Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AKADEMIK LITSEYLAR VA KASB-HUNAR KOLLEJLARINI TAShKIL ETISh VA ULARNING FAOLIYATINI BOShQARISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni roʻyobga chiqarish, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish, ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirish, ularda barkamol, chuqur bilimlarga ega boʻlgan malakali kadrlar tayyorlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (bundan keyin Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi — oʻn birinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 342-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — OʻR QHT, 2004-y., 29-son, 333-modda)
2. Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Markaz rahbari lavozimi joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 342-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — OʻR QHT, 2004-y., 29-son, 333-modda)
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarini tashkil etsinlar, ularni mablagʻ bilan taʼminlash, joylashtirish va moddiy-texnikaviy jihozlashni taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 342-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — OʻR QHT, 2004-y., 29-son, 333-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 342-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — OʻR QHT, 2004-y., 29-son, 333-modda)
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrta maxsus va kasb-hunar-texnika taʼlimining faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim muassasalarining hamda ular negizida tashkil qilinayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyatiga tashkiliy, oʻquv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, oʻquv dasturlarini unifikatsiyalash, pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yuklanadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 342-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 29-son, 333-modda)
faoliyat koʻrsatayotgan oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va ular negizida tashkil qilinayotgan Madaniyat ishlari vazirligining, Badiiy akademiyaning, Sogʻliqni saqlash vazirligining kasb-hunar kollejlari ularning tasarrufida qoladi;
oʻrta maxsus va kasb-hunar-texnika oʻquv yurtlari hamda ularning negizida tashkil etilayotgan tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalarning kasb-hunar kollejlari ikki tomonlama boʻysunishda boʻladi.Tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalar ularni moddiy va moliyaviy taʼminlashni, oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻrgatishni va ularda amaliy koʻnikmalarni tarbiyalashni amalga oshiradilar, mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydilar, bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarini hal qiladilar;
vazirliklar, idoralar va korxonalar mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan oʻquv yurtlari boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlashning mavjud tartibi saqlanib qoladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki hafta muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
akademik litsey va kasb-hunar kolleji namunaviy ustavlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalar bilan birgalikda ikki tomonlama boʻysunishdagi kasb-hunar kollejlarining namunaviy ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
1998-yilda tajriba tariqasida tashkil etiladigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari roʻyxatini aniqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Davlat test markazi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga oʻquvchilar qabul qilish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1053-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1053/2403-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi:
kasb-hunar kollejlari ustidan tegishli ixtisoslikdagi oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar ustidan esa — Fanlar akademiyasining institutlari homiyligini taʼminlasinlar;
kasb-hunar kolleji vasiysi toʻgʻrisidagi Nizomni, shuningdek akademik litsey va kasb-hunar kolleji homiysi toʻgʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda amalga kiritsinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlashni taʼminlasin.
Kasb-hunar kollejlari uchun malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha bazaviy oliy taʼlim muassasalari sifatida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti va Namangan industrial-texnologiya instituti belgilansin.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-iyundagi 160-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 23-son, 306-modda)
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga va Namangan industrial-texnologiya instituti Namangan muhandislik-pedagogika institutiga aylantirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tashkil etilayotgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufiga berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13, 14, 15-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-sentabrdagi 426-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 409-modda)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
tegishli vazirliklar va idoralardan berilayotgan shtatlarni, mehnatga haq toʻlash fondini hamda boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi xarajatlari uchun respublika budjetida zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Markazga ikkita yengil avtomashina uchun limit ajratsin, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi transport xizmati koʻrsatishni taʼminlasin.
17. Toshkent shahar hokimligi:
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazini Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 6-uydagi maʼmuriy binoga joylashtirsin;
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish institutini Toshkent shahar, Pushkin koʻchasidagi 7-uyga joylashtirsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 24-fevral,
77-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 342-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — OʻR QHT, 2004-y., 29-son, 333-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 342-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — OʻR QHT, 2004-y., 29-son, 333-modda)