11.02.2025 yildagi O‘RQ-1026-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikromoliyalashtirish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 18-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 24-yanvarda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda mikromoliyalashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga nisbatan belgilangan ayrim cheklovlar, shu jumladan qoʻshimcha moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyati cheklanganligi ushbu tashkilotlar tomonidan keng doiradagi isteʼmolchilarga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatilishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek yetarli salohiyatga ega boʻlgan mikromoliya tashkilotlarining tijorat banklari darajasiga bosqichma-bosqich “oʻsishi” uchun imkoniyatlar mavjud emasligi ushbu sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlarining qayta koʻrib chiqilishini talab etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan mikromoliya tashkilotlari va tijorat banklari oʻrtasida ularni bogʻlovchi “zanjir”ni shakllantirish, shuningdek mikromoliya tashkilotlari uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslarni, shu jumladan depozitlar jalb etish imkoniyatini yaratish maqsadida, mazkur Qonun bilan bank xizmatlarini ruxsat etilgan shartlar asosida koʻrsatishga vakolatli boʻlgan mikromoliya banki institutini joriy etish, shuningdek mikromoliya tashkilotlarini mikromoliya banklariga va mikromoliya banklarini tijorat banklariga hamda aksincha transformatsiya qilish uchun huquqiy asos yaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun hududlarda bank xizmatlaridan, shu jumladan mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish koʻlamlarini kengaytirishga, shuningdek aholi keng qatlamlarining tadbirkorlik tashabbusini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrda qabul qilingan OʻRQ-582-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 790-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 3, 217-modda, № 4, 340-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 9, 965-modda) 60-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bankning moliyaviy operatsiyalari boʻyicha foizlarni hisoblashga va ularni bankning daromadlari va (yoki) xarajatlari hisobvaraqlariga kiritishga doir talablarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit tashkilotlari faoliyatini oʻzgartirishning oʻziga xos xususiyatlarini”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigirma birinchi xatboshi yigirma uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrda qabul qilingan OʻRQ-580-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 788-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 4, 267-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 105, 111-moddalar, № 9, 965-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — muassis (muassislar) tomonidan bank tashkil etish boʻyicha uning (ularning) manfaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ifodalash uchun vakil qilingan shaxs yoki ushbu Qonunga muvofiq oʻz faoliyatini oʻzgartirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat etgan bank yoxud mikromoliya tashkiloti”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikromoliya banki — ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarni inobatga olgan holda oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi bank. Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Qonunning banklarga nisbatan belgilangan qoidalari mikromoliya banklariga nisbatan ham tatbiq etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi — oʻn beshinchi xatboshilari tegishincha toʻqqizinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5-modda. Banklarning moliyaviy operatsiyalari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha pul mablagʻlarini va boshqa mol-mulkni ishonchli boshqarish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan elektron axborot almashish orqali koʻrsatish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mikromoliya banklari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan cheklovlardan tashqari quyidagilarni inobatga olgan holda oʻz faoliyatini amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir jismoniy shaxsdan omonatga jalb qilingan pul mablagʻlari miqdori banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan kafolatlangan omonat miqdoridan oshmasligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdori besh milliard soʻmdan oshmasligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromad olishga yoʻnaltirilgan faoliyati uchun berilgan kreditlarning kredit portfelidagi ulushi yetmish foizidan kam boʻlmasligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el banklarida vakillik hisobvaraqlari va boshqa hisobvaraqlar ochish, chet el fuqarolarining va yuridik shaxslarining majburiyatlari boʻyicha kafolatlar berish hamda mijozlarning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha xizmatlar koʻrsatish taqiqlanganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz qimmatli qogʻozlariga investitsiyalar banklarning likvidliligini boshqarishga doir talablar doirasida faqat Markaziy bank tomonidan belgilangan yuqori likvidli qarz qimmatli qogʻozlariga qilinishini”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — sakkizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismidagi “uchinchi” degan soʻz “toʻrtinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini sotib olish yigʻindisi bankning birinchi darajali regulyativ kapitalining ellik foizidan oshmasligi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi qismidagi “toʻrtinchi va beshinchi” degan soʻzlar “beshinchi va oltinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bank” atamasidan yoki mazkur atama qoʻshib yasalgan soʻz birikmalaridan faqat Banklarning davlat reyestriga kiritilgan yuridik shaxslar tomonidan firma nomida yoxud tovar belgisida (xizmat koʻrsatish belgisida) yoki Internet jahon axborot tarmogʻining “UZ” domen zonasida foydalaniladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi “bank” degan soʻzdan keyin “yoki “mikromoliya banki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Bankning, bundan mikromoliya banki mustasno, ustav kapitalining eng kam miqdori”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Mikromoliya banki ustav kapitalining eng kam miqdori ellik milliard soʻmni tashkil etishi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — oltinchi qismlari tegishincha uchinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkil etilayotgan bankning ustav kapitaliga kiritilgan mablagʻlar bankda ochilgan jamgʻarma hisobvaragʻiga oʻtkaziladi, bundan bankni qayta tashkil etish yoki mikromoliya tashkiloti faoliyatini oʻzgartirish orqali tashkil etish hollari mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mikromoliya tashkiloti faoliyatini oʻzgartirish orqali tashkil etilayotgan mikromoliya bankining ustav kapitalini toʻldirish uchun mablagʻlar mikromoliya tashkilotining hisobvaragʻiga kiritiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bank taʼsis etish yoki qayta tashkil etish yoxud mikromoliya tashkiloti faoliyatini oʻzgartirish orqali tashkil etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi bank tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi, bundan bankni mikromoliya tashkiloti faoliyatini oʻzgartirish orqali tashkil etish mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank ikki va undan ortiq shaxslar tomonidan tashkil etilganda taʼsis shartnomasini”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bankni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshisi “muassislar” degan soʻzdan keyin “(aksiyadorlar)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan har bir bevosita va bilvosita muassis (egalik qiluvchi), shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshisi “muassislar” degan soʻzdan keyin “(egalik qiluvchilar)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshisi “muassis” degan soʻzdan keyin “(aksiyador)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bankning ustav kapitalini shakllantirish (toʻldirish) uchun kiritiladigan mablagʻlarning manbalari toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ilgari baholashdan oʻtgan va ushbu Qonunning 24-moddasi talablariga javob bergan muassislar, bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchilar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar endilikda ushbu modda talablariga muvofiq boʻlmaganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“17-modda. Chet ellik muassislarga (aksiyadorlarga) nisbatan ular tomonidan bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etish chogʻida qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismi “muassislari” degan soʻzdan keyin “(aksiyadorlari)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisi “chet el banki boʻlgan muassisning” degan soʻzlardan keyin “(aksiyadorning)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Markaziy bank mazkur holatlarni bankning ustav kapitalidagi ushbu Qonun 22-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan miqdordagi ulushni olishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish chogʻida ham inobatga oladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Qonunning 16-moddasida va ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar muassis (aksiyador) boʻlgan bank roʻyxatga olingan yerda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi yoki boshqa konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanadi, bundan ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining uchinchi, beshinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi, oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 19-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “muassislarning” degan soʻz “bevosita va bilvosita muassislarning (egalik qiluvchilarning)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 20-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “muassislarning roʻyxati” degan soʻzlar “muassislarning (aksiyadorlarning) roʻyxati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 21-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi “ushbu Qonunning 24-moddasi talablariga javob bergan muassislarning” degan soʻzlardan keyin “bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 24-moddaning sakkizinchi qismi “muassislarni” degan soʻzdan keyin “bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarni, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Banklar Markaziy bankning ruxsatnomasi bilan quyidagi hollarda chet elda shuʼba banklar ochishi va filiallar tashkil etishi, chet el banklarining kapitalida ishtirok etishi, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etishi mumkin, bundan mikromoliya banklari mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mikromoliya banklariga chet elda banklar, vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish, chet el banklarining kapitalida, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etish taqiqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Banklar va bank guruhlari uchun prudensial normativlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi, bundan mikromoliya banklari mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilari tegishincha oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mikromoliya banklari uchun prudensial normativlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapitalning monandligi koeffitsiyentlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdorini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
likvidlilik koeffitsiyentlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikromoliya bankining aloqador shaxslari uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumqabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq Markaziy bank tomonidan belgilanadigan boshqa prudensial normativlarni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikromoliya bankining ustav kapitali miqdori ushbu Qonun 13-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan bank ustav kapitalining miqdoriga muvofiq boʻlgan hollarda, mazkur mikromoliya banki ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan prudensial normativlarga rioya etishi shart. Bunda bir qarz oluvchiga yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdori ushbu Qonun 7-moddasi uchinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilangan miqdordan oshmasligi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) 63-moddaning uchinchi qismidagi “uchinchi” degan soʻz “toʻrtinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) quyidagi mazmundagi 101-bob bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101-bob. Kredit tashkilotlarining faoliyatini oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
751-modda. Kredit tashkilotlari faoliyatini oʻzgartirishning oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi kredit tashkilotlari oʻz faoliyatini oʻzgartirishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikromoliya tashkiloti — mikromoliya banki faoliyatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikromoliya banki — bank faoliyatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank — mikromoliya banki faoliyatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikromoliya banki — mikromoliya tashkiloti faoliyatiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kredit tashkilotlari faoliyatini oʻzgartirishning oʻziga xos xususiyatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
752-modda. Mikromoliya tashkiloti faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish orqali mikromoliya bankini tashkil etish ushbu Qonunda belgilangan bank faoliyatiga ruxsat berish shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikromoliya tashkiloti oʻz faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish uchun aksiyadorlik jamiyati tashkiliy-huquqiy shakliga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikromoliya bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi mikromoliya bankini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorning (aksiyadorlarning) mikromoliya tashkiloti faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish orqali mikromoliya bankini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining uchinchi, beshinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikromoliya bankining ustav kapitalida chet el banki ishtirok etgan taqdirda ushbu Qonun 17-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikromoliya bankini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya olish uchun ariza beruvchi mikromoliya bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olganidan keyin olti oydan kechiktirmay Markaziy bankka ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida va ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarning elektron shakldagi koʻchirma nusxalarini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank tomonidan mikromoliya bankini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida mazkur qarorni ilova qilgan holda, Markaziy bank mikromoliya tashkiloti faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirilayotganligi munosabati bilan mikromoliya tashkilotini Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga iltimosnoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazi mikromoliya bankini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida mikromoliya tashkiloti toʻgʻrisidagi yozuvni Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestridan chiqaradi va bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Markaziy bankni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank davlat xizmatlari markazi tomonidan mikromoliya tashkiloti toʻgʻrisidagi yozuv Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestridan chiqarilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikromoliya tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikromoliya bankini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga mikromoliya tashkiloti faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirilganligi bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchiga litsenziya beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berilganligi uchun qonunda belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromad olishga yoʻnaltirilgan faoliyati uchun berilgan kreditlarning kredit portfelidagi ulushi yetmish foizdan kam boʻlgan mikromoliya tashkiloti faoliyatini oʻzgartirish orqali tashkil etilgan mikromoliya banki mazkur kreditlarining ulushini oʻz faoliyatini oʻzgartirgan kundan eʼtiboran ikki yil ichida yetmish foizga yetkazishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
753-modda. Mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga oʻzgartirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga oʻzgartirishga doir Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga oʻzgartirishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan faoliyatni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorning (aksiyadorlarning) mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning ustavi loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining beshinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank ustav kapitalida chet el banki ishtirok etgan taqdirda ushbu Qonun 17-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga oʻzgartirishga doir dastlabki ruxsatnoma olingandan keyin olti oydan kechiktirmay, Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning ustavini ikki nusxada;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining bank binolari, ularning muhofaza qilinishi taʼminlanganligi, uskunalar, ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan jihozlanganligi va dasturiy taʼminotining Markaziy bank talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasini, bankning joylashgan yeri oʻzgargan yoki uning binosi rekonstruksiya qilingan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlarning elektron shakldagi nusxalarini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani koʻrib chiqish va ariza beruvchini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor etish bankni tashkil qilishga doir dastlabki ruxsatnomani olish, bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda ushbu Qonunning 19 va 21-moddalarida nazarda tutilgan hollardan tashqari mikromoliya banki tomonidan oxirgi olti oy davomida prudensial normativlarga rioya etilmaganligi mikromoliya banki faoliyatini bank faoliyatiga oʻzgartirishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni yoki berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirishni rad etish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank Banklarning davlat reyestriga mikromoliya banki faoliyati bank faoliyatiga oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi tegishli yozuvni kiritadi, shuningdek berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
754-modda. Bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish bankka berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorning (aksiyadorlarning) bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikromoliya bankining ustavini ikki nusxada;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar roʻyxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikromoliya bankining kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlari toʻgʻrisidagi ularning ushbu Qonunning 36-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini baholashdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikromoliya banki joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining bank binolari, ularning muhofaza qilinishi taʼminlanganligi, uskunalar, ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan jihozlanganligi va dasturiy taʼminotining Markaziy bank talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasini — bankning joylashgan yeri oʻzgargan yoki uning binosi rekonstruksiya qilingan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikromoliya bankining ustav kapitalida chet el banki ishtirok etgan taqdirda ushbu Qonun 17-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qismning ikkinchi — yettinchi xatboshilarida sanab oʻtilgan hujjatlarning elektron shakldagi koʻchirma nusxalarini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani koʻrib chiqish va ariza beruvchini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor etish bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda ushbu Qonunning 21-moddasida nazarda tutilgan hollardan tashqari bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tomonidan oxirgi olti oy davomida prudensial normativlarga rioya etilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning toʻlovga qobiliyatsizligi yoki toʻlovga qobiliyatsiz boʻlib qolish ehtimolining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank Banklarning davlat reyestriga bank faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi tegishli yozuvni kiritadi, shuningdek berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirgan bank mikromoliya banki uchun cheklangan moliyaviy operatsiyalarni faoliyati oʻzgarguniga qadar tuzilgan shartnomalarni bajarish maqsadida, mazkur shartnomalarning amal qilish muddati tugaguniga qadar, biroq faoliyati oʻzgargan sanadan eʼtiboran ikki yildan oshmagan muddat davomida amalga oshirishga haqli. Bunda mazkur shartnomalarda majburiyatning dastlabki belgilangan summasini va shartnomaning amal qilish muddatini oʻzgartirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
755-modda. Mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirishga omonatlar (depozitlar) toʻliq qaytarilgandan va (yoki) omonatlarga (depozitlarga) kiritilgan pul mablagʻlarini qaytarish boʻyicha majburiyatlar boshqa bankka oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish uchun ariza beruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida Markaziy bankka “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 20-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq nobank kredit tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank tomonidan mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank litsenziyani chaqirib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikromoliya banki mikromoliya bankining faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirishga rozilik berish toʻgʻrisidagi Markaziy bankning qarori asosida qayta roʻyxatdan oʻtish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlarni davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazi mikromoliya tashkiloti qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga mikromoliya tashkiloti qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga oʻzgartirishlar kiritilgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida mikromoliya banki toʻgʻrisidagi yozuvni Banklarning davlat reyestridan chiqaradi va mikromoliya tashkilotini hisob roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikromoliya banki faoliyatini oʻzgartirish orqali tashkil etilgan mikromoliya tashkiloti hisob roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran ikki yil ichida oʻz faoliyatini mikromoliya tashkilotlari faoliyati uchun belgilangan talablarga muvofiqlashtirishi shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) 77-moddaning birinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Markaziy bank tomonidan mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirishga rozilik berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi xatboshisi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar, № 9, 958-modda) ilovasi 20-bandining “a” kichik bandidagi “bank ustav kapitali” degan soʻzlar “tashkil etilayotgan bank ustav kapitali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar) 1-ilovasining 13-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

13.

Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya

Bank faoliyati;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

mikromoliya banki faoliyati.

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-aprelda qabul qilingan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-765-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 4, 340-modda; 2024-yil, № 2, 114-modda, № 9, 965-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida ilgari tashkil etilgan yoki tashkil etilayotgan banklarning yoxud nobank kredit tashkilotlarining firma nomlari bilan chalkashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan firma nomlaridan foydalanish taqiqlanadi, bundan nobank kredit tashkilotlarining ularni tashkil etgan banklarning yoki aksiyadorlarning ular tashkil etgan banklarning firma nomlaridan foydalanishi, shuningdek oʻz faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirgan mikromoliya tashkilotlari foydalanishi mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 24-moddaning birinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mikromoliya tashkiloti faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirilganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Nobank kredit tashkiloti faoliyatini oʻzgartirishning, uni qayta tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari va nobank kredit tashkilotini tugatish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mikromoliya tashkiloti oʻz faoliyatini “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 11-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1026-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 03/25/1026/0131-son)