27.01.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3168-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 27.01.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3168-2
Kuchga kirish sanasi
30.01.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etish va identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 19-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 27-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3168-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 739-son “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablag‘lardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 2-maydagi 71-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3168, 2019-yil 19-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2019-y., 10/19/3168/3304-son) bilan tasdiqlangan Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etish va identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 19-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 23-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 10/25/3168-2/0086-son)