Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 11.04.1992 yildagi 185-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.04.1992 yildagi 185-son
Kuchga kirish sanasi
11.04.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RTA OSIYO IRRIGATSIYA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTINING ILMIY-ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, ittifoq tasarrufida bo‘lgan davlat korxonalarini, muassasalarini va tashkilotlarini O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o‘tkazish to‘g‘risida” 1991-yil 22-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat suv xo‘jaligi qurilishi qo‘mitasi bilan yaqin hamkorlikda qurg‘oqchil zonadagi sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan programmalashtirilgan kafolatli hosil olinishini ta’minlovchi yer ustidan mexanizatsiyalashtirilgan sug‘orish konstruksiyalarini, ularni qurish va ishlatish texnologiyalarini ishlab chiqish, tajriba uchastkalarida sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish sharoitlarida joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurg‘oqchil zonada meliorativ tizimlarni qurish va ishlatish uchun yangi texnika yaratish va uni ko‘plab ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
drenajlarni, tuproq orasidan va tomchilab sug‘orish tizimlari uchun Yangi konstruksiyalarni va buyumlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orol dengizi havzasi suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish hamda Orolbo‘yi muammolarini hal etishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi texnologik jarayonlarni yaratish va ularni qurilishiga keng joriy etish, gidromeliorativ tizimlarni qayta qurish va ishlatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasining Taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi, Moliya vazirligi belgilangan tartibda O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga suvni tejash, yerlar melioratsiyasi, Orolbo‘yi muammolari bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirishda qatnashish uchun zarur kapital mablag‘larni va ilm-fanga budjetdan mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasining Taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi, “O‘zshartnomasavdo” va O‘zbekiston Respublikasining boshqa ta’minot-sotish tashkilotlari, belgilangan tartibga muvofiq, 1992-yildan boshlab O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga hukumatlararo bitimlar va shartnomalarning ilovalariga kiritilgan birkitilgan nomenklatura bo‘yicha moddiy resurslar ajratishni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumatlararo bitimlar va shartnomalarning, ilovalariga kirmagan mahsulotlar bo‘yicha “O‘zshartnomasavdo”, O‘zbekiston Respublikasining boshqa ta’minot-sotish tashkilotlari O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga mahsulot yetkazib beruvchilar bilan xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish borasida ko‘maklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi vazirlik tizimiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar, zarurat bo‘lganda vazirlik to‘g‘risidagi Nizomga aniqliklar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 11-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
185-son