Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 206 va 248-moddalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 10-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 24-oktabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2024-yil 24-oktabrda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizning ichki ishlar organlari tizimida maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, maʼnaviy va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga hozirgi vaqtda respublikamizda maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslar oʻrtasida profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilayotganligiga qaramay, probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar soni ortib borayotganligi kuzatilmoqda, bu mazkur yoʻnalishdagi huquqiy taʼsir choralarining qayta koʻrib chiqilishini talab etmoqda.
Bundan tashqari sud tomonidan belgilangan cheklovlar va majburiyatlarga rioya etmayotgan probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish boʻyicha tezkor hamda taʼsirchan choralar koʻrilishini taʼminlash uchun ichki ishlar organlari probatsiya boʻlinmalari xodimlariga qoʻshimcha vakolatlarni berish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan taʼsir choralarini kuchaytirishni, shuningdek ichki ishlar organlari probatsiya boʻlinmalari xodimlarining vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda.
Ushbu Qonun probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga va ularga nisbatan qoʻllaniladigan taʼsir choralari natijadorligining oshishiga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530,532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 206-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
2) 248-moddaning toʻrtinchi qismi:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ushbu Kodeksning 1852 va 187-moddalarida (probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari probatsiya xizmatining katta inspektorlari va inspektorlari”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-noyabr,
OʻRQ-999-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 03/24/999/0925-son)