Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.01.2003 yildagi 46-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KAFOLATLANGAN SUV TA’MINOTINI YaXShILASh VA SIRDARYoNING MAVJUD SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sug‘oriladigan yerlarni, ayniqsa qishloq xo‘jaligi ekinlarini ommaviy sug‘orish davrida suv bilan kafolatli ta’minlash, shuningdek Sirdaryoning respublika hududidagi mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga 2003-yil 1-iyulgacha Namangan viloyatidagi Rezaksoy va Kenkulsoy suv omborlari qurilishini ularni loyihalash bilan bir paytda olib borishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Rezaksoy va Kenkulsoy suv omborlari qurilishini 2003-yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga ajratilgan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar doirasida 2003-yilgi qurilishlarning aniq ro‘yxatiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi Rezaksoy va Kenkulsoy suv omborlari qurilishi texnik-iqtisodiy asoslanishini va ishchi loyihasini belgilangan tartibda idoradan tashqari davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi asosiy inshootlarni (to‘g‘onlar, nasos stansiyalari, kanallar, avtoyo‘llar, ko‘priklar va boshqalarni) loyihalash va qurish bo‘yicha buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi gaz quvurini suv bosadigan zonadan o‘z mablag‘lari hisobiga ko‘chirish bo‘yicha buyurtmachi va pudratchi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi elektr uzatish liniyasini suv bosadigan zonadan o‘z mablag‘lari hisobiga ko‘chirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobiga yangi elektr uzatish liniyalarini va transformator yordamchi stansiyalarini qurish bo‘yicha buyurtmachi va pudratchi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zavtoyo‘l” davlat konserni avtomobil yo‘llarini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobiga suv bosadigan zonadan ko‘chirish bo‘yicha buyurtmachi va pudratchi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Namangan viloyatidagi Rezaksoy va Kenkulsoy suv omborlarini qurish uchun pudrat tashkilotlarini tanlab olish bo‘yicha tanlov savdolari (tender) sifatli o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2003-yil I yarim yilligida markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish natijalariga ko‘ra Rezaksoy va Kenkulsoy suv omborlari qurilishiga respublikaning 2003-yilgi Investitsiya dasturida tasdiqlangan kapital qo‘yilmalar umumiy limitlari doirasida qo‘shimcha kapital qo‘yilmalar limitlari ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Namangan viloyati hokimligi avtotashuvchilar hududiy uyushmalari bilan birgalikda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Suv omborlarini qurish va ulardan foydalanish direksiyasi, ko‘rsatib o‘tilgan qurilish obyektlariga jalb qilingan boshqa vazirliklar va idoralar buyurtmanomalariga ko‘ra yuklar tashib berilishini belgilangan tartibda ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, boshqa pudrat tashkilotlari ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarda zarur texnik va moddiy resurslarni jamlasinlar, ishga tushiriladigan komplekslarning 2005-yil vegetatsiya davrigacha foydalanishga topshirilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 25-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-son