14.10.2024 yildagi 4934-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 14.10.2024 yildagi 4934-IV-son
Kuchga kirish sanasi
14.10.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining 2024-yil toʻqqiz oyi davomidagi faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2024-yil toʻqqiz oyi davomidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan, avvalo, qoʻshni mamlakatlar bilan oʻzaro munosabatlarni mustahkamlash hamda ochiq, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi hamkorlikka qaratilgan siyosat olib borishda parlamentning rolini oshirish barobarida xorijiy mamlakatlarning parlamentlari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish kabi muhim yoʻnalishlarning huquqiy poydevorini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davr mobaynida qonun ijodkorligi faoliyati yoʻnalishida Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 10 ta qonun loyihasiga masʼul boʻldi. Qoʻmita faoliyati davomida oʻz masʼulligida qabul qilingan qonunlarning amaldagi ijro holati qay darajada ekanligini monitoring qilish, shuningdek parlament nazorati shakllaridan toʻliq foydalanish hamda deputatlar tashabbusi orqali tayyorlanishi rejalashtirilgan qonun loyihalari va parlament soʻrovi loyihalarining ustida yanada faolroq ishladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan parlament nazoratini amalga oshirish yoʻnalishida 7 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan. Xususan, xalqaro munosabatlar doirasida amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan “yoʻl xaritalari”ning ijro etilishi holatini oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Turizm qoʻmitasi rahbarlarining axboroti Qoʻmita yigʻilishlarida eshitilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda Qoʻmita masʼulligida tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining xorijiy mamlakatlar hamda ularning parlamentlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillari nomzodlari Qoʻshilmaslik harakati Parlament tarmogʻining Doimiy qoʻmitalari aʼzoligiga tasdiqlash toʻgʻrisida”gi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Buxoro deklaratsiyasi (2022-yil 19-may, Buxoro) prinsiplarini va yondashuvlarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi Bayonoti haqida”gi hamda “Xiva shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashlarining 2 ta Qoʻshma qarori qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi delegatsiyasi tomonidan Malayziyaga amalga oshirilgan rasmiy tashrif yakunlari boʻyicha tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida xorijiy mamlakatlar parlamentlari, parlamentlararo hamkorlik guruhlari, xalqaro tashkilotlar hamda mamlakatimizda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus vakillaridan iborat 38 ta chet el delegatsiyasi qabul qilingan. Ulardan 8 tasi mamlakatimizda akkreditatsiyadan oʻtgan elchixonalar hamda 30 tasi xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar parlamentlari va tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiyalardir. Hisobot davrida deputatlar Parlamentlararo ittifoq, Turkiy davlatlar Parlament Assambleyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Parlamentlararo Assambleyasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi kabi nufuzli parlamentlararo tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Qoʻmita tashabbusi bilan Parlamentlararo Hamkorlik kengashi aʼzolari ishtirokida “Suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalarida Oʻzbekiston va Qozogʻiston tajribasi”, “Oʻzbekiston va Xitoy: oʻzaro iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik rivoji va istiqboldagi rejalar”, “Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari”, “Oʻzbekiston va Jahon savdo tashkiloti” hamda “Oʻzbekiston va Xitoy: hamkorlik istiqbollari” mavzusida xalqaro davra suhbatlari oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari Qoʻmita xorijiy davlatlar parlamentlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash doirasida deputatlar uchun 69 ta xorij davlatiga xizmat safarlarini samarali tashkil etish yuzasidan faoliyat olib borgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari tomonidan tashqi siyosiy faoliyat, xalqaro munosabatlar, parlamentlararo hamkorlik va boshqa masalalar boʻyicha ommaviy axborot vositalarida jami 901-marta chiqish amalga oshirilgan. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan xorijiy mamlakatlarga amalga oshirilgan oliy darajadagi davlat, rasmiy va amaliy tashriflar chogʻida erishilgan kelishuvlar hamda imzolangan hujjatlarning mazmun-mohiyatini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaga hisobot davrida jami 134 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar belgilangan tartibda Qoʻmita aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilgan hamda fuqarolar tomonidan koʻtarilgan muammolarni mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda hal etish choralari koʻrilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati, nazorat-tahlil tadbirlarining natijalari, parlament faoliyati toʻgʻrisida keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan samarali xamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari tomonidan televideniye orqali 110 marotaba, radio orqali 25 marotaba, gazeta, jurnallarda 102 marotaba va Internet nashrlarida 200 marotaba hamda ijtimoiy tarmoqlarda 464 ta chiqishlar qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Qoʻmita tomonidan amalga oshirilgan ishlarning tahlili uning faoliyatida oʻz yechimini kutayotgan qator masalalar mavjudligini, ularga alohida eʼtibor qaratilishi lozimligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini yanada yaxshilashga qaratilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, qonun tashabbuskorligi borasidagi takliflarni koʻpaytirish, qonunlarning joylarda ijro etilishi holatini nazorat-tahlil tartibida oʻrganishga doir ishlarni yanada kengaytirish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament nazorati tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosini doimiy monitoring qilib borish ham muhim vazifalardandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari bilan amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish, Qoʻmita tashabbusi bilan oʻtkazilgan parlament nazorati tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosini doimiy ravishda monitoring qilib borish, Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolarini qonun loyihalarini ishlab chiqish va nazorat-tahlil tadbirlariga yanada kengroq jalb etish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining joriy yil toʻqqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini tayyorlash jarayonida xalqaro tajribadan unumli foydalanish hamda ularning xalqaro shartnomalarda belgilangan talablar va standartlarga mos kelishini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-tahlil tadbirlari doirasida qabul qilingan qarorlarning ijro etilishi holatini doimiy ravishda monitoring qilib borish va amaliyotda uchrayotgan muammolarni hal etish borasida mutasaddi vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining xorijiy mamlakatlar parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo tuzilmalarining samarali faoliyat olib borishiga doir, shuningdek yuqori va oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan “yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, ikki tomonlama va koʻp tomonlama parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini jahon hamjamiyatiga yetkazish maqsadida parlamentlararo hamkorlik aloqalarini hamda oʻzaro muloqotlarni faollashtirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 14-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4934-IV-son