O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2024-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Mo‘g‘uliston Hukumati o‘rtasida xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi Bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Mo‘g‘uliston Hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda ularni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida Mo‘g‘uliston tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda ularning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 13-yanvar,
PQ-6-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2025-y., 06/25/6/0034-son)