13.12.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2780-6
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligining qarori, 13.12.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2780-6
Kuchga kirish sanasi
16.12.2024
Hujjat 16.12.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 13-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2780-6]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Adliya vazirligining 2016-yil 22-apreldagi 1-2016, 4-son qarori (roʻyxat raqami 2780, 2016-yil 22-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 172-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 7-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-q/q-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vaziri A. TASHKULOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 10-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligining 2024-yil 7, 10-dekabrdagi 48-q/q, 1-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 19-banddagi “ikki hafta” degan soʻzlar “uch hafta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 61-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“61. Oʻquv mashgʻulotlarida kasalligi yoki hujjat bilan tasdiqlangan boshqa uzrli sabablar tufayli (yoʻl-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, yaqin qarindoshining yoki talabaning nikoh tuzishi, farzand tugʻilishi, fan, madaniyat va sport sohalaridagi xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida, harbiy kafedra mashgʻulotlarida ishtirok etganlik, universitetning elektron taʼlim platformasida yuzaga kelgan texnik nosozlik) ishtirok etmagan va shu sababli oraliq yoki yakuniy nazoratni belgilangan muddatda topshirmagan talabaga uning arizasi hamda unga ilova qilingan asoslantiruvchi hujjatlarga muvofiq, qoldirgan oʻquv mashgʻulotlarini qayta oʻzlashtirganidan soʻng fakultet dekani tomonidan oʻquv ishlari boʻyicha prorektor bilan kelishilgan holda oraliq yoki yakuniy nazoratni topshirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, talaba fakultet dekani nomiga kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra qoldirilgan oʻquv mashgʻulotlarini qayta oʻzlashtirish hamda oraliq yoki yakuniy nazoratni topshirishga ruxsat berishni soʻrab, uzrli sabablar (holatlar) yakunlangan vaqtdan boshlab 5 ish kuni ichida ariza bilan murojaat qilishi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi mazmundagi 611 va 612-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“611. Oʻquv mashgʻulotlarida uzrsiz sabablar tufayli ishtirok etmagan va shu sababli oraliq nazoratni belgilangan muddatda topshirmagan talabaga uning arizasiga muvofiq, qoldirgan oʻquv mashgʻulotlarini qayta oʻzlashtirganidan soʻng fakultet dekani tomonidan oʻquv ishlari boʻyicha prorektor bilan kelishilgan holda oraliq nazoratni topshirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, uzrsiz sabablarga koʻra qoldirilgan oʻquv mashgʻulotlari mazkur mashgʻulotga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizidan oshmagan taqdirda talabaga qoldirgan oʻquv mashgʻulotlarini qayta oʻzlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talaba fakultet dekani nomiga uzrsiz sabablarga koʻra qoldirilgan oʻquv mashgʻulotlarini qayta oʻzlashtirish hamda oraliq nazoratni topshirishga ruxsat berishni soʻrab, talaba oʻquv mashgʻulotlariga chiqqan kundan boshlab 5 ish kuni ichida ariza bilan murojaat qilishi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
612. Uzrli va uzrsiz sabablarga koʻra qoldirilgan oʻquv mashgʻulotlarini qayta oʻzlashtirish tartibi oʻquv mashgʻulotlarining xususiyatidan kelib chiqib, Akademik halollik kengashi tomonidan belgilanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 62-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2024-y., 10/24/2780-6/1027-son)