O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablag‘lardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlarini o‘z vaqtida va uzluksiz rasmiylashtirib berilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablag‘lardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son qarorining 1-bandida:
“a” kichik banddagi “40” raqami “45” raqami bilan hamda “Davlat personallashtirish markazining” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning birinchi xatboshisi va “v” kichik banddagi “Davlat personallashtirish markazining” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.D. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 7-noyabr,
739-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2024-y., 09/24/739/0900-son)