Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017 08.06.1994 yildagi 288-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017
Hujjat 08.06.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

RESPUBLIKA “MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT” JAMOATChILIK MARKAZINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-sentabrdagi 731-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3160-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 23-apreldagi Farmonining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi keng omma bilan hamkorlikda ishlovchi, davlat budjetidan mablagʻlar bilan taʼminlanish bilan bir qatorda xoʻjalik hisobida ham ish yurituvchi ijtimoiy tashkilotdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazining tuzilishi 1-ilovaga va Markaz Kengashining tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlarini moliyaviy taʼminlash va ular tomonidan barcha xildagi tarbiyaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish xarajatlari tegishlicha mahalliy budjetlar va xoʻjalik faoliyatidan tushgan daromadlar hisobidan qoplanishi qayd qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi devoni va uning quyi boʻlimlarining tuzilishi va shtatlari jadvali (texnik xodimlar bundan mustasno) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan rahbar boshchilik qilishi belgilab qoʻyilsin. Markaz rahbariga Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ikkita, jumladan bitta jamoatchilik asosida ishlaydigan oʻrinbosarlarga ega boʻlishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining xodimlari moddiy-maishiy, tibbiy taʼminot jihatidan respublika vazirliklarining tegishli toifadagi xodimlariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markazning asosiy vazifasi va faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iboratligi eʼtiborga olinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
–– sotsiologik tadqiqotlar, soʻrovlar oʻtkazish orqali oʻzbek xalqining boy maʼnaviy-madaniy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilgʻor gʻoyalarni yuzaga chiqarish hamda hayotga tatbiq etish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— jamiyatdagi sogʻlom kuchlar — yuksak isteʼdod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— millatlararo doʻstlik, hamjihatlikning ahamiyatini, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlashni, mintaqamizda yashayotgan millatlarning madaniy, maʼrifiy, maʼnaviy taraqqiyot tomirlari mushtarakligini targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— madaniy-maʼrifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy taraqqiyot yoʻnalishlari bilan bogʻliq omillarni, milliy davlatchilik qadriyatlarini oʻrganish va targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— jahon, umumbashariy boyliklarga ega boʻlish maqsadida mamlakatdagi va dunyodagi xilma-xil mafkura, eʼtiqod, gʻoyalarni oʻrganish, sogʻlom dunyo qarashni hamda siyosiy madaniyatni shakllantirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— jamoat birlashmalari, ilmiy-maʼrifiy, ijodiy muassasa va tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining oʻzaro samarali hamkorligiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— maʼnaviy-maʼrifiy masalalarga doir maʼruzalar, anjumanlar, suhbatlar oʻtkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston ziyolilari ilmiy-maʼrifiy uyushmasi II navbatdan tashqari qurultoyining mazkur uyushmani tugatilgan deb hisoblash, uyushma hamda uning tarkibidagi tashkilotlar, korxonalar va muassasalar ixtiyoridagi pul mablagʻlari, koʻchmas mulklarni Markaz ixtiyoriga berish va Markazni uyushma mol-mulkining qonuniy vorisi deb eʼlon qilish haqidagi qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Moliya vazirligi (B. Hamidov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yilning iyun oyidan boshlab Markazni hamda “Tafakkur” jurnali tahririyatini ularning asosiy faoliyati uchun zarur boʻlgan mablagʻ bilan taʼminlasin va har yili budjetni shakllantirishda tegishli mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz joylashgan Otaturk koʻchasidagi 24-binoni taʼmirlash xarajatlarini taqdim qilingan haqiqiy hisob-kitoblar asosida qoplasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga va uning jurnali tahririyatiga xizmat koʻrsatish uchun 3 ta yengil avtomobil saqlashga limit ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moddiy-texnika taʼminot masalalarini zudlik bilan hal qilish hamda Markaz va uning joylardagi boʻlinmalarining normal faoliyati uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz huzurida oʻzbek xalqi madaniy merosi namunalarini toʻplash, ilmiy tahlil qilish va ommalashtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik hisobida ishlovchi video-fotostudiya tuzilsin. Toʻplangan video-audio, foto materiallar asosida madaniy meros fondi tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fan va texnika davlat qoʻmitasi 1995-yildan boshlab “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining sotsiologik tadqiqotlar tematikasini tanlov orqali mablagʻ bilan taʼminlanuvchi ishlar roʻyxatiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Fanlar akademiyasi oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarining va olimlarning Markaz oʻtkazadigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda keng ishtirok etishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddat ichida markazning joylardagi boʻlimlariga belgilangan tartibda amaldagi normalarga muvofiq xizmat xonalari, mebel, jihozlar ajratsinlar, telefonlar oʻrnatib bersinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi (A.Fozilbekov) Toshkent shahri, Otaturk koʻchasidagi 24-binoni bir haftalik muddatda Markazga toʻla boʻshatib berib, shuningdek, uni ikki oy muddat ichida taʼmirlashni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq” konserni Markazning bir yilda toʻrt marta chiqadigan “Tafakkur” jurnalini oʻz vaqtida chop etish va noshirlik faoliyatini yuritish bilan bogʻliq barcha ishlarni bajarsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat ishlari vazirligi Markaz huzurida shahar kutubxonasining boʻlimini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat matbuot qoʻmitasi Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazini nashr nusxalari majburiy yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin. Har yili Markaz xodimlari tayyorlagan ilmiy-tadqiqot ishlari, tavsiyanomalarni nashr etishni nashriyotlarning rejasiga kiritish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi belgilangan koʻrsatuvlar va eshittirishlar soatlari doirasida Markaz uchun alohida efir vaqti ajratishni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi ajratilgan limitga muvofiq markazga avtotransport xizmati koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa vazirligi belgilangan tartibda Markaz va “Tafakkur” jurnali uchun xizmat telefonlari, shu jumladan hukumat ATSidan telefon va boshqa aloqa vositalari oʻrnatib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 8-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
288-son

Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
8-iyundagi 288 - son qaroriga
1 - ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi tizimining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILIShI

Markaz Kengashi va boshqaruvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz huzuridagi tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tafakkur” jurnali tahririyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik hisobida ish yurituvchi tashkilotchilar guruhi
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
8-iyundagi 288-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi devoni va uning quyi boʻlimlarining tuzilishi va shtatlari jadvali
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Markaz boshqaruvi‎

1. Kengash raisi — markaz rahbari‎ 1‎
2. Markaz rahbarining oʻrinbosari‎ 1‎
3. Masʼul tashkilotchi‎ 1‎
4. Boʻlim boshliqlari‎ 4‎
5. Mutaxassislar‎ 8‎
6. Jurnal tahririyati‎ 6‎
Jami:‎ 21‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi‎‎‎

1. Boʻlim boshligʻi‎ 1‎
2. Masʼul tashkilotchi‎ 1‎
3. Mutaxassislar‎ 2‎
Jami:‎ 4‎

Viloyatlardagi boʻlimlar‎

1. Boʻlim boshliqlari‎ 1‎
2. Masʼul tashkilotchi‎ 1‎
3. Mutaxassislar‎ 2‎
Jami:‎ 48‎

Toshkent shahri boʻlimi‎

1. Boʻlim boshligʻi‎ 1‎
2. Masʼul tashkilotchi‎ 1‎
3. Mutaxassislar‎ 2‎
Jami:‎ 4‎
Keyingi tahrirga qarang.