|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning roʻyxati, shuningdek, mazkur roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq; Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq: a) 2025-yil 1-yanvardan boshlab: Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) kiritilgan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitda yoki tutqunlikda saqlash; yovvoyi hayvonlarni davlat va mobil sirklarida (shapitolar) saqlash hamda ulardan sirk tomoshalarini oʻtkazish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi; b) roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bogʻlari va (yoki) pitomniklarda (terrarium, okeanarium, serpentariy va boshqalar) saqlanishi mumkin. Bunda roʻyxatdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hamda zaharli hayvonlar qonunchilikka muvofiq maxsus pitomniklarda saqlanadi. 4. Belgilansinki, jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat va mobil sirklar (shapitolar) ixtiyoridagi roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar: shartnoma asosida yovvoyi hayvonlar saqlash uchun hayvonot bogʻlari va (yoki) pitomniklarga pulli yoki bepul topshirilishi; Oʻzbekiston faunasiga mansub boʻlganda, ular uchun mos boʻlgan tabiiy yashash muhitiga, Oʻzbekiston faunasiga mansub boʻlmaganda esa, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga qonunchilikda belgilangan tartibda chiqarib yuborilishi mumkin. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda roʻyxatga kiritilgan jismoniy shaxslar ixtiyoridagi, shuningdek, davlat va mobil sirklarda (shapitolar) saqlanayotgan yovvoyi hayvonlarni 2026-yil 1-yanvarga qadar hayvonot bogʻlari va (yoki) pitomniklarga topshirilishini taʼminlasin. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda yovvoyi hayvonlarni hayvonot bogʻlaridagi reabilitatsiya markazlarida saqlash uchun xalqaro va donor tashkilotlarning begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlash holatlarining oldini olish boʻyicha nazorat tadbirlarini kuchaytirsin hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrilishini taʼminlasin. 8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlash boʻyicha minimal talablarni tasdiqlasin; oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2024-yil 5-noyabr, 736-son Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son qaroriga 1-ILOVA Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son qaroriga 2-ILOVA Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibi toʻgʻrisida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: yovvoyi hayvonlar — quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda tabiiy erkin holatida yashovchi yovvoyi hayvonlar (sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, amfibiyalar, baliqlar, mollyuskalar, hasharotlar); zaharli hayvonlar — organizmida doimiy yoki vaqti-vaqti bilan boshqa organizmlar uchun zaharli boʻlgan moddalarni ishlab chiqaradigan va saqlaydigan hayvonlar; okeanarium — suv hayvonlari saqlanadigan yirik akvarium yoki suv havzasi; pitomnik — yovvoyi hayvonlarni maʼlum maqsadlar uchun saqlashga moʻljallangan va doimiy inson nazorati ostida boʻlgan hudud (joy); serpentariy — ilonlarni saqlash uchun moʻljallangan hamda harorati, namligi va yorugʻligi inson nazorati ostida boʻlgan maxsus joy; terrarium — amfibiya, sudralib yuruvchilar, hasharotlar va boshqa umurtqasiz hayvonlarni saqlash uchun zarur sharoitlar yaratilgan joy. 3. Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar (keyingi oʻrinlarda — yovvoyi hayvonlar) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bogʻlari va (yoki) pitomniklarda (terrarium, okeanarium, serpentariy va boshqalar) saqlanishi mumkin. Bunda roʻyxatdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hamda zaharli hayvonlar qonunchilikka muvofiq maxsus pitomniklarda saqlanadi. 4. Yovvoyi hayvonlarning biologik turi va individual ehtiyojlarini hisobga olib, ular yashash uchun qulay sharoitlarda saqlanishi shart. 5. Yovvoyi hayvonlarni saqlash joylari mazkur Nizomga ilovadagi jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash boʻyicha minimal talablarga javob berishi lozim. 2-bob. Yovvoyi hayvonlarni saqlash boʻyicha talablar 6. Yovvoyi hayvonlarga egalik qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar va ularni saqlash sharoitlari, shu jumladan, jihozlangan qafaslar, akvariumlar, terrariumlar, suzish havzalari, toʻsiqlar va boshqa maxsus joylar va (yoki) binolar (keyingi oʻrinlarda — saqlash joylari) mavjud boʻlganda saqlanishi mumkin. 7. Yovvoyi hayvonlarni saqlash quyidagi talablarga javob berishi lozim: yovvoyi hayvonlarni saqlash joylarida oʻz maydoni va hajmiga koʻra ularning hayoti uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan, chiqindilardan tozalash, shamollatish hamda ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan drenaj tizimlari mavjud boʻlishi; yovvoyi hayvonlar saqlash joylari veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga javob berishi; saqlanayotgan yovvoyi hayvonlarga individual identifikatsiya belgilari (yorliq, halqa, mikrochip) oʻrnatilganligi; yovvoyi hayvonlar saqlash joylari ularning hayotiy faoliyatini taʼminlaydigan qurilmalar (uyalar, boshpanalar) bilan jihozlanganligi va barcha jihozlar, shu jumladan, elektr jihozlari hayvonlarga shikast yetkazmasdan oʻrnatilganligi; yovvoyi hayvonlar saqlash joylari yomgʻir, qor, shamol yoki quyosh nurlari tushishidan boshpana bilan taʼminlangan boʻlishi; yovvoyi hayvonlar saqlash joylarining harorat rejimi, shamollatish tizimi va yoritilishi hayvonlarning turiga muvofiq taʼminlanganligi; yovvoyi hayvonlar doimiy ravishda yetarli miqdorda toza ichimlik suvi bilan taʼminlanganligi; yovvoyi hayvonlarga noqulaylik (stress) va jarohat yetkazmasdan ularni boqish va parvarish qilish, shuningdek, yovvoyi hayvonlar kasallikka chalinganda, ularni veterinariya sohasidagi mutaxassislar ishtirokida davolash uchun sharoitlar yaratilganligi; yovvoyi hayvonlarning kasalliklarga qarshi emlab borilishi; yovvoyi hayvonlar maʼlum bir turning ehtiyojlarini va har birining individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ozuqa ratsioniga muvofiq oziqlantirilishi. 8. Yovvoyi hayvonlar boshqa hayvonlarga zarar yetkazishining oldi olinishini, shuningdek, xodimlar va tashrif buyuruvchilar uchun xavfsizlik sharoitlarini taʼminlagan holda saqlanadi. 9. Yovvoyi hayvonlar hisobi har yili 1-yanvar va 1-iyul holatiga koʻra Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan yuritiladi va bu toʻgʻrisida dalolatnomalar rasmiylashtiriladi. Bunda dalolatnoma uch nusxada tuzilib, Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmasi va yuridik shaxs vakillari tomonidan imzolanadi hamda uning bir nusxasi oʻzida qoldirilib, ikkinchi hamda uchinchi nusxalari yuridik shaxs va Ekologiya vazirligiga taqdim etiladi. 10. Yovvoyi hayvonlarni saqlashda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi: yovvoyi hayvonlarni davlat hisobiga qoʻymasdan saqlash; yovvoyi hayvonlarni belgilanmagan joylarda saqlash; Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari vakillari ishtirokisiz hayvonot bogʻlari va pitomniklarda saqlanayotgan yovvoyi hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan tabiatga chiqarib yuborish; kasalliklarga qarshi emlanmagan yovvoyi hayvonlarni saqlash; yovvoyi hayvonlarni tajovuz xatti-harakatlarga undash; bir-biriga xavf soladigan hayvonlar turlarini bitta yoki yaqin joyga joylashtirish; yovvoyi hayvonlarni belgilangan talablarga rioya etmagan holda saqlash oqibatida ularning oʻlimiga olib kelish holatlariga yoʻl quyish; yovvoyi hayvonlarni jamoat joylarida olib yurish va ularni sayr qildirish, shuningdek, maxsus qafassiz boshqa joylarga tashish; yovvoyi hayvonlardan foydalangan holda, foto surʼat va video tasvirlarga tushirish xizmatlarini koʻrsatish; telekoʻrsatuvlarda va boshqa tadbirlarda hayvonlarni namoyish etish maqsadida olib borish yoki boshqa shaxslarga foydalanishga berish; yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslarga berish, sotish, sovgʻa qilish va (yoki) boshqacha tarzda realizatsiya qilish. 11. Yovvoyi hayvonlarni jonsizlantirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi: yashab ketishga qodir boʻlmagan hayvonning azob chekishini toʻxtatish zarur boʻlganda, basharti azoblanishni boshqa usulda toʻxtatish mumkin boʻlmasa; hayvon quturgan taqdirda; odamlar yoki hayvonlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solayotgan hayvonni zararsizlantirish uchun. Bunda ushbu holatlar vujudga kelganda, yovvoyi hayvonlarni insoniylik tamoyillari asosida faqatgina veterinariya mutaxassisi tomonidan jonsizlantiriladi. 3-bob. Yovvoyi hayvonlarni saqlovchi yuridik shaxslarning huquq va majburiyatlari 12. Yovvoyi hayvonlarni saqlashda yuridik shaxslar kuyidagi huquqlarga ega: yovvoyi hayvonlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq egalik qilish; yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish (koʻpaytirish); yovvoyi hayvonlarni ovlash va tabiatga qoʻyib yuborish; yovvoyi hayvonlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga belgilangan tartibda olib kirish va uning hududidan olib chiqish; yovvoyi hayvonlarni sotib olish, sotish, sovgʻa qilish va (yoki) boshqa tarzda realizatsiya qilish; yovvoyi hayvonlarni namoyish qilish, ular ishtirokida koʻrgazma, ekologik va maʼrifiy ishlarni amalga oshirish. 13. Yovvoyi hayvonlarni saqlashda yuridik shaxslar: yovvoyi hayvonlarni davlat hisobiga qoʻyish uchun belgilangan tartibda Ekologiya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalariga murojaat qilishi; yovvoyi hayvonlarni belgilangan talablarga muvofiq holda saqlashi; yovvoyi hayvonlarni maʼlum bir turi va har birining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ozuqa ratsioniga muvofiq oziqlantirishi; yovvoyi hayvonlar ularning biologik xususiyatlariga muvofiq saqlanishi, ularga nisbatan insoniylik tamoyillari asosida munosabatda boʻlishni, ozuqasiz va suvsiz qoldirmaslikka, kasallangan holatlarda esa malakali veterinariya yordami koʻrsatilishini taʼminlashi; yovvoyi hayvonlar saqlash joylari va ularga tutash hududni veterinariya-sanitariya va zoogigiyena talablariga muvofiq saqlashi; yovvoyi hayvonlarni koʻzdan kechirish, diagnostik tadqiqotlar va davolash-profilaktika ishlarini amalga oshirishi hamda emlash uchun veterinariya mutaxassislariga imkoniyat yaratib berishi; yovvoyi hayvonlarni saqlash talablariga rioya etish yuzasidan Ekologiya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining koʻrsatmalarini bajarishi; yovvoyi hayvonlar insonlarning hayoti va sogʻligʻiga, ularning mol-mulkiga, shuningdek, boshqa hayvonlarga zarar yetkazishining oldini olishi; yovvoyi hayvonlar inson yoki hayvonlarga har qanday jarohatlarni yetkazganda, ularga dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot muassasasiga (veterinariya poliklinikasiga) olib borishi; yovvoyi hayvonlar toʻsatdan nobud boʻlishi, bir necha hayvonning bir vaqtda kasallanishi yoki ular oʻzlarini odatdan tashqari holatda tutishi toʻgʻrisida veterinariya mutaxassislarini xabardor qilishi; veterinariya mutaxassislari yetib kelgunga qadar sogʻlom yovvoyi hayvonlarni kasallik belgilari borligiga shubha qilinayotgan yovvoyi hayvonlardan, shuningdek, kasallik tufayli nobud boʻlgan deb shubha qilinayotgan yovvoyi hayvonlarning jasadlarini alohida saqlashi; nobud boʻlgan hayvonlarning jasadini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan krematsiya qilinishini taʼminlashi shart. 4-bob. Yakunlovchi qoidalar 15. Mazkur Nizom talablariga rioya etish ustidan nazorat Ekologiya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, davlat veterinariya nazorati va ichki ishlar organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. 16. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash boʻyicha MINIMAL TALABLAR
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2024-y., 09/24/736/0893-son) |
Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан О мерах по совершенствованию порядка содержания диких животных Премьер-министр Республики Узбекистан А. АРИПОВ г. Ташкент, 5 ноября 2024 г., № 736 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||