14.10.2024 yildagi 4936-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 14.10.2024 yildagi 4936-IV-son
Kuchga kirish sanasi
14.10.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining 2024-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2024-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, Qoʻmita tomonidan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fan-texnika, taʼlim, turizm, madaniyat, sport va milliy arxiv ishi kabi qator sohalardagi munosabatlarni tartibga solishga doir qonunchilik hujjatlari ijrosini doimiy nazorat qilish, saylovchilar bilan muntazam muloqot oʻrnatish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, hisobot davrida mamlakatimizda ilm-fan va ilmiy faoliyat, taʼlim, madaniyat va sport masalalari sohalarini takomillashtirishning huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan 6 ta qonun loyihasi koʻrib chiqilib, shundan 5 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarini maromiga yetkazish hamda ularning har jihatdan pishiq va mukammal boʻlishini taʼminlash maqsadida qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalari muhokamasi boʻyicha jami 10 ta ishchi guruh va 1 ta ekspertlar guruhi yigʻilishlari tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan jami 5 ta nazorat-tahlil tadbiri tashkil etilgan. Ulardan 4 tasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitishga, 1 tasi qonun va qonunosti hujjatlarining ijro etilishi holatini oʻrganishga oid tadbirlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Qoʻmita tashabbusi bilan joriy yilning 21-may kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari — Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A. Shinga “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hamda 27-avgust kuni Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovga “Oliy taʼlim muassasalari va ularning qoshida “spin-off” tajriba ishlab chiqarish korxonalarini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” parlament soʻrovlari yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda Qoʻmita tomonidan qonun loyihalari muhokamasiga, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, fan-texnika, taʼlim, turizm, madaniyat, sport va milliy arxiv ishi sohalarida olib borilayotgan islohotlarning ahamiyatini saylovchilarga tushuntirishga, tegishli tarmoq va sohalardagi mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan 3 ta davra suhbati, 2 ta seminar, 2 ta maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va 1 ta matbuot anjumani oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari nomiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan jami 354 ta murojaat “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita faoliyati haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish, nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari hamda Qoʻmita masʼulligida koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini aholiga muntazam ravishda yetkazib borish maqsadida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda 1 936-marta chiqish qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar tahlili Qoʻmita oʻz faoliyatini samarali tashkil etishda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan ayrim masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, yangilangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqqan holda, Qoʻmita masʼul boʻlgan qonunlarni inventarizatsiyadan oʻtkazishi, uning yakuni boʻyicha takliflarni tayyorlashi va ekspertlar guruhining majlislarida muhokama qilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita oʻz masʼulligida koʻrib chiqilgan va qabul qilingan qonunlarni monitoring qilgani holda ularda belgilangan qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi borasida vazirlik va tashkilotlarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan ishlarini yanada kuchaytirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sohaga oid qonunlar boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish, qonun loyihalarini ishlab chiqish va maromiga yetkazish borasidagi ishlarga keng jamoatchilikni, soha mutaxassislarini va ekspertlarni doimiy ravishda jalb etish, bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari Qoʻmita oʻz faoliyati yoʻnalishidan kelib chiqib, amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni tayyorlashi va ularni qonunlarda aks ettirish boʻyicha tashabbus bilan chiqish borasidagi ishlarni samarali tashkil etishi talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, davlat dasturlari hamda Qonunchilik palatasi qarorlarida nazarda tutilgan Qoʻmita faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalarning ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratish muhim ahamiyatga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sohasidagi, qonun loyihalari va nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish borasidagi faoliyatini tizimli tashkil etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining 2024-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini ishlab chiqish va maromiga yetkazishda, nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishda doimiy ravishda keng jamoatchilikni, soha mutaxassislarini va ekspertlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning Qoʻmitaga yuborilgan murojaatlarida koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni har tomonlama tahlil qilish, ularning yuzaga kelish sabablarini oʻrganish, koʻtarilgan masalalarga toʻliq yechim topish borasida tegishli davlat organlari tomonidan koʻrilayotgan choralar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan qonun hujjatlarining ijro etilishi holatining doimiy monitoringini yuritish va monitoring natijalarini Qoʻmitada muhokama qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlashda oʻz faoliyat yoʻnalishiga aloqador vazirlik va idoralarning masʼuliyatini yanada oshirish choralarini koʻrish, bu borada ular bilan hamkorlikni mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish, shuningdek koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining va oʻtkazilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini muntazam ravishda jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 14-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4936-IV-son