10.02.2025 yildagi PF-20-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim omillarni bartaraf etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoqilg‘i-energetika resurslarini behuda sarflash hamda ulardan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatsiz yoqilg‘i mahsulotlari realizatsiyasiga chek qo‘yish borasida davlat nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini soddalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 10-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-20-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-fevraldagi PF-20-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-77-son Farmonining 5-bandi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — O‘zenergoinspeksiya) tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, yetkazib berish (taqsimlash, sotish) va iste’mol qilish faoliyati bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari doirasida sutkaning istalgan vaqtida o‘tkaziladigan tekshiruvlar tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi. Bunda ushbu tekshiruvlarga mas’ul bo‘lgan xodimlar tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobini tekshiruv yakuniga yetishi bilan to‘ldirishi shart”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184-son Farmoniga 2-ilovaning 12-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

12.

Quyidagi masalalar bo‘yicha tezkor nazorat tadbirlarini o‘tkazish:

yoqilg‘i-energiya resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, yetkazib berish (taqsimlash, sotish) va iste’mol qilish faoliyati bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ushbu sohadagi talablarga rioya etish;

yoqilg‘i-energiya resurslarini behuda sarflash, ulardan noqonuniy va samarasiz foydalanish hamda iste’molchilarga realizatsiya qilinayotgan yoqilg‘i-energiya resurslari sifatini (neft va gaz mahsulotlaridan namunalar olish, laboratoriyada tahlil qilish, miqdorini o‘lchash va tarqatish) nazorat qilish.

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-fevraldagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-54-son qarorining 3-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zenergoinspeksiya tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslarini behuda sarflash, ulardan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini aniqlash borasida davlat nazoratini amalga oshirish hamda iste’molchilarga realizatsiya qilinayotgan yoqilg‘i-energiya resurslari sifatini nazorat qilish (neft va gaz mahsulotlaridan namunalar olish, laboratoriyada tahlil qilish, miqdorini o‘lchash va tarqatish) bilan bog‘liq o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari doirasida sutkaning istalgan vaqtida o‘tkaziladigan tekshiruvlar tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi. Bunda ushbu tekshiruvlarga mas’ul bo‘lgan xodimlar tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobini tekshiruv yakuniga yetishi bilan to‘ldirishi shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2025-y., 06/25/20/0122-son)