16.12.2024 yildagi 36-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyotida qonunchilikning toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasiga muvofiq, yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining (bundan buyon matnda Yer kodeksi deb yuritiladi) 2-moddasida koʻrsatilgan prinsiplarga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer kodeksining 8-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga moʻljallangan yerlar. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, koʻp yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga boʻlinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari — shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar — koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) oʻrmon fondi yerlari — oʻrmon bilan qoplangan, shuningdek oʻrmon bilan qoplanmagan boʻlsa ham, oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) suv fondi yerlari — suv obyektlari, suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) zaxira yerlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu yer fondlaridan belgilangan meʼyoriy hujjatlar talablari asosida foydalanmaslik maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) 2291-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatning obyekti yer uchastkalarini boshqarish yoki taqsimlashning qonunchilikda belgilangan tartibini taʼminlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasi deganda, yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismi tushuniladi (Yer kodeksining 10-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallab olish deganda, qonunchilikda belgilangan tartibda ajratilmagan (realizatsiya qilinmagan), shu jumladan, berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari vakolatli organlar tomonidan naturada (joyning oʻzida) belgilanmagan, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilmagan holda foydalanish tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) 60-moddasi bilan maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab, bir yil mobaynida shaxsning yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallab olishi, JK 2291-moddasining 1-qismi bilan javobgarlikka tortishning zaruriy shartidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. JK 2291-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning obyekti sugʻoriladigan yer uchastkasidan foydalanish bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer kodeksining 44-moddasiga koʻra, qishloq xoʻjaligida foydalanish va sugʻorish uchun yaroqli boʻlgan, suv resurslari shu yerlarni sugʻorishni taʼminlay oladigan sugʻorish manbai bilan bogʻlangan doimiy yoki muvaqqat sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlgan yerlar sugʻoriladigan yerlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish deganda, qonunchilikda belgilangan tartibda ajratilmagan (realizatsiya qilinmagan), shu jumladan, berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari vakolatli organlar tomonidan naturada (joyning oʻzida) belgilanmagan, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilmagan holda foydalanish tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻoriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olish ushbu yer maydonlarida hech qanday huquqiy asosga ega boʻlmasdan qurilish ishlarini amalga oshirishda ifodalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻoriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olish jinoyat aniqlangan paytdan boshlab tamom boʻlgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlar sugʻoriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olish jinoyatini MJtK 60-moddasining 3-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklardan farqlashlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MJtK 60-moddasining 3-qismida sugʻoriladigan yer uchastkalari toifasiga kirmaydigan va oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʻlgan hamda tutash boʻlmagan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun javobgarlik nazarda tutilganligi tushuntirilsin. Agar sugʻoriladigan yer uchastkalari ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan boʻlsa, aybdorning harakati JK 2291-moddasining 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan sugʻoriladigan yer maydonida qurilish ishlari amalga oshirilib, qurilish obyektlari sotilsa, qilmish JK 2291-moddasining 2-qismi va 168-moddasining tegishli qismi bilan jinoyatlar majmui tarzida kvalifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sugʻoriladigan yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olinib, ushbu yer uchastkasida qurilish ishlari amalga oshirilmagan holda oʻzga shaxsga sotilsa, qilmish firibgarlik sifatida JK 168-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinib, JK 2291-moddasining 2-qismi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki ijarachilar oʻzlariga ajratilgan yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzishi ogʻir oqibatlarga olib kelsa (masalan, baliq hovuzini barpo qilgan, tuprogʻini sotgan holatda yerni nobudgarchilikka olib kelgan va shu kabi boshqa holatlar), qilmish JKning 197-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish natijasida kelib chiqadigan oqibatlarning ogʻirligi, sudlar tomonidan tegishli soha mutaxassislarining xulosalari yoki dalolatnomalariga asosan baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻoriladigan yerdan foydalanuvchilar (fermer, dehqon xoʻjaligi va boshqalar) ulardan foydalanish shartlarini buzgan holda qurilish ishlarini amalga oshirsa, ularning harakatlari JK 2291-moddasining 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻoriladigan yer maydonining egasi, misol uchun fermer xoʻjaligi rahbari boshqa shaxs tomonidan sugʻoriladigan yer maydonida qurilish ishlarini amalga oshirilishiga yoʻl qoʻysa, tegishli asoslar boʻlgan taqdirda, uning harakatlari JK 1971-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Rasmiy hujjatni soxtalashtirib va undan foydalanish orqali sugʻoriladigan yerga boʻlgan huquq qoʻlga kiritilib, ushbu yer uchastkasida qurilish ishlari amalga oshirilsa, aybdorning harakatlari JK 228-moddasining tegishli qismlari va 2291-moddasining 2-qismi bilan jinoyatlar majmui tarzida kvalifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yerga boʻlgan huquqni belgilovchi rasmiy hujjatni soxtalashtirish mansabdor shaxs bilan til biriktirgan holda sodir etilgan boʻlsa, mansabdor shaxsning harakati JK 209-moddasining tegishli qismi, boshqa shaxsning harakati esa ishtirokchilik sifatida JK 28, 209-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tushuntirilsinki, JKning 2291-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda taʼminlasa hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs deganda, muqaddam yer bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etmagan, jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan yoki bunday jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugagan yoxud olib tashlangan shaxs tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JK 2291-moddasining 3-qismiga asosan jazo tayinlash masalasini muhokama qilishda, oʻttiz kunlik muddat ichida oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilganligi hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etganligi faktini tasdiqlovchi dalillar (toʻlov topshiriqnomalar, chiptalar, yer uchastkasining qaytarilganligi hamda noqonuniy qurilma buzilganligi haqidagi dalolatnomalar) mavjudligiga alohida eʼtibor qaratilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan, dastlabki tergov yoki sudda ish koʻrish paytida aybdor tomonidan yuqoridagi holatlar bartaraf etilganligi koʻrsatib oʻtilgan boʻlsa, sud qarorlarida ushbu oqibatlar aynan qachon bartaraf etilganligi muddati aniq koʻrsatilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarar summasini aniqlash uchun tegishli mutaxassis yoki ekspert xulosalaridan tashqari, ushbu holatlarni aniqlashga koʻmak beradigan va bugungi kunda foydalanilib kelinayotgan “Google Map” hamda shu kabi boshqa dasturlardan keng foydalanilishi lozimligi tushuntirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zararni hisoblashda oʻzlashtirilgan hududdagi foydalanishga yaroqli boʻlgan hudud chegirilib, haqiqatdan ham nobudgarchilikka yoʻl qoʻyilgan (qurilish osti) yer maydonidan kelib chiqish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga koʻra, jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorda va sud hukmida ish boʻyicha yerni nobudgarchilikka yoʻl qoʻyilganligi natijasida yetkazilgan zarar va undirilishi lozim boʻlgan pul miqdorini aniq koʻrsatilishiga eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Shaxsni JKning 2294-moddasida nazarda tutilgan yer berish tartibini buzganlik uchun javobgarlikka tortishning zaruriy sharti muqaddam shunday qilmishni sodir etganligi uchun maʼmuriy jazoga tortilgan boʻlishidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer berish tartibini buzish deganda, yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), ulardan doimiy foydalanish va ularni ijaraga berishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etmaslik tushunilib, sudlar hukmda aynan qaysi tartib buzilganligini aniq koʻrsatishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. JKning 2294-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti yer berish tartibiga rioya qilishi lozim boʻlgan shaxslar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu jinoyat sodir qilishda ishtirok qilgan, biroq jinoyat subyekti hisoblanmaydigan shaxslarning qilmishi ishtirokchilik sifatida JK 28, 2294-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Shaxs ilgari maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan soʻng yer berish tartibini ikki va undan ortiq marotaba buzgan hamda jinoyat sodir etilgan vaqtda bu harakatlari uchun sudlanmagan boʻlsa, uning harakati takroran jinoyat sodir etish sifatida JK 2294-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yer berish tartibini buzish sugʻoriladigan yerlarning qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqishiga sabab boʻlsa, shaxsning harakatlari JK 2294-moddasi 2-qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi va bunda ilgari shunday harakati uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgan boʻlishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻoriladigan yerlarni qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqqan deb baholashda, bu haqda mutaxassisning xulosasi olingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yer berish tartibini buzish jinoyatini JK 2294-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda, har qaysi ishtirokchining jinoyatda ishtirok etganlik darajasi va xususiyatini aniqlash, oldindan til biriktirish boʻlgan-boʻlmaganligini va ular oʻrtasida vazifalar oʻzaro taqsimlangan-taqsimlanmaganligini sinchiklab tekshirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer berish tartibini buzishda bevosita ishtirok etgan va yer berish tartibiga rioya qilishi lozim boʻlgan ikki yoki undan ortiq shaxsning harakatlari JK 2294-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer berish tartibi buzishda bevosita ishtirok etmagan, biroq ushbu tartibni buzib, yer ajratilishiga koʻmaklashgan boshqa shaxslarning harakatlari JK 28, 2294-moddasining tegishli qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. JKning 2296-moddasida sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish deganda, uni boshqa shaxslarga moddiy manfaat yoki boshqa haq evaziga oʻtkazish tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish deganda, sugʻoriladigan yer uchastkasini yoki uning bir qismini huquqi boʻlmagan shaxsning toʻliq egaligiga, vaqtincha foydalanishga yoxud boshqacha tarzda foydalanishga topshirish tushunilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. JKning 2296-moddasida nazarda tutilgan jinoyat sugʻoriladigan yer uchastkasi yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berishga qaratilgan har qanday harakat sodir etilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. JKning 2296-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotgan yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga bergan har qanday shaxs boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Fermer xoʻjaliklari rahbarlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari (masʼuliyati cheklangan jamiyat, xususiy, oilaviy, qoʻshma va xorijiy korxonalar, aksionerlik jamiyatlari hamda boshqalar) mansabdor shaxslari oʻz mansab vakolatlaridan foydalanib, sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotishi yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berishi JK 2296-moddasi 2-qismining “g” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun asos boʻladi. Bunday hollarda aybdorning harakatini JKning 205-moddasi yoki 19211-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Agar shaxs oʻzining sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqini sotish yoki qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berishdan tashqari, sugʻoriladigan yerlar toifasiga kirmaydigan va oʻzgaga tegishli boʻlgan yer uchastkasini ham sotsa, uning harakati JK 2296-moddasining tegishli qismi va 168-moddasining tegishli qismi bilan jinoyatlar majmui tarzida kvalifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Shaxs sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqini sotish yoki qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berishdan tashqari, pora berishga dalolat qilgan boʻlsa, uning qilmishi JK 2296-moddasining tegishli qismi va 28, 211-moddasining tegishli qismi bilan jinoyatlar majmui tarzida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Pora berishga ogʻdirilgan shaxsning harakatlari esa, pora berishga suiqasd sifatida JK 25, 211-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sudlarga tushuntirilsinki, yer (mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkasi bundan mustasno) talon-toroj jinoyatlari predmeti hisoblanmasligi sababli, yer uchastkalarining noqonuniy egallab olinishi yoki turli asoslarga koʻra unga boʻlgan huquqni qonunga xilof ravishda boshqa shaxslarga oʻtkazilishi JKning 167, 168-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sudlarga bu toifadagi ishlarni koʻrishda, yerdan noqonuniy foydalanish natijasida yetkazilgan zararni undirish masalasini muhokama qilgan holda, uni undirilishini taʼminlash choralarini koʻrishlari lozimligi tushuntirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Qonunga xilof ravishda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish sudning hal qiluv qaroriga koʻra amalga oshirilishi sababli, sud qarorlarida manfaatdor taraflarga tegishli tartibda sudga murojaat qilish huquqi mavjudligi tushuntirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi yer bilan bogʻliq ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishlari va yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 16-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA