolasi sifatini jahon bozori talablariga muvofiq sertifikatlash va nazorat qilishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tozalash sanoati korxonalarini, xaridorlarni va boshqa manfaatdor tashkilotlarni paxta tolasining standart namunalari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasi turkumlarini joʻnatishga tayyorlash tizimini takomillashtirish va Oʻzbekiston paxta tolasining raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasi va momigʻini sertifikatlash va turkumlash boʻyicha mutaxassislar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston “Sifat” markazi toʻgʻrisidagi nizom va uning tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar Oʻzbekiston “Sifat” markazini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning paxta tolasini sertifikatlash va turkumlash boʻyicha faoliyatidan milliy hamda erkin muomaladagi valyutadan olinadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan Zayom toʻgʻrisidagi bitim doirasida Paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida” 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladigan ajratmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston “Sifat” markazi bilan birgalikda bir oy muddatda xalqaro tashkilotlarni markazning tashkil etilganligi toʻgʻrisida xabardor qilsin va uning tegishli ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlib kirishiga doir zarur tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan Zayom toʻgʻrisidagi bitim doirasida Paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida” 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq respublikada paxta tolasini sertifikatlash viloyat laboratoriyalarini qurish va jihozlash amalga oshirilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Sifat” markazi paxta tolasini albatta sertifikatlashni taʼminlash maqsadida markaz va uning mintaqaviy laboratoriyalarini paxta tolasini sertifikatlash organi sifatida belgilangan tartibda “Oʻzdavstandart” markazida akkreditatsiya qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston “Sifat” markazi, paxta loyihasi qatnashchisi sifatida, daromad va mulk soliqlaridan, bojxona poshlinalaridan va yigʻimlaridan roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtidan boshlab 5 yil muddatga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston “Sifat” markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan bosh direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz bosh direktori moddiy-maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Sifat” markazida bosh direktorning ikki nafar, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston “Sifat” markazini va uning mintaqaviy laboratoriyalarini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston “Sifat” markazi Toshkent shahar, Mannon Uygʻur koʻchasi, “Qizil Sharq” berk koʻchasi, 109-uyga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan Zayom toʻgʻrisidagi bitim doirasida Paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida” 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bandning birinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bandning ikkinchi xatboshidagi va 2-ilovadagi “Sifat” boshqarmasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston “Sifat” markaziga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 20-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122-son

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
20-martdagi 122-son qaroriga
1-ILOVA

“Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi, bundan keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston “Sifat” markazi deyiladi, Oʻzbekiston Respublikasida paxta tolasi sifatini sertifikatlash va nazorat qilish boʻyicha idoradan tashqari organ hisoblanadi, u oʻz faoliyatini xoʻjalik hisob-kitobi, oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash va oʻzini oʻzi boshqarish prinsiplari boʻyicha amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston “Sifat” markazi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, “Oʻzdavstandart” markazining mahsulotni sertifikatsiyalash va standartlash boʻyicha meʼyoriy hujjatlariga, shuningdek, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining Zayom toʻgʻrisidagi bitim doirasida Oʻzbekiston “Sifat” markazi vakolatiga taalluqli shartlari va qoidalariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston “Sifat” markazi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz nomi oʻzbek va ingliz tillarida yozilgan muhriga, tovar belgisiga, shtamplariga, firma blanklariga va boshqa belgilariga, alohida mol-mulkka, binoga, transport vositalariga, mustaqil balansga, davlat va tijorat banklarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Sifat” markazi oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga biriktirilgan, toʻlov undirilishi mumkin boʻlgan mol-mulki bilan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston “Sifat” markazi daromadlari uning paxta tolasi sifatini sertifikatlash, sinash, nazorat qilish, sertifikatlashga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish, marketing, kadrlar tayyorlash boʻyicha ishlarni shartnoma asosida bajarishga doir faoliyatidan hosil boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON “SIFAT” MARKAZINING MAQSADI, VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublikada paxtachilikning eng koʻp iqtisodiy samara berishini taʼminlash uchun paxta tolasining va paxtani qayta ishlashdan olinadigan boshqa shu kabi mahsulotlarning sifatini respublikada hamda jahon bozorida amalda boʻlgan standartlar va qoidalarga muvofiq puxta baholashni amalga oshirish, paxta tolasining xorijiy portlar va bazalar orqali oʻtishini jadallashtirish, paxta tolasining bir xil turkumini joʻnatishga tayyorlash tizimini takomillashtirish, Oʻzbekiston paxta tolasining raqobatbardoshligini oshirish uchun sharoitlar yaratish Oʻzbekiston “Sifat” markazining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Oʻzbekiston “Sifat” markazining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va respublika hududidagi va uning tashqarisidagi saqlash joylarida paxta tolasini belgilangan standartlar, usullar, qoidalar, kontraktlar, shartnomalarga hamda paxta tolasi sifatiga talablarni nazarda tutuvchi boshqa bitimlarga muvofiq sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki va jahon bozori talablariga muvofiq paxta tolasini sertifikatlash va sifatini nazorat qilish tizimini rivojlantirish va taʼminlash boʻyicha zarur amaliy hamda ilmiy faoliyatni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tozalash sanoati korxonalarini, paxta tolasi va momigʻi xaridorlarini va boshqa tashkilotlarni sertifikatlanayotgan mahsulotning standart namunalari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi bitimlarga muvofiq Paxta loyihasini amalga oshirishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta mahsulotini sertifikatlash, turkumlash va sinash usullari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston “Sifat” markazi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga koʻra quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasiga va uni qayta ishlashdan olinadigan boshqa mahsulotlarga Davlat standartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlash tartibini reglamentlovchi meʼyoriy-texnik, tashkiliy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va yangilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashga buyurtmanomalar qabul qiladi va paxta tolasi sifatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasi tashqi koʻrinishining standart namunalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasi sifatini aniqlash usullarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda ularni takomillashtirish boʻyicha tegishli ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta mahsulotlarini sertifikatlash, turkumlash va sinash usullari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash ishlarini amalga oshiradi, oʻqitish shakllari va usullarini takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada va uning tashqarisida paxta tolasi ishlab chiqaruvchilar, savdo tashkilotlari va paxta mahsulotlari isteʼmolchilari bilan paxta mahsulotlarini sertifikatlash sohasida hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON “SIFAT” MARKAZINING HUQUQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston “Sifat” markazi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasining respublikadagi ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar uchun majburiy boʻlgan milliy hamda xalqaro standartlarga muvofiqlik sertifikatini belgilangan tartibda berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy va xalqaro tashkilotlarda eksportga yetkazib berishlar, sifat masalalarini koʻrib chiqish chogʻida paxta tolasi sifatini baholashda respublika manfaatlarini ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatga haq toʻlash, uni tashkil etish va meʼyorlash shakllari va tizimlarini, ichki ish tartibi qoidalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank va tijorat kreditlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada va chet mamlakatlarda oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan, bitishuvlarni hamda boshqa yuridik hujjatlar va harakatlarni roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan binolarni qurish, sotib olish, begonalashtirish, ijaraga berish, yollash va yollashga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada va chet mamlakatlarda mustaqil ravishda yoki vatanimizdagi yoki xorijiy sheriklar bilan pay asosida filiallar, boʻlimlar, vakolatxonalar va shu kabilarni taʼsis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona va tashkilotlarga, ularning ishlab chiqarish binolariga, saqlash omborlariga kirish, sinash, sertifikatlash yoki sifatining standartlarga va boshqa meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat (inspeksiya) qilish uchun tegishli paxta mahsuloti namunalarini tanlab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona va tashkilotlardan xomashyo va paxta tolasi sifati masalalari boʻyicha axborotni belgilangan tartibda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta mahsulotini standartlash va sertifikatsiyalash masalalarini hal qilish uchun mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasi sifatini tekshirish natijalari boʻyicha hujjatlar tuzish va tegishli korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga amaldagi standartlarning buzilishining aniqlangan hollarini bartaraf etish yuzasidan takliflar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va chet ellarda “nou-xau” hamda paxta mahsulotini standartlash, sertifikatsiyalash sifatini nazorat qilish boʻyicha ilmiy yutuqlarni xarid qilish va belgilangan tartibda amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON “SIFAT” MARKAZINI BOShQARISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston “Sifat” markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan bosh direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor ikki nafar, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bosh direktor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Sifat” markazining barcha moliyaviy, ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda uning natijalari uchun toʻliq javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Sifat” markazi faoliyatining barcha masalalarini mustaqil ravishda hal qiladi, oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha buyruqlar va boshqa hujjatlar chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Sifat” markazi mol-mulki va mablagʻlarini tasarruf etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Sifat” markazi nomidan ham respublikada, ham chet ellarda barcha muassasa va tashkilotlarda vakillik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Sifat” markazi nomidan bitimlar, shartnomalar va boshqa bitishuvlar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchnomalar beradi, respublika banklarida Oʻzbekiston “Sifat” markazining hisob-kitob va boshqa schyotlarini ochadi va uning nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ham respublikadagi, ham chet ellardagi tashkilotlar va fuqarolarga Oʻzbekiston “Sifat” markazi nomidan eʼtiroz va daʼvo qoʻzgʻash haqida qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston “Sifat” markazi, tarkibiy boʻlinmalar va mintaqaviy laboratoriyalar xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish, markaz va uning mintaqaviy laboratoriyalari tuzilmasini oʻzgartirish haqida buyruqlar chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HISOB VA HISOBOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston “Sifat” markazi va uning mintaqaviy laboratoriyalarida buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari va hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Moliyaviy yil kalendar yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha hisoblanadi. Har yil tugagandan soʻng balans hisoboti tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston “Sifat” markazining yillik va choraklik balanslari statistika organlariga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston “Sifat” markazining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON “SIFAT” MARKAZINI TUGATISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston “Sifat” markazini tugatish yoki qayta tashkil etish (qoʻshilishi, qoʻshib yuborilishi, ajralib chiqishi, qayta tashkil etilishi) amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
20-martdagi 122-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

* Izoh: xodimlar soni xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni hisobga olmagan holda koʻrsatilgan.
Keyingi tahrirga qarang.