O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “VAZIRLIKLAR, DAVLAT QO‘MITALARI VA IDORALARINING UMUMIY-MAJBURIY TUSDAGI NORMATIV HUJJATLARINING HUQUQIY EKSPERTIZASI VA ULARNI DAVLAT RO‘YXATIGA OLISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA” 1993 YIL 17 IYuNDAGI 294-SON QARORIGA QO‘ShIMcha KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-sonli “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi uchun yig‘im to‘lanishi budjetdan qo‘shimcha mablag‘ ajratilishiga olib kelishini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qarori quyidagi tahrirdagi 3-band bilan to‘ldirilsin.
“3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan vazirliklari, idoralari va davlat qo‘mitalari umumiy-majburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganligi uchun yig‘im to‘lashdan ozod qilinadilar”.
Qarorning ilgarigi 3-bandi 4-band deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 15-iyun,
300-son