20.02.2025 yildagi O‘RQ-1032-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 15-oktabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2025-yil 24-yanvarda maʼqullangan

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun zarur boʻlgan energiyaning hosil qilinishi va sarflanishini barqarorlashtirishga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishni soddalashtirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq energiya resurslari isteʼmolchilari tomonidan toʻlov intizomi darajasining pastligi issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilarning moliyaviy koʻrsatkichlariga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilar tomonidan isteʼmolchilarga energiya resurslari barqaror yetkazib berilishini hamda sifatli xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash uchun yetkazib berilgan energiya uchun toʻlov boʻyicha qarzlarni oʻz vaqtida undirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida chet el tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilganlik uchun davlat boji toʻlanishi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga akkreditatsiyaning qaysi davri uchun davlat boji toʻlanishi aniqlashtirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga tegishincha issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish yuzasidan xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar, arizalar va shikoyatlar bilan fuqarolik ishlari boʻyicha va iqtisodiy sudlarga murojaat qilinganda issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilar davlat bojini toʻlashdan ozod etilishini, shuningdek ularning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda mazkur davlat bojini ushbu yetkazib beruvchilardan undirish imkoniyatini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek chet el tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilishda davlat bojini toʻlash har bir yil uchun amalga oshirilishini aniqlashtiruvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun isteʼmolchilar tomonidan qarzlarning oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlashga, aholining sifatli issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish boʻyicha xizmatlar bilan taʼminlanganlik darajasini oshirishga, shuningdek chet el tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilganlik uchun davlat boji toʻlash tartibini aniqlashtirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar, № 9, 958-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 47-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“47) issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilar — tegishincha issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish yuzasidan xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismidagi “33 — 36 va 371-bandlarida” degan soʻzlar “33 — 36, 371 va 47-bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 29-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“29) issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilar — tegishincha issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish yuzasidan xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismidagi “21 va 221-bandlarida” degan soʻzlar “21, 221 va 29-bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ilova 7-bandining “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

g) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan chet el tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish hamda uning amal qilish muddatlarini amal qilishning har bir yili uchun uzaytirish

 — BHMning 48 baravari

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 20-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1032-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1032/0163-son)