Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini davom ettirib turish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 7-moddasiga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi munosabati bilan:
1. Amaldagi Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi yangi tarkibdagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar oʻz faoliyatini davom ettirib turishi belgilansin.
2. Mazkur Farmon rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 19-noyabr,
PF-189-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2024-y., 06/24/189/0942-son)