14.02.2025 yildagi PQ-61-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.11.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarning bandligini taʼminlash, oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “Oʻzmilliybank” AJning oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga koʻmaklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirish istagi boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari va oliygohni tamomlaganiga 3 yildan oshmagan bitiruvchilar uchun 1-ilovaga muvofiq Dasturda ishtirok etuvchi tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli banklar) tomonidan biznes gʻoyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida toʻliq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-328-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 07/25/328/1009-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari oʻrtasida sohalar boʻyicha ochiq tanlovlar oʻtkazish va gʻoliblarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish. Bunda:
(1-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-328-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 07/25/328/1009-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy maʼlumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qoʻyiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻoliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga koʻra individual kasbiy taʼlim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
individual kasbiy taʼlim dasturlarida ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot oʻtash va chet eldagi oliy taʼlim tashkilotlarida qisqa muddatli oʻquv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan hududlarda, shu jumladan autsorsing asosida tashkil etiladigan “Kelajakka qadam” markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha oliy taʼlim tashkilotlari Dastur ishtirokchilari hisoblanadi va talabalarni ishga joylashga koʻmaklashish boʻyicha Markazlar bilan hamkorlik kelishuvlarini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Dasturni amalga oshirish maqsadida vakolatli banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-328-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 07/25/328/1009-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida 10 yilga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davri bilan Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng foizda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida bitiruvchi bosqich talabalarining oʻquv jarayonida korxona (tashkilot)da amaliyot (keyingi oʻrinlarda — amaliyot) oʻtash xarajatlarini moliyalashtirish hamda eng yaxshi startap va innovatsion loyihalarga grant mablagʻlari taqdim etish uchun begʻaraz asosda mablagʻ ajratilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-328-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 07/25/328/1009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi resurslarning vakolatli banklar oʻrtasidagi taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlagan tadbirkorlik subyektlariga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 5 milliard soʻmgacha yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar (keyingi oʻrinlarda — imtiyozli kredit) ajratish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

(a) imtiyozli kredit tadbirkorlik subyektlariga har bir milliard soʻm qiymatgacha boʻlgan mablagʻ uchun kamida bir nafar bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) imtiyozli kredit ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarga asosiy vositalar sotib olish hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tadbirkorlik subyekti uning imtiyozli kredit olishiga sabab boʻlgan bitiruvchi(lar) oʻrtasida ikki yil davomida mehnat shartnomasi bekor boʻlgan taqdirda, kredit foizi mehnat shartnomasi bekor boʻlgan sanadan tijorat stavkasiga oʻzgartiriladi, bundan ushbu xodim(lar) oʻrniga bir oy muddatda boshqa bitiruvchi(lar)ni ishga qabul qilingan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Amaliyot oʻtash xarajatlarini moliyalashtirish hamda eng yaxshi startap va innovatsion loyihalarga grant mablagʻlari taqdim etishda shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) vakolatli banklar tomonidan tegishli miqdordagi mablagʻlarni oliy taʼlim tashkilotlariga oʻtkazish uchun oliy taʼlim tashkiloti, ish beruvchi va talaba oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnoma (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) asos boʻladi, individual kasbiy taʼlim dasturi shartnomaga ilova qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) shartnomada tomonlarning bitiruvchini ishga joylashtirish boʻyicha aniq majburiyatlari va mazkur majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik choralari belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) oliy taʼlim tashkiloti tomonidan talabaning amaliyoti muddatiga mos ravishda har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorigacha toʻlovlar amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) zaruratga koʻra, ish beruvchining buyurtmasiga muvofiq talabaning chet eldagi oliy taʼlim tashkiloti hamda korxonalarda qisqa muddatli kurslarga qatnashish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida toʻlovlar amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi vakolatli banklar bilan hamkorlikda bitiruvchilar oʻrtasida eng yaxshi startap va innovatsion loyihalar tanlovi tashkil etiladi hamda tanlov gʻoliblariga kamida ikki nafar bitiruvchini ishga olish majburiyati bilan bir milliard soʻmgacha grant mablagʻlari ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bir oy muddatda ilgʻor xorijiy tajriba asosida oliy taʼlim tashkilotlarining oʻquv dasturlariga biznes koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha tanlov fani kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini taʼminlashga hamda statistik maʼlumotlar yuritilishiga masʼul etib belgilansin.
(31 — 35-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-328-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 07/25/328/1009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2025-yil 15-noyabr kuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakolatli banklar bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlarga vakolatli banklarning masʼul xodimlari biriktirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Markazlarning hududiy boʻlinmalari oliy taʼlim tashkilotlarida joylashtirilishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-328-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 07/25/328/1009-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 14-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-61-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qaroriga
1-ILOVA

“Kelajakka qadam” dasturida ishtirok etuvchi tijorat banklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. “Oʻzmilliybank” AJ
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Asakabank” AJ
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. AT “Xalq banki”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Mikrokreditbank” ATB
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Agrobank” ATB
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Turonbank” ATB
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-328-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 07/25/328/1009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchi talabalari bandligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ajratiladigan resurslarning tijorat banklari oʻrtasidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAQSIMOTI

mln. AQSH doll. ekv.

T/r

Tijorat banki nomi

Ajratiladigan resurs

Bitiruvchilar bandligini taʼminlash**

(nafar)

Jami

shu jumladan:

kredit liniyasi

begʻaraz asosda*

1.

“Oʻzmilliybank” AJ

20

16

4

6 000

2.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

12

9,6

2,4

3 600

3.

“Asakabank” AJ

12

9,6

2,4

3 600

4.

AT “Xalq banki”

12

9,6

2,4

3 600

5.

“Mikrokreditbank” ATB

12

9,6

2,4

3 600

6.

“Agrobank” ATB

12

9,6

2,4

3 600

7.

“Turonbank” ATB

10

8

2

3 000

8.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

10

8

2

3 000

JAMI

100

80

20

30 000

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:

* talabalarning amaliyot oʻtash xarajatlarini moliyalashtirish, grant mablagʻlarini ajratish uchun yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** kredit mablagʻlari ajratish hamda mahallabay ishlash tizimi asosida tadbirkorlar bilan manzilli ishlash orqali taʼminlanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-328-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 07/25/328/1009-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/61/0151-son; 04.11.2025-y., 07/25/328/1009-son)