05.11.2024 yildagi O‘RQ-991-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.11.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 23-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 21-sentabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda aholi sogʻligʻini saqlash va yaxshilashga, kasalliklarning oldini olish hamda ularni davolashga, shuningdek odamlarning sogʻligʻi va farovonligini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha maxsus komissiyaning xulosasiga asosan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Bunda sogʻliqni saqlash amaliyotida tashxis qoʻyish va davolashning faqat qoʻllashga ruxsat etilgan usullaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga qonunchilikda xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini koʻrsatganlik, shuningdek xizmatlarni xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor boʻlish evaziga koʻrsatganlik uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmagan. Buning natijasida fuqarolar soxta tabiblarning qurboniga aylanmoqda, bunday xizmatlarning oqibatlari esa fuqarolarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun bilan fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan koʻrsatganlik, shuningdek xizmatlarni xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor boʻlish evaziga koʻrsatganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda. Shu bilan birga, mazkur xizmatlarni omma oldida targʻib qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik oʻrnatilmoqda. Bundan tashqari “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilishni taqiqlovchi norma bilan toʻldirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan aholiga xizmatlar koʻrsatish, shuningdek xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda xizmatlar koʻrsatish hollarining oldini olish orqali fuqarolarning sogʻligʻini saqlashni taʼminlashga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) quyidagi mazmundagi 595-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
595-modda. Xalq tabobati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq tabobati sohasida faoliyat olib borish uchun tegishli huquqqa ega boʻlmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini koʻrsatish hamda mazkur xizmatlarni omma oldida targʻib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor boʻlish evaziga koʻrsatish, shuningdek mazkur xizmatlarni omma oldida targʻib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 245-moddaning birinchi qismidagi “594” raqami “594, 595” raqamlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyunda qabul qilingan “Reklama toʻgʻrisida”gi OʻRQ-776-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 6, 571-modda; 2024-yil, № 2, 108-modda) 45-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qism toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 5-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-991-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2024-y., 03/24/991/0891-son)