O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2024-yil 8-fevralda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirishning elektron tizimlarini o‘zaro qo‘llash to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin.
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar to‘g‘risida Belarus tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalarining amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-dekabr,
PQ-448-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2024-y., 07/24/448/1037-son)