O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasiga hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 7-moddasiga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yangi saylanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasiga hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga yuborilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 19-noyabr,
773-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2024-y., 09/24/773/0941-son)