10.12.1948 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Inson huquqlari umumjahon
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deklaratsiya

MUQADDIMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Insoniyat oilasining hamma a’zolariga xos qadr-qimmat hamda ularning teng va ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlikning asosi ekanligini e’tiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlarini mensimaslik va uni poymol etish insoniyat vijdoni qiynaladigan vahshiyona ishlar sodir etilishiga olib kelganini, kishilar so‘z erkinligi va e’tiqod erkinligiga ega bo‘ladigan hamda qo‘rquv va muhtojlikdan holi sharoitda yashaydigan dunyoni yaratish insonlarning ezgu intilishidir deb e’lon qilinganligini e’tiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson oxirgi chora sifatida zulm va istibdodga qarshi isyon ko‘tarishga majbur bo‘lishining oldini olish maqsadida inson huquqlari qonun kuchi bilan himoya etilishi zarur ekanligini e’tiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga ko‘ra zarurligini e’tiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar xalqlari insonning asosiy huquqlariga, shaxsning qadr-qimmatiga, erkak va ayolning teng huquqliligiga, o‘z e’tiqodlarini Nizomda tasdiqlaganliklari hamda yanada kengroq erkinlikda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a’zo bo‘lgan davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda inson huquqlari va asosiy erkinliklarini yalpi hurmat qilish va unga rioya qilishga ko‘maklashish majburiyatini olganligini e’tiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur huquqlar va erkinliklarning xarakterini yalpi tushunish ushbu majburiyatlarning to‘liq ado etilishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lishini e’tiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh Assambleya mazkur Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini barcha xalqlar va davlatlar bajarishga intilishi lozim bo‘lgan vazifa sifatida e’lon qilar ekan, bundan maqsad har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti doimo ushbu Deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma’rifat va ta’lim yo‘li bilan bu huquq va erkinliklarning hurmat qilinishiga ko‘maklashishi, milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirlar orqali ham uning bajarilishi ta’minlanishiga, Tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar xalqlari o‘rtasida hamda ushbu davlatlarning yurisdiksiyasidagi hududlarda yashayotgan xalqlar o‘rtasida yalpisiga va samarali tan olinishiga intilishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda

Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin, bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo‘lishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda

1. Har bir inson irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat’i nazar ushbu Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquq va erkinlikka ega bo‘lishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bundan tashqari, inson mansub bo‘lgan mamlakat yoki hududning siyosiy, huquqiy yoki xalqaro maqomidan, ushbu hudud mustaqilmi, vasiymi, o‘z-o‘zini idora qiladimi yoki boshqacha tarzda cheklanganligidan qat’iy nazar biror bir ayirmachilik bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda

Har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda

Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas; qullik va qul savdosining barcha ko‘rinishlari taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda

Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda

Har bir inson qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zining huquq subyekti sifatida tan olinish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda

Barcha odamlar qonun oldida tengdirlar va har qanday tafovutlarsiz qonun bilan teng himoya qilinish huquqiga ega. Barcha odamlar ushbu Deklaratsiyaga zid bo‘lgan har qanday kamsitishdan va bunday kamsitishlarga undaydigan har qanday fitnadan teng himoya qilinish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda

Har bir inson unga konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda vakolatli milliy sudlar tomonidan huquqlarining samarali tiklanishi huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda

Hech kim asossiz hibsga olinishi, ushlanishi yoki quvg‘in qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir inson o‘z huquq va burchlarini belgilash hamda unga qo‘yilgan jinoiy aybning asosli ekanini aniqlash uchun uning ishi to‘liq tenglik asosida oshkora va adolatning barcha talabiga rioya qilgan holda mustaqil va xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson, uning himoya qilinishi uchun barcha imkoniyatlar ta’minlangan holda, uning aybi ochiq sud muhokamasi yo‘li bilan qonuniy tartibda aniqlanmagunga qadar aybsiz deb hisoblanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hech kim jinoyat sodir etilgan vaqtda milliy qonunlar yoki xalqaro huquqqa ko‘ra jinoyat deb topilmagan har qanday harakat yoki faoliyatsizligi asosida sodir etilgan jinoyat uchun jazoga hukm qilinishi mumkin emas. Shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jazoga nisbatan og‘irroq jazo berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hech kim birovning shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashishi, uning uy-joyi daxlsizligiga, yozishmalaridagi sirlarga yoki uning nomusi va obro‘siga o‘zboshimchalik bilan tajovuz qilishi mumkin emas. Har bir inson mana shunday aralashuv yoki tajovuzdan qonun tomonidan himoya qilinish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir inson erkin harakatlanish va o‘ziga har bir davlat doirasida turar joy tanlash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir inson xohlagan mamlakatini, xususan, o‘z mamlakatini tark etish va o‘z mamlakatiga qaytib kelish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir inson ta’qib tufayli boshqa mamlakatlardan boshpana izlash va o‘sha boshpanadan foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bu huquq siyosiy bo‘lmagan jinoyatni sodir etganda yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsad va tamoyillariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarga asoslangan ta’qib holatida qo‘llanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir inson fuqarolik huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hech kim o‘z fuqaroligidan yoki o‘z fuqaroligini o‘zgartirish huquqidan o‘zboshimchalik bilan mahrum qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Balog‘at yoshiga yetgan erkaklar va xotin-qizlar irqi, millati yoki diniy belgilari bo‘yicha hech qanday cheklashlarsiz nikohdan o‘tishga va oila qurishga haqli. Ular nikohdan o‘tishda, nikohda turgan vaqtlarida va uni bekor qilish vaqtida bir xil huquqlardan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nikohdan o‘tayotgan har ikki tomonning erkin va to‘liq roziligi asosidagina nikoh tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo‘g‘ini sanaladi hamda jamiyat va davlat tomonidan himoya qilinishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir inson ham yakka holda, ham boshqalar bilan birgalikda mulkka egalik qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hech kim o‘z mulkidan o‘zboshimchalik bilan mahrum etilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega; bu huquq o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish erkinligini va ta’limotda, toat-ibodatda hamda diniy rasm-rusum va marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda bajarish orqali o‘z dini yoki e’tiqodiga ham yakka, ham boshqalar bilan birgalikda amal qilishi erkinligini o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq to‘siqlarsiz o‘z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g‘oyalarni davlat chegaralaridan qat’i nazar, har qanday vositalar bilan izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir inson tinch yig‘inlar o‘tkazish va uyushmalar tuzish erkinligi huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hech kim biror bir uyushmaga kirishga majbur qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasida o‘z mamlakatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir inson o‘z mamlakatida davlat xizmatidan teng foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo‘lishi lozim; bu iroda yalpi va teng saylov huquqidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan yoki ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan davriy va soxtalashtirilmagan saylovlarda o‘z aksini topishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir inson jamiyat a’zosi sifatida milliy sa’y-harakatlar va xalqaro hamkorlik orqali hamda har bir davlatning tuzilishi va resurslariga muvofiq ijtimoiy ta’minotga va o‘z qadr-qimmatini qo‘llab-quvvatlash hamda shaxsining erkin rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqlarini amalga oshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir inson mehnat qilish, ishni erkin tanlash, mehnatning adolatli va qulay sharoitiga va ishsizlikdan himoya qilinish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir inson hech bir kamsitishsiz teng mehnat uchun teng haq olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir ishlovchi kishi o‘zi va oilasi uchun insonga munosib yashashni ta’minlaydigan adolatli va qoniqarli haq olishga hamda zarur bo‘lganda, ijtimoiy ta’minotning boshqa vositalari bilan to‘ldirilgan daromad olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Har bir inson kasaba uyushmalari tuzish va o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga kirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir inson dam olish va bo‘sh vaqtga ega bo‘lish, jumladan, ish kunini oqilona cheklash huquqi va haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir inson o‘zining hamda oilasining salomatligi va farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan turmush darajasiga ega bo‘lish, jumladan, kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va zarur ijtimoiy xizmatga ega bo‘lishga hamda ishsizlik, kasallik, nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarga ko‘ra tirikchilik uchun mablag‘ bo‘lmay qolgan boshqa hollarda ta’minlanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Onalik va bolalik alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqini beradi. Barcha bolalar nikohda yoki nikohda bo‘lmagan ota-onalardan tug‘ilishidan qat’iy nazar, bir xil ijtimoiy himoyadan foydalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir inson ta’lim olish huquqiga ega. Ta’lim olish, hech bo‘lmaganda, boshlang‘ich va umumiy ta’lim tekin bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich ta’lim majburiy bo‘lishi kerak. Texnik va kasbiy ta’lim hammaning imkoni yetadigan bo‘lishi, oliy ta’lim esa har kimning qobiliyatiga asosan hamma uchun bir xil imkoniyat darajasida bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ta’lim inson shaxsining to‘liq rivojlanishiga hamda inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmatni oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ta’lim barcha xalqlar, irqiy va diniy guruhlar o‘rtasidagi hamjihatlik, sabr-toqatlilik va do‘stlikka hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash bo‘yicha faoliyatiga ko‘maklashishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ota-onalar kichik yoshdagi bolalari uchun ta’lim turini tanlashda ustuvorlik huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir inson jamiyatning madaniy hayotida erkin ishtirok etish, san’atdan bahramand bo‘lish, ilmiy taraqqiyotda ishtirok etish va uning samarasidan foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir inson, u muallifi bo‘lgan ilmiy, adabiy yoki san’at asarlarining natijasida o‘zining ma’naviy va moddiy manfaatlarining himoya qilinishi huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir inson ushbu Deklaratsiyada bayon etilgan huquq va erkinliklar to‘liq amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy va xalqaro tartib huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir inson o‘z shaxsiyatining erkin va to‘liq rivojlanishi mumkin bo‘lgan jamiyat oldidagina majburiyatga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir inson o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda demokratik jamiyatda boshqalarning huquq va erkinliklari yetarli darajada bo‘lishini hamda hurmat qilinishini ta’minlash, axloq, jamoat tartibi, umumiy farovonlikning adolatli talablarini qondirish maqsadidagina qonunda belgilangan cheklanishlarga rioya etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu huquq va erkinliklarning amalga oshirilishi hech qanday holatda Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsad va tamoyillariga zid bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Deklaratsiyadagi hech bir narsa biror bir davlat, shaxslar guruhi yoki alohida shaxslarga mazkur Deklaratsiyada bayon etilgan huquq va erkinliklarni yo‘q qilishga yo‘naltirilgan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish yoki harakatni amalga oshirish huquqini berish kabi talqin etilishi mumkin emas.

(imzolar)