Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Xalqaro mehnat tashkilotining haq toʻlanadigan taʼtillar toʻgʻrisidagi 132-sonli Konvensiyasini (1970-yilda qayta koʻrib chiqilgan) (Jeneva, 1970-yil 24-iyun) ratifikatsiya qilish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 27-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 24-oktabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2024-yil 24-oktabrda maʼqullangan
Xalqaro mehnat tashkilotining haq toʻlanadigan taʼtillar toʻgʻrisidagi 132-sonli Konvensiyasi (1970-yilda qayta koʻrib chiqilgan) (Jeneva, 1970-yil 24-iyun) kuyidagi bayonotlar bilan ratifikatsiya qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Konvensiya 3-moddasining 2-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida haq toʻlanadigan xar yilgi asosiy eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi yigirma bir kalendar kundan iborat ekanligini maʼlum qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konvensiya 15-moddasining 2-bandiga muvofiq Konvensiya 15-moddasi 1-bandining “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan xodimlarga nisbatan ushbu Konvensiya boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 7-noyabr,
OʻRQ-994-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2024-y., 03/24/994/0904-son)