04.12.2024 yildagi O‘RQ-1009-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.12.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 13-avgustda qabul qilingan
Cenat tomonidan 2024-yil 24-oktabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirishga va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini taʼminlash kafolatlarini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ayrim xorijiy davlatlar bilan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslarni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olish va berish toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni hamda oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslarini, shuningdek sud jarayoni ishtirokchilarining protsessual maqomini tartibga soluvchi normalarni nazarda tutuvchi qoidalarni belgilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olishni hamda xorijiy davlatga berishni nazarda tutuvchi yangi 66-bob bilan toʻldirilmoqda. Shuningdek ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni va oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslari, sud jarayoni ishtirokchilarining protsessual maqomi belgilanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishini kuchaytirishga, milliy qonunchilikda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni hamda oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslarni qabul qilib olish va berish tartibining normativ-huquqiy asosini shakllantirishga hamda ularga belgilangan jazoni oʻz davlatida oʻtash imkoniyatini berish orqali ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini jadallashtirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 29-moddaning birinchi qismi “prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomasini koʻrib chiqish” degan soʻzlardan keyin “prokurorning xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini koʻrib chiqish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 542-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“542-modda. Hukmni, ajrimni va qarorni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukmni, ajrimni va qarorni ijro etish toʻgʻrisidagi masalalar sudya tomonidan prokuror hamda mahkum ishtirokida, ushbu Kodeks 613-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa mahkum yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxs ishtirokisiz sud majlisida hal qilinadi. Mahkumning ushbu Kodeks 532-moddasida nazarda tutilgan huquqlari taʼminlanadi. Sudya voyaga yetmagan, shuningdek jismoniy nuqsonlari boʻlgan yoki ruhiy holati buzilgan mahkumlarga doir hukmlarni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqayotganida himoyachi ishtirok etishi shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) quyidagi mazmundagi 66-bob bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“66-bob. XORIJIY DAVLAT SUDINING QARORINI TAN OLISh VA IJROGA QARATISh. OZODLIKDAN MAHRUM ETILGAN ShAXSNI JAZONI OʻTAShNI DAVOM ETTIRISh UChUN, ShUNINGDEK OʻZIGA NISBATAN TIBBIY YOʻSINDAGI MAJBURLOV ChORASI QOʻLLANILGAN ShAXSNI MAJBURIY DAVOLAShNI DAVOM ETTIRISh UChUN QABUL QILIB OLISh VA XORIJIY DAVLATGA BERISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
610-modda. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlat sudining qarori ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasida tan olinishi va ijroga qaratilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) xorijiy davlatda ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoga hukm qilingan va jazoni oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi — jazoni Oʻzbekiston Respublikasida oʻtashni davom ettirish uchun qabul qilib olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) xorijiy davlat hududida aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki ushbu qilmishni sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan xorijiy davlat sudining tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlsa, — majburiy davolashni Oʻzbekiston Respublikasida davom ettirish uchun qabul qilib olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) xorijiy davlat sudi tomonidan hukm qilinib, jazoni oʻtamagan shaxs xorijiy davlat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga ushlab berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) xorijiy davlat sudi tomonidan hukm qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini xorijiy davlatga ushlab berish rad etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
611-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) jazoni oʻtashni davom ettirish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi sudi tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan chet el fuqarosi oʻzi fuqaroligiga mansub boʻlgan davlatga berilishi yoki xorijiy davlat sudi tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi xorijiy davlatdan qabul qilib olinishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) majburiy davolashni davom ettirish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi hududida aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan yoki ushbu qilmishni sodir etganidan keyin ruhiy holati buzilishi yuzaga kelgan va oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi sudining qarori mavjud boʻlgan chet el fuqarosi oʻzi fuqaroligiga mansub boʻlgan davlatga berilishi yoki xorijiy davlat sudi tomonidan oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi xorijiy davlatdan qabul qilib olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
612-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilib olishga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtayotgan yoki majburiy davolanishda boʻlgan shaxsning yoxud uning qonuniy vakilining yoki yaqin qarindoshining arizasiga, shuningdek qabul qilinayotgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining yoki xorijiy davlat vakolatli organining soʻroviga koʻra yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
613-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslar va ularning qonuniy vakillari yoki yaqin qarindoshlari, shuningdek xorijiy davlatning vakolatli organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun yoxud oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga qabul qilib olish toʻgʻrisida murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni qabul qilib olish toʻgʻrisida murojaat qilinganidan va ushbu shaxslarning fuqaroligi tasdiqlanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organiga masalani hal etish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrov qanoatlantirilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Shundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnoma ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning doimiy yashash joyi boʻyicha, ularning doimiy yashash joyi mavjud boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi hududida oxirgi roʻyxatga olingan joyi boʻyicha, ushbu Kodeksning 542-moddasida nazarda tutilgan tartibda jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumning yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning yoʻqligi xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning sud tomonidan koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
614-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olishda jazoni belgilash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni oʻtash uchun xalqaro shartnomalarga muvofiq xorijiy davlat tomonidan topshirilgan mahkumga nisbatan jazo muddati xorijiy davlat sudining hukmi bilan tayinlangan muddatga mutanosib ravishda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoning eng koʻp muddati xorijiy davlat sudining hukmi bilan tayinlangan muddatdan kam boʻlsa, sud Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida mazkur jinoyatni sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoning eng koʻp muddatini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar xorijiy davlat sudi tomonidan shaxsga xorijiy davlat hududida sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida esa ushbu jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilmagan boʻlsa, sud mazkur jinoyat uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ogʻirroq jazo turini tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning xorijiy davlat hududida sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazo turi Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilmagan hollarda, sud xorijiy davlat sudi tomonidan tayinlangan jazo turiga mos keladigan, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan boshqa jazo turini tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar xorijiy davlat sudining hukmi bilan shaxsga bir necha qilmish uchun jazo tayinlangan boʻlib, ularning ayrimlari Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat hisoblanmasa, sud xorijiy davlat sudining hukmi boʻyicha tayinlangan jazoning qaysi qismi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jinoyat hisoblanadigan qilmishga nisbatan qoʻllanilishini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlat sudining qarori bilan tayinlangan qoʻshimcha jazoni tan olish va ijroga qaratish sud tomonidan ushbu jinoyatning xususiyatidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va ushbu Kodeksga muvofiq hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlat sudining qarori bilan tayinlangan jazoning mahkum tomonidan oʻtalgan qismi sud tomonidan ajrim chiqarishda jazo muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
615-modda. Sud ajrimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud iltimosnomani koʻrib chiqib ajrim chiqaradi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) xorijiy davlat sudining nomi, qaror qabul qilingan vaqt va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) mahkumning yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, Oʻzbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash joyi, hukm qilinguniga yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilguniga qadar ishlagan joyi va lavozimi, fuqaroligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) sodir etilishida shaxs aybli deb topilgan jinoyatning tavsifi va shaxsning hukm qilinishiga yoxud oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilishiga asos boʻlgan xorijiy davlat jinoyat toʻgʻrisidagi qonunining moddasi (qismi, bandi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) mahkum yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxs sodir etgan jinoyat uchun javobgarlik nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining moddasi (qismi, bandi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) mahkumning Oʻzbekiston Respublikasida oʻtashi kerak boʻlgan jazo turi va muddati, tegishli tartibli koloniya turi, fuqarolik daʼvosi boʻyicha keltirilgan zararning oʻrnini qoplash yoki undirish tartibi, majburiy davolanayotgan shaxsga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasining turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida kiritilgan iltimosnomani koʻrib chiqishda, agar sud:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) xorijiy davlat sudining qarori bilan hukm qilingan yoxud oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning qilmishi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jinoyat hisoblanmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) jazoni ijro etish muddati oʻtib ketganligi tufayli yoxud Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa asosga koʻra xorijiy davlat sudining qarorini ijro etish mumkin emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga, suverenitetiga yoki xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkinligi haqida xulosaga kelsa, xorijiy davlat sudining qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning ajrimi oʻqib eshittirilgan kundan eʼtiboran kuchga kiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga uning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish uchun, himoyachiga va boshqa manfaatdor shaxslarga esa maʼlumot uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
616-modda. Qabul qilib olingan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etishni yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi sud ajrimi chiqarilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, zarur boʻlgan taqdirda esa Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga shaxsni xorijiy davlat hududida jazoni ijro etish muassasasidan yoki psixiatriya muassasasidan berish va qabul qilib olish joyini, vaqtini, tartibini va tashkil etilishini kelishish toʻgʻrisida topshiriq beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish yoki majburiy davolash Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish, afv etish, amnistiya aktini qoʻllash, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashni bekor qilish yoki oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organini jazoni ijro etish yoki majburiy davolash holati va natijasi toʻgʻrisida quyidagi hollarda xabardor qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) jazoni ijro etish yoki majburiy davolash Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq yakunlanganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslar vafot etganida yoki qochib ketganida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
617-modda. Xorijiy davlat sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlat sudining qarorini qayta koʻrib chiqish bilan bogʻliq har qanday masalalar mazkur davlatning sudi tomonidan hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida jazo oʻtayotgan yoki majburiy davolanayotgan shaxsga nisbatan chiqarilgan xorijiy davlat sudining qarori bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan yoxud xorijiy davlat yoki Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan amnistiya yoki afv etish akti qoʻllanilgan taqdirda, xorijiy davlat sudining qayta koʻrib chiqilgan qarorini ijro etish, shuningdek amnistiya yoxud afv etish aktini qoʻllash masalalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar xorijiy davlat sudining qarori bekor qilingan va ish sud muhokamasida yangitdan koʻrish uchun tayinlangan boʻlsa, kelgusida jazoni oʻtash toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
618-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berish ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtayotgan yoki majburiy davolanishda boʻlgan shaxsning yoxud uning qonuniy vakilining yoki yaqin qarindoshining arizasiga koʻra, shuningdek berilayotgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining yoki xorijiy davlat vakolatli organining soʻroviga koʻra yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
619-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni berish toʻgʻrisidagi materiallarni oʻrganib va tekshirib chiqqanidan keyin, agar ular tegishli tarzda rasmiylashtirilgan boʻlsa hamda ushbu Kodeksda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda mazkur shaxslarni berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, bu haqda xorijiy davlatning vakolatli organiga va berish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida murojaat qilgan shaxsga xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning berilishi ularni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish, jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish, afv etish, amnistiya aktini qoʻllash, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashni tugatish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda iltimos qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxsni berish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida, shuningdek xorijiy davlat sudining Oʻzbekiston Respublikasi sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi qarori haqida hukmni yoki ajrimni chiqargan sudni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida amnistiya akti eʼlon qilingan taqdirda, prokurorning iltimosnomasiga binoan sud berilgan shaxsga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
620-modda. Berilgan shaxsga nisbatan sud hukmini bekor qilish yoki oʻzgartirish, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashni tugatish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi xabarnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatga jazoni oʻtashni davom ettirish uchun berilgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi sudining hukmini yoki majburiy davolashni davom ettirish uchun berilgan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi sud ajrimi bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, shuningdek ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida amnistiya akti yoxud afv etish qoʻllanilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organiga tegishli qarorning koʻchirma nusxasini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
621-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun xorijiy davlatga berishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinishiga yoki unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilishiga sabab boʻlgan qilmishlarning hech biri u fuqarosi boʻlgan davlatning yoki doimiy yashash joyidagi davlatning qonunchiligiga koʻra jinoyat deb eʼtirof etilmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni berish toʻgʻrisida mazkur davlat bilan kelishuvga erishilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni berish Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) ozodlikdan mahrum etilgan shaxs yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxs hukmni ijro etuvchi davlatning fuqarosi boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) xorijiy davlatda jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi oqibatida yoki ushbu davlatning qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra jazoni ijro etish mumkin boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni berish toʻgʻrisidagi soʻrov olingan paytda ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmay qolgan qismi olti oydan kam boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) xorijiy davlatning qonunchiligida xuddi shunday tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi nazarda tutilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) xorijiy davlatda zaruriy davolanishni va tegishli maxsus tibbiy choralarni taʼminlash imkoni mavjud boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
622-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtash uchun berishning huquqiy oqibatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukmni ijro etuvchi davlatga jazoni oʻtash uchun berilgan ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga nisbatan ushbu davlat hududida xuddi shu kabi jinoyat uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan ayni shunday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa davlat sudi tomonidan hukm qilingan va jazoni ijro etish uchun berilgan shaxs hukmni ijro etuvchi davlat hududida aynan shu qilmishi uchun takroran jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
623-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish bilan bogʻliq xarajatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 4-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1009-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 03/24/1009/1004-son)