20.01.2025 yildagi KQ-37-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 20.01.2025 yildagi KQ-37-V-son
Kuchga kirish sanasi
20.01.2025
Hujjat 20.01.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli Qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan 2025-yilda mahallalarda aholi bandligini taʼminlash va daromadli qilish boʻyicha belgilangan vazifalarning bajarilishi ustidan parlament nazorati samaradorligini oshirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-6-V-sonli Qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutadigan qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan har oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tahliliy maʼlumot kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha banklar oldidagi ustuvor vazifalarning bajarilishi yuzasidan tegishli tijorat banklari rahbarlarining axborotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari majlislarida eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi sohasida hamda qurilish va investitsiya loyihalarida aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining qoʻshma majlislarida eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot va hisobotlarni Oliy Majlis Senati qoʻmitalarining majlislarida eshitish muddatlari hamda axborot beruvchilar roʻyxatini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 20-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-37-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 20-yanvardagi KQ-37-V-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-6-V-sonli Qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-6-V-sonli Qarori quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (T. Ishmetov) har oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga 2025-yilda tijorat banklarining mahallalarda aholi bandligini taʼminlash va daromadli qilish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosiga oid faoliyatini tahlil qilib, natijalari yuzasidan tijorat banklari va hududlar kesimidagi tahliliy maʼlumotni kiritib borsin.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 — 12-bandlar tegishlicha 6 — 13-bandlar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qaror bilan tasdiqlangan Hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” quyidagi mazmundagi 11 va 12-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Axborot beruvchilar

Masʼul ijrochilar

11.

Aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha banklar oldidagi ustuvor vazifalarning bajarilishi yuzasidan Davlat banklari rahbarlarining axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari majlislarida eshitish.

Bunda quyidagi masalalar qamrab olinadi:

  2025-yilda 3,6 mln aholi bandligini taʼminlash;

  sharoiti ogʻir 71 ta tumanda kambagʻallik va ishsizlikni keskin kamaytirish;

 60 ta ilgʻor tuman va shaharlarda aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash va kambagʻallikdan chiqarish;

“Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “Gʻijduvon” tajribalari asosida aholi bandligini taʼminlash daromadlarini oshirish;

“Zarbdor” va “Gʻijduvon” tajribalari boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarni zarur infratuzilma bilan taʼminlash;

30 ta tumanda baliqchilik, quyonchilik, chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik yoʻnalishlarida aholi xonadonlari bilan kooperatsiya asosida yangi loyihalarni amalga oshirish;

 “mahalla bankirlari” faoliyatini samarali tashkil qilish;

 oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olib, oʻz vaqtida qaytargan mijozlarni kichik va oʻrta biznes darajasiga olib chiqish;

 tashqi manbalardan mablagʻlar jalb qilish;

 startap loyihalarni moliyalashtirish;

 “Moliyaviy ommaboplik” dasturini kengaytirish

  mikromoliya va faktoring kompaniyalari tashkil etish;

 jami kreditlar hajmida kichik va oʻrta biznesga ajratiladigan kreditlar ulushini 40 foizga yetkazish;

 banklardagi aholi omonatlari qoldigʻini oshirish;

davlat banklari tomonidan bank balansiga olingan mol-mulklarni sogʻlomlashtirish orqali salohiyatli investorlarga sotish;

 kreditlar boʻyicha shakllangan muammoli qarzdorliklarni undirish;

 tuman va shaharlarda loyihalar yarmarkasini oʻtkazish;

 tumanlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, xorijdan malakali agronom, zootexnik, texnolog, muhandis va boshqa talab yuqori boʻlgan soha mutaxassislarini jalb qilish;

2025-yil aprel

2025-yil avgust

2025-yil noyabr

2026-yil fevral

Asosiy axborot beruvchi — Markaziy bank

Qoʻshimcha axborot beruvchilar — tijorat banklari

(Milliy bank, Agrobank, Xalq banki, Sanoatqurilishbank, Mikrokreditbank, Biznesni rivojlantirish banki, Asaka bank, Turon bank va Aloqa bank),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar hamda Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitalari

12.

 2025-yilda qishloq xoʻjaligida 1,1 mln hamda qurilish va investitsiya loyihalarida 300 ming aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining qoʻshma majlislarida eshitish.

2025-yil aprel

2025-yil avgust

2025-yil oktabr

2026-yil fevral

Asosiy axborot beruvchilar — Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Qoʻshimcha axborot beruvchilar — Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Markaziy bank,

Bosh prokuratura,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi

masalalari va ekologiya hamda Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitalari

”.